D tashmuxamedova


 Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlarini amalga oshirish


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

5.4. Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlarini amalga oshirish
ruxsatnomalari 
 
G‘aznachilik organlari tomonidan bajariladigan vazifalarning murakkabligi 
va ko‘p qirraligi shundaki, g‘aznachilik faoliyatini joriy qilishda zamonaviy 
avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalaridan foydalanadi. Bu esa byudjet 
ijrosi jarayonida nafaqat bank tizimini bog‘laydi. Balki, bu jarayonlarda turli 
darajadagi moliya organlari, byudjet tashkilotlari, tarmoq idoralari, davlat maqsadli 
jamg‘armalari, byudjetdan tashqari fondlar, bank, bojxona, soliq organlarining o‘zaro 
aloqasi o‘rnatiladi.


169 
G‘aznachilikning axborot tizimi har bir byudjet tashkiloti bo‘yicha uning 
xarajatlari va tushumlari to‘g‘risida doim tezkor ma’lumot olishga imkon 
beradi. G‘aznachilik byudjetning ijrosi jarayonini yaxshilaydi, yuqori boshqaruv 
organlarini byudjet ijrosi haqida yanada kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi.
G‘aznachilikda byudjet tashkilotlari kelgusida to‘lov xabarnomalarini 
banklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri berish o‘rniga g‘azna bo‘limlariga nazorat uchun 
jo‘natiladi, g‘azna nazorati faqat muvofiqlashtiruvchi nazorat bo‘ladi, g‘azna 
mazkur to‘lovni amalga oshirish uchun haqiqatda to‘lov xabarnomasi to‘g‘ri 
asoslanganligini smetalar, kassa limitlari bilan tekshiradi. Byudjet tasnifi 
bo‘yicha kassa hisoboti g‘azna tomonidan amalga oshiriladi. Banklar 
solishtirish uchun operatsiyalar bo‘yicha har kuni hisobot berib boradi.
Shartnomaviy majburiyatlar va solishtirish natijalarini g‘azna jurnallarida 
ro‘yxatdan o‘tkazilib boriladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarga ular uchun G‘aznachilikda yoki uning 
hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko‘chirmalar, 
ularning 
xarajatlarini 
qoplashga 
byudjet 
mablag‘lari o‘tkazilganligini 
tasdiqlaydigan to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi va manbalar 
bo‘yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi. Moliya 
organlarining topshirig‘i bo‘yicha yuqori byudjetlarda nazarda tutilgan rejali 
dotatsiyalar, subvensiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa to‘lovlarni 
quyi 
byudjetlarning 
g‘aznachilik hisobraqamlariga o‘tkazadi. Byudjet 
tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida 
ko‘rsatilgan summalar doirasida va maqsadga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq 
nazorat 
qilish 
asosida 
shartnomalarni 
ro‘yxatdan 
o‘tkazadi. Byudjet 
tashkilotlarini, 
mudofaa 
va 
xavfsizlik 
tuzilmalarini 
moliyalashtirishga 
yo‘naltiriladigan 
byudjet 
mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish 
yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan tuzilayotgan 
shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-
navo yechimi qoidalariga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechishni 
nazarda tutadi. 


170 
Schyot-fakturalar va tovarlar yetkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar 
ko‘rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan yoki byudjetdan mablag‘ oluvchilarga soliqlar, 
yig‘imlar 
hamda 
byudjetga 
va 
byudjetdan 
tashqari 
davlat 
maqsadli 
jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar uchun byudjet mablag‘larini o‘tkazish 
majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida byudjet mablag‘i oluv-
chilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi.
Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatadiki, “Rossiya Federatsiyasida 
ayrim holatlarda (davlat boshqaruv organlari va mas’ul shaxslarning noqonuniy
qarorlari asosida yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilganligi uchun 
byudjetdan kompensatsiya berish to‘g‘risida sud qarori mavjud bo‘lsa) byudjet 
hisobraqamlaridan G‘aznachilik Departamenti ruxsatnomalarisiz xarajatlar uchun
mablag‘larni o‘tkazishga ruxsat beriladi»
1
.
G‘aznachilikda to‘lovlarni amalga oshirish byudjet mablag‘lari oluvchi-
larning yuridik majburiyatlari asosida moliyaviy majburiyatlarni bajarilishi deb 
tushuniladi. 
Hozirgi kunda respublikamiz barcha hududlarida Hududiy g‘azna 
hisobraqami ochilgan bo‘lib, g‘aznachilik tizimining joriy etilishi bilan mahalliy 
byudjetlarda bo‘ladigan kassa uzilishlarni oldi olinmoqda, bu bilan 
mablag‘larning o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish ta’minlanmoqda, 
amalga oshirilgan xarajatlar va daromadlar to‘g‘risida tezkor axborot 
olinmoqda. G‘aznachilik organlari byudjet tashkilotlari va oluvchilar uchun muhim 
rol o‘ynaydi. Byudjetdan mablag‘ oluvchilar tasdiqlangan tartibda g‘aznachilik or-
ganlarida shaxsiy hisobvaraq ochadilar, bu hisoblarda davlat byudjeti tomonidan 
ajratilgan mablag‘ saqlanadi.
Davlat byudjetning barcha xarajatlari har bir byudjet oluvchi uchun 
o‘zining qat’i yo‘nalishiga ega. Bu yo‘nalish byudjet tasnifi kodlariga ega: bob, 
bo‘lim, bo‘linma, maqsadli bo‘linma, xarajat turi. Shundan kelib chiqqan holda, 
1
Zolotareva A. Sovershenstvovanie protsedur razrabotki, utverjdeniya, ispolneniya i kontrolya za 
ispolneniem Gosudarstvennogo byudjeta: Monografiya. M., 2008. S. 31.
 


171 
har bir byudjet oluvchiga bir necha shaxsiy hisobraqami ochiladi. Har bir 
hisobraqam bo‘yicha iqtisodiy tasnifga asosan bir necha yo‘nalish beriladi. 
G‘aznachilikda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjet mablag‘laridan 
qonunga muvofiq maqsadli foydalanishi ustidan yakuniy nazoratni Moliya 
vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari 
amalga oshiradi. Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning rahbari va bosh buxgalteri 
qonunga muvofiq to‘g‘ri rasmiylashtirganlik, yetkazib beruvchilar bilan 
shartnomalar asosliligi, tovarlar yetkazib berilishini va yetkazib beruvchilardan 
qarz mavjudligini tasdiqlaydigan birlamchi hujjatlarning haqqoniyligi uchun 
javobgar bo‘ladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, g‘aznachilik bo‘linmalari zimmasiga 
yuklatilgan eng asosiy vazifalar qatoriga byudjetdan mablag‘ oluvchilar 
shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’i 
muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur 
shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish, xarajatlar smetasi va ro‘yxatga 
olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’i summalar doirasida tovarlar 
yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi)larning bevosita 
hisobraqamlariga byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan va ularning 
topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz 
rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash kiradi. Biroq byudjetdan 
mablag‘ oluvchining xarajatlar smetasida belgilangan mablag‘ doirasida 
shartnoma 
imzolanmaydigan 
va 
imzolanadigan 
yo‘nalishlarda 
yuridik 
majburiyatlar qabul qilingan yoki ushbu yuridik majburiyatlarning ikkinchi 
ko‘rinishi yuzasidan tovarlar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat 
ko‘rsatuvchi)lar taqdim qilgan turli hisob-kitob hujjatlari asosida moliyaviy 
majburiyatlar qabul qilingan sharoitlarda to‘lovlarni amalga oshirish uchun 
mablag‘ tanqisligi muammosini ko‘pincha ushbu paytda tegishli mahalliy 
byudjetda vaqtinchalik kassa uzilishlari oqibatida yetarli mablag‘ bo‘lmasligi 
omili keltirib chiqishi holati amaliyotda ko‘p kuzatilishi barchamizga ma’lum. 
Shu sababli byudjetdan mablag‘ oluvchining xarajatlar smetasida belgilangan 


172 
mablag‘ doirasida shartnoma imzolanmaydigan yoki imzolanadigan muayyan 
xarajat turining ma’lum bir davr (yil yoki oy) uchun summasidan shu davr bo‘-
yicha sarflanishi mumkin bo‘lgan qismini xarajatlar smetasidan emas, balki 
mahalliy byudjet bo‘yicha kutilayotgan daromadlar prognozi asosidagi kassali 
rejalashtirishdan (soddaroq aytganda, mavjud imkoniyatdan) kelib chiqib 
oldindan belgilab qo‘yish tartibi iqtisodiyotda majburiyatlarning bajarilmay 
qolishi, xo‘jalik aloqalari va to‘lov intizomi buzilishi, nizolar va ular asosida 
ortiqcha moliyaviy sanktsiyalar yuzaga kelishi, shuningdek, debitorlik qarzlarini 
undira olmagan tomonning soliqlarni o‘z vaqtida to‘lay olmaslik va boshqa 
masalalarda qiyinchiliklarga duchor bo‘lishi kabi bir qator salbiy holatlarning 
oldini oladi.
Davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar pul oqimini rejalashtirishning 
asosiy maqsadi Davlat byudjeti pul mablag‘larini boshqarish uchun asoslangan 
hisob-kitoblar ko‘rinishida poydevor bo‘lib xizmat qilish bo‘lsa, o‘z navbatida 
Davlat byudjeti pul mablag‘larini boshqarishning maqsadlari quyidagilardan 
iborat: 
– byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa 
uzilishlarini operativ bartaraf etish; 
– byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar to‘lovini o‘z vaqtida amalga 
oshirish; 
– hududiy (respublika) g‘azna hisobvaraqlari (HG‘H (RG‘H))dagi pul 
mablag‘laridan samarali foydalanish. 
Nizomga ko‘ra aniq belgilab berilgan tushuncha – kassali rejalashtirish-
ning mazmuni tushumlarning hajmi va manbalari, shuningdek, to‘lovlarning 
yo‘nalishi va maqsadlari bo‘yicha respublika va mahalliy byudjetlar kassa 
rejalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladigan hududiy (respublika) g‘azna 
hisobvaraqlari orqali o‘tadigan pul mablag‘larining aylanmasini rejalashtirish va 
boshqarishdan iborat. 
Davlat byudjeti ijrosi uchun yangi jarayonni ifodalovchi tushunchalardan 
biri – xarajatlar to‘lovi ruxsatnomasi (tayinlash sertifikati) (XTR) – xarajatlar 


173 
to‘lovi ruxsatnomasida ko‘rsatilgan vaqt davridan boshlab, uning doirasida 
byudjetdan mablag‘ oluvchi yuridik majburiyatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan 
g‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchiga beriladigan 
byudjetdan ajratilgan mablag‘lar summasini aks ettiradigan hujjat.
Respublika va mahalliy byudjetlarning yillik kassali rejalashtirilishi tegishli 
byudjetlarning oylik daromadlar va xarajatlar yoyilmasiga asosan amalga 
oshiriladi. Nizom orqali joriy kassali rejalashtirilish bilan bog‘liq amaliyotga 
kiritilgan yangiliklardan biri sifatida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan 
byudjetdan mablag‘ oluvchilarga XTR berilishi asosida respublika va mahalliy 
byudjetlar ijrosi amalga oshiriladigan sharoitda ushbu ikki darajadagi 
byudjetlarning oylik daromad prognoziga asosan kassali rejalashtirilishi uchun 
zarur axborot – kutilayotgan daromadlar tushumi to‘g‘risidagi tezkor (operativ) 
ma’lumotlardan foydalanilishini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. 
Hozirgi kunda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar to‘lovini o‘z 
vaqtida amalga oshirish hamda byudjetlarning daromadlar va xarajatlari 
o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini bartaraf etish uchun G‘aznachilik 
bo‘linmalari tegishli byudjet bo‘yicha mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan 
holda o‘zlari uchun belgilangan quyidagi imkoniyatlardan samarali va o‘z 
o‘rnida foydalanishlari muhim ahamiyat kasb etadi: 
• g‘azna hisobvaraqlaridagi aylanma kassa mablag‘larini belgilangan 
tartibda ishlatish; 
• tegishli byudjetlar tomonidan byudjet ssudalari olinishi tashabbusi bilan 
chiqish; 
• mablag‘larni jalb qilishda qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa 
manbalardan (respublika byudjeti bo‘yicha) foydalanish. 
Daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi kassa uzilishlarini bartaraf etish 
maqsadida XTR faqat tegishli davrda HG‘H (RG‘H)ga tushishi kutilayotgan 
summalar doirasida beriladi. 


174 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling