D tashmuxamedova


 Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari g‘azna ijrosini tashkil etish


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

5.3. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari g‘azna ijrosini tashkil etish 
 
G‘aznachilik organlari tomonidan «O‘RMV» ATda daromadlar va 
xarajatlar yoyilmasini shakllantirish, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan 
xarajatlar smetalari va kelgusida ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni 
kiritiladi. Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari «O‘RMV» ATga 
quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: 
a) byudjet mablag‘lari bo‘yicha: 
xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida 
ro‘yxatga olinguniga qadar – birinchi chorak uchun oylar kesimida tegishli 
moliya organlarida ro‘yxatga olingan byudjet tashkilotlari va byudjet 
mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini; 
xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida 
ro‘yxatga olinganidan so‘ng — oylar kesimida tegishli moliya organlarida 
ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar, shuningdek 
byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi byudjet 
tashkilotlarining ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar 
bo‘yicha ma’lumotlarni; 
b) byudjet tashkilotlarining tegishli byudjetdan tashqari jamg‘armalari 
bo‘yicha — byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari 


157 
bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda ularga o‘zgartirishlar 
bo‘yicha ma’lumotlarni. 
Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar taqsimlovchi 
organlari «O‘RMV» ATga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: 
– xarajatlar smetalari ro‘yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak 
uchun oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan 
ro‘yxatga olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;
xarajatlar smetalari ro‘yxatga olinganidan so‘ng — oylar kesimida 
tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro‘yxatga olingan 
xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni. 
G‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 
yuridik majburiyatlar, shuningdek ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular 
g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng kuchga kiradi. 
Bunda yuridik majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar 
g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun joriy moliya yilining 25-
dekabridan kechiktirmay taqdim qilinadi. 
Buyurtmachilarning I va II guruh bo‘yicha xarajatlar to‘lovi birinchi 
navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari 
to‘lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan 
tashqari). Tegishli byudjetda I va II guruh xarajatlari to‘lovi uchun zarur 
mablag‘larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo‘lganda, I va II guruh xarajatlarini 
to‘liq amalga oshirgan tashkilotlar bo‘yicha III va IV guruh xarajatlarini amalga 
oshirishga ruxsat etiladi. 
IV guruh bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi belgilangan limitlar 
doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: 
- oziq-ovqat va dori-darmon; 
- kommunal xizmatlar; 
- yonilg‘i va yoqilg‘i-moylash materiallari;
- boshqa xarajatlar. 


158 
Bunda IV guruh hisobidan amalga oshiriladigan quyidagi xarajatlar I 
guruh to‘lovlarga tenglashtiriladi va I guruh xarajatlariga belgilangan 
muddatlarda to‘lanishi mumkin: 
- pul shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari; 
- yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 
nafaqalar; 
- natura shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari; 
- yolg‘iz qariyalar uchun oziq-ovqat sotib olish xarajatlari. 
G‘aznachilik bo‘linmalari “Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosi 
Qoidalari”da belgilangan muvofiq shakldagi to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna 
memorial orderlari asosida to‘lovlarni amalga oshiradi. 
Bunda 
«UzASBO» 
DMga 
ulangan 
buyurtmachilar 
to‘lov 
topshiriqnomalari 
va 
g‘azna memorial orderlarini qog‘oz shaklda 
rasmiylashtirgandan so‘ng ularni «UzASBO» DMga kiritadi va elektron raqamli 
imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga elektron shaklini 
yuboradi. «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan 
holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan elektron to‘lov topshiriqnomalari 
va g‘azna memorial orderlarining qog‘oz ko‘rinishdagi asli g‘aznachilik 
bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi. To‘lov 
topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarining qog‘oz va elektron shaklda 
rasmiylashtirilishi, ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, o‘zaro muvofiqligi va 
aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. 
Xarajatlarni to‘lashga to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial 
orderlari g‘aznachilik bo‘linmalariga to‘lov amalga oshiriladigan sanadan kechi 
bilan bir ish kuni oldin taqdim etiladi. Buyurtmachilar elektron to‘lov 
topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini g‘aznachilik bo‘linmalariga 
«UzASBO» DM orqali to‘lovni amalga oshirish kunida yuborishi mumkin. 
Bunda 
g‘aznachilik 
bo‘linmalariga 
taqdim 
qilingan 
to‘lov 
topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari o‘n kun muddatgacha amal 
qiladi. 


159 
Buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalaridan tegishli shaxsiy g‘azna 
hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar va ularga ilovalarni oladi. 
Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar ko‘chirmalarni 
elektron hujjat ko‘rinishida «UzASBO» DMdan oladi va elektron tarzda taqdim 
qilingan ko‘chirmalar buyurtmachilarga qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilmaydi. 
YaG‘H bilan qamrab olinmagan byudjet tashkilotlari va byudjet 
mablag‘lari oluvchilarni O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan 
moliyalashtirish 
g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ularning bank 
hisobvaraqlariga Qoidalarda nazarda tutilgan shaklda Moliya vazirligining 
sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmasi tomonidan taqdim qilinadigan 
Byudjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomaga asosan 
YaG‘Hdan amalga oshiriladi. 
YaG‘H orqali xizmat ko‘rsatiladigan buyurtmachilar moliyaviy 
hisobotlarni 
yuqori 
turuvchi 
tashkilotlarga, 
byudjet 
mablag‘lari 
taqsimlovchilariga va hududiy moliya organlariga taqdim qilishdan oldin 
moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlarini tegishli hisobot davrida g‘aznachilik 
bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlariga muvofiqligini 
ularga xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalari bilan solishtiradi. 
Buyurtmachilarning hisobotlari to‘g‘ri bo‘lganda ular belgilangan shakldagi 
shtamp qo‘yilgan holda g‘aznachilik bo‘linmalarining byudjet hisobi bo‘yicha 
vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi. 
Bunda «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan 
holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan elektron moliyaviy hisobotlarining 
qog‘oz ko‘rinishdagi asli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va 
g‘aznachilik bo‘linmalarining shtampi va imzosi bilan tasdiqlanmaydi. Elektron 
moliyaviy hisobotlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning 
to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. 
Buyurtmachi rahbarining buyrug‘i bilan g‘aznachilik bo‘linmasi bilan 
ishlash uchun buyurtmachining mazkur Qoidalar talablari bilan tanishtirilgan 
mas’ul xodimlari belgilanadi. Buyurtmachining ushbu buyrug‘ining nusxasi 


160 
tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga buyurtmachining kuzatuv xati bilan taqdim 
qilinadi. 
Byudjet tashkilotlari tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishi, ssuda va 
kreditlar olinishi, shuningdek byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari 
oluvchilar tomonidan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga lizing 
shartnomalarini tuzish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno. 


Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling