D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

1
 
 
Majburiyatlarni qabul qilishda quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:

imzolangan va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan kontrakt va 
shartnomalar, tender savdolari asosidagi tovar va xizmatlar xaridlari bo‘yicha 
hujjatlar, ishlab chiqaruvchilarning tovar va xizmatlari sifati va boshqa 
xususiyatlarini tasdiqlovchi patentlar, litsenziyalar va boshqalar; 

ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish 
uchun qonuniy asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar; 
1
U.Burxonov. Davlat xaridi. T.: infoCOM.UZ. 2010. 99 b.


178 
 
 
2-rasm.
 
Majburiyatlarni qabul qilish asoslari 
 

jarimalar va sud qarorlariga asosan penyalar to‘lovini amalga oshirish 
uchun asos bo‘luvchi tegishli davlat vakolatli organlari qarorlari; 

byudjet dotatsiyalarini ajratish, davlat grantlari, mukofotlar bo‘yicha 
to‘lovlarni amalga oshirishga asos bo‘luvchi hujjatlar. 
Majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslarbu byudjetdan 
mablag‘ oluvchilar va byudjet tashkilotlari rahbarlari yoki ular tomonidan 
vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar hisoblanadi. G‘aznachilikda o‘rnatilgan 
tartib-qoidalarga muvofiq, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan byudjetdan 


179 
mablag‘ oluvchi tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida G‘aznachilik 
bo‘linmalari bilan ishlash uchun aniq xodimlar belgilanadi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
G‘aznachilik organlarida byudjet tashkiloti rahbari va u tomonidan mas’ul 
etib tayinlangan shaxslarning imzo namunalari va tashkilotning muhr izi 
namunalari G‘aznachilikning 
maxsus kartochkalarida saqlanadi. Imzo 
namunalari va muhr izi kartochkalari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. 
Kartochkalarning bir nusxasi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga 
oluvchi mutaxassisda, ikkinchi nusxasi xarajatlar to‘lovini nazorat qiluvchi 
mutaxassisda saqlanadi. 
G‘aznachilikda ikki turdagi majburiyat amal qiladi: yuridik majburiyat va 
moliyaviy majburiyat. 
Yuridik majburiyat byudjetdan mablag‘ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, 
ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnoma tegishli tartibda 
majburiy ravishda G‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin vujudga 
keladi. Yuridik majburiyatlarni tegishli G‘aznachilik organlarida majburiy 
ravishda ro‘yxatga olishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - byudjet nazoratining 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling