D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
– ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni
ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma; – kreditor qarzdorlik to‘lanishi nazarda tutilgan mablag‘lar manbasi, tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i va boshqa rekvizitlar ko‘rsatilgan xat; – ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan o‘tgan moliya yilidagi shartnoma nusxasi; Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisob-fakturalar nusxasi; – buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomasi (qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshirilgan hisob-kitoblarni inobatga olgan holda); – joriy moliya yilining xarajatlar smetasida kreditor qarzdorlikni (kreditor qarzdorlik byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘langan hollarda) to‘lash uchun zarur mablag‘lar nazarda tutilganligi to‘g‘risidagi yozma xulosa; 168 – belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to‘lov topshiriqnomasi va g‘aznachilik memorial orderi (bunda to‘lov maqsadida qo‘shimcha ravishda «o‘tgan yilgi kreditor qarzdorlikni to‘lash» ko‘rsatiladi). Buyurtmachilarning tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hamda hisobga olinmagan shartnomalari bo‘yicha yuzaga kelgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi kreditor qarzdorliklari to‘lab berilmaydi. Byudjet tizimi byudjetlari va BMJ byudjetlarining g‘azna ijrosini amalga oshirish jarayonida buyurtmachilar hamda kapital qo‘yilma buyurtmachilari qonun hujjatlariga muvofiq byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishiga, moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligiga va byudjet qonunchiligi talablariga rioya etilishga qonun hujjatlariga muvofiq javobgardir. G‘aznachilik bo‘linmalari yuridik va moliyaviy majburiyatlarni o‘z muddatida va to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazilishi va hisobga olinishiga, to‘lovlarning amalga oshirilishi hamda talab qilinadigan hujjatlarning to‘liqliligiga, shuningdek o‘z zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni mazkur Qoidalarga muvofiq bajarishga javobgardir. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling