D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

o‘tkazish tartibi. 
 
6.1. G‘aznachilikda yuridik majburiyat tushunchasi 
Ma’lumki, davlat moliyaviy nazoratining dastlabki, joriy va so‘nggi 
nazorat shakllari mavjud. Agar byudjet amaliyoti nuqtayi nazaridan qaraydigan 
bo‘lsak, dastlabki byudjet nazorati turli darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli 
jamg‘armalari byudjetlari loyihalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash, byudjet 
tashkilotlarining byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasini hamda 
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetasini tuzish, tasdiqlash va tegishli 
moliya organlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olish jarayonida amalga 
oshiriladigan nazorat shakli hisoblanadi.  
Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish natijasiga 
g‘aznachilik idoralari va byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari 
hamkorligida Davlat byudjeti pul mablag‘larini uning daromadlari va 
xarajatlari mutanosibligini ta’minlagan holda rejalashtirish va boshqarish 
usulisiz erishib bo‘lmaydi
1

Davlat byudjeti g‘azna ijrosining joriy etilishi bilan dastlabki va joriy 
moliyaviy nazoratni amalga oshirish Moliya vazirligi tizimidagi hududiy va 
mahalliy moliya organlari bilan bir qatorda, g‘aznachilik organlariga ham 
yuklatiladi. (Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh 
1
Treasury Management: The Practitioner's Guide (Wiley Corporate F&A) (Steven M. Bragg). John 
wily &Sons Inc. Hoboki, New jersey. Canada. 2010 year. 


176 
boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo‘limlari hamda boshqa vakolatli 
davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.)
Dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byudjet 
tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar majburiyatlarini hisobga olishni 
taqozo etadi.
Joriy nazorat shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan mablag‘larning 
ajratilishida, bevosita to‘lovlarning amalga oshirilishida olib boriladi. Byudjet 
mablag‘larini oluvchilari o‘z zimmasiga muayyan yuridik majburiyatlarni 
olishi, byudjetdan olingan mablag‘larning maqsadga muvofiq va to‘g‘ri 
ishlatilishini nazorat qilish tartiblarini belgilovchi muayyan yuridik normalar 
o‘rnatilgan
1

Majburiyat – bu odatda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, so‘zsiz 
bajarilishi talab qilinuvchi va’da demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra 
majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, ma’lum bir shaxs (qarzdor) 
boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma’lum bir harakatlarni amalga 
oshirishi, ya’ni mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish, pul to‘lash 
yoki ma’lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu kabilarni amalga 
oshirilishini anglatadi. 
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o‘rin 
egallaydi (1-rasm):
1
Treasury Management: The Practitioner's Guide (Wiley Corporate F&A) (Steven M. Bragg). John 
wily &Sons Inc. Hoboki, New jersey. Canada, 2010 year.


177 
1-rasm. Majburiyatlarni hisobga olish tizimidagi omillar

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling