D tashmuxamedova
Buyurtmachilarning YaG‘Hga mablag‘ undirish bo‘yicha inkasso
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
Buyurtmachilarning YaG‘Hga mablag‘ undirish bo‘yicha inkasso
topshiriqnomalari va to‘lov talabnomalarini ijro etish. Buyurtmachilarning inkasso topshiriqnomalari va to‘lov talabnomalari O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va g‘aznachilik bo‘linmasiga taqdim etiladi. Bunda inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasining «Mablag‘larni oluvchining nomi» ustunida «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi», «Mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i» ustunida — YaG‘H, «To‘lov maqsadida» ustunida – to‘lov kodi, buyurtmachining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i hamda inkasso topshiriqnomasini yoki to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun asos bo‘lgan hujjatlar rekviziti ko‘rsatiladi. Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagicha taqdim etiladi: – to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko‘rsatilganida besh nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining 161 muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining beshinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, YaG‘Hga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi; – bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik bo‘linmasi to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi; – hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik bo‘linmasi to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan turli hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso 162 topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi. Buyurtmachilar tomonidan to‘lov talabnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagicha taqdim etiladi: – to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko‘rsatilganida to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi. – oluvchi va to‘lovchiga turli banklarda xizmat ko‘rsatilganida to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur 163 buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi. – G‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasi «Bank-mijoz» dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron tarzda ijro etilganida buyurtmachi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini va to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi buyurtmachining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda buyurtmachining mas’ul xodimiga beriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri bo‘lib, bu davr mobaynida o‘tgan yil uchun byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. Moliya vazirligi byudjet tizimi byudjetlarining qo‘shimcha vaqt davridagi ijrosi bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi. Qo‘shimcha vaqt davrida moliya organlari, g‘aznachilik bo‘linmalari, shuningdek byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilari tomonidan joriy moliya yili uchun Davlat byudjeti va DMJ byudjetlarini ijro etish bo‘yicha operatsiyalar, shu jumladan: - byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish; - byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning kreditorlik qarzlarini to‘lash; - byudjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablag‘lar summalarini Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga) o‘tkazish; 164 - Davlat byudjeti va DMJ byudjetlari mablag‘lari hisobidan boshqa ruxsat etilgan to‘lovlar amalga oshiriladi. Bunda moliya yili uchun qo‘shimcha vaqt davri byudjet tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga tatbiq etilmaydi, iqtisod qilingan mablag‘larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga) o‘tkazish bundan mustasno. Qo‘shimcha vaqt davrida kreditor qarzdorliklar o‘tgan yilgi xarajatlar smetasining qaysi xarajatlar moddasi bo‘yicha yuzaga kelgan bo‘lsa, shu xarajatlar moddasi bo‘yicha to‘lanadi. Kreditor qarzdorliklarni to‘lab berish uchun buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: - buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) o‘rtasida o‘tgan yil yakuni bo‘yicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi nusxasi; - Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar nusxalari; - to‘lov topshiriqnomalari (bunda to‘lov maqsadida qo‘shimcha ravishda «o‘tgan yilgi kreditor qarzdorlikni to‘lash» ko‘rsatiladi); - o‘tgan yilning dekabr oyi uchun o‘tuvchi kreditor qarzdorlikni to‘lash joriy moliya yilining xarajatlar smetasida (vaqtinchalik xarajatlar smetasini hisobga olgan holda) nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. - Qo‘shimcha vaqt davrida kreditor qarzdorlikni qoplash yoki mablag‘larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armalariga va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari va g‘anachilik memorial orderlarini to‘ldirishda to‘lov topshiriqnomalari va g‘anachilik memorial orderlarining to‘lov maqsadida mos ravishda «20__ yil uchun kreditor 165 qarzdorlikni qoplash» yoki «20__ yil uchun iqtisod qilingan mablag‘larni Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga) o‘tkazish» yozuvi yoziladi. Iqtisod qilingan mablag‘larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‘yicha – tegishli hududiy moliya organlarining xulosalari asosida; O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‘yicha – ushbu byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda ularning rahbarlari va bosh buxgalterlari imzolagan yozma shakldagi murojaatlari asosida. O‘tgan yilgi kreditor qarzdorlikni qoplash, shuningdek Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga iqtisod qilingan mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalar yoki g‘aznachilik memorial orderlari g‘aznachilik bo‘linmalariga moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri tugashidan besh ish kuni oldin taqdim qilinishi lozim. Kreditor qarzdorlikni to‘lash hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida qolgan iqtisod qilingan mablag‘larni o‘tkazish uchun to‘lov topshirqnomalar va g‘aznachilik memorial orderlari moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri tugashidan besh ish kuni oldin taqdim etilmagan hollarda byudjetdan ajratilgan mablag‘lar belgilangan maqsadni yo‘qotadi va tegishli byudjetlarning qoldiqlari bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shimcha vaqt davrida O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga tegishliligi bo‘yicha o‘tgan yil mobaynida ishlatilmagan: 166 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalaridan ajratilgan; – o‘tgan yil uchun davlat tashqi qarzini to‘lash uchun ajratilgan mablag‘larning tiklanishi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalaridan ajratilgan, shuningdek o‘tgan moliya yili uchun davlat tashqi qarzini to‘lanishiga oldin ajratilgan va o‘tkazilgan mablag‘larning o‘tgan moliya yili mobaynida foydalanilmagan qismining majburiy ravishda tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetiga qaytarib o‘tkazilishi moliya yili yakunlangandan keyin keyingi yilning 10-yanvaridan kechikmagan muddatda amalga oshiriladi. Agar zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega bo‘lsa, foydalanilmay qolgan mablag‘lar oluvchi tomonidan tadbirlar o‘tkazish muddati tugashi bilan o‘n ish kuni mobaynida belgilangan shakldagi hisobotni taqdim etish bilan birga qaytariladi. Qo‘shimcha vaqt davri yakunlanganidan so‘ng byudjet tashkilotlarining kreditor qarzdorligi birinchi navbatda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarida mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda yoki yetarli bo‘lmagan hollarda o‘tgan yilning kreditor qarzdorligini joriy moliya yili xarajatlar smetalarida (vaqtinchalik smetalarni hisobga olgan holda) nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan to‘lab beriladi. Bunda joriy moliya yilining xarajatlar smetasida kreditor qarzdorlikni (byudjet tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan tasdiqlangan smetalar va yuzaga kelgan kreditor qarzdorlik bo‘yicha tegishli hisob-kitoblar asosida) to‘lash uchun zarur mablag‘lar nazarda tutilganligi to‘g‘risidagi byudjet 167 mablag‘larini taqsimlovchilar (O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan mablag‘ oladigan tashkilotlar bo‘yicha), hududiy moliya organlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarning yozma xulosasi mavjud bo‘lgandagina to‘lovlar amalga oshiriladi. Bunda byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy moliya yili uchun xarajatlar smetasining tegishli moddasi bo‘yicha qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar summasi o‘tgan yilning kreditor qarzdorligini to‘lash uchun yo‘naltirilgan summaga kamaytiriladi. Buyurtmachilarning yetkazib beruvchilar bilan davriy asosda tuziladigan shartnomalari bo‘yicha kreditor qarzdorlik summasi shartnomada joriy moliya yili uchun qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar summalari va kreditor qarzdorlik summalari alohida ko‘rsatiladi. Buyurtmachilar o‘tgan moliya yilining kreditorlik qarzdorligini to‘lash uchun tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling