D tashmuxamedova
Byudjet xarajatlarini to‘lab berish limiti
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi 54
- Smetalarning guruhlanishi
- Xarajatlar smetasida nazarda tutilgan tarmoq ko‘rsatkichlari
Byudjet xarajatlarini to‘lab berish limiti – joriy moliya yilida byudjetdan
mablag‘ oluvchilarga beriladigan pul mablag‘larining chegarasidir. Byudjet tashkilotlari faqat yuqori byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan chegaralangan mablag‘larni sarflashni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lishlari lozim. 148 4-rasm. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi 54 54 “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom” asosida. Smetalarning guruhlanishi Xarajat manbalariga ko’ra Muassasa va tadbirning turiga ko’ra Amal qilishiga ko’ra Budjet mavlag’lari bo’yacha xarajat smetasi Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta Vaqtinchalik smeta Doimiy smeta Yakka smeta Jamlanma smeta Markazlashgan tadbirlar uchun smeta 149 Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari uch nusxada tuziladi. Moliya organlari va byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir. Byudjet mablag‘larini taqsimlovchi o‘z tasarrufidagi tashkilotlardan kelib tushgan xarajatlar smetalarini moliya yili uchun byudjet mablag‘larini taqsimlovchiga byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ko‘rib chiqadi va byudjet mablag‘larini taqsimlovchining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma xarajatlar smetasini tuzadi. Xarajatlar smetasining, jamlanma xarajatlar smetasining va ularga doir ilovalarning shakllari, shuningdek ularni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi tashkilot bosh buxgalteri (uning o‘rinbosari) va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshlig‘i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Byudjet tashkilotlari o‘zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda va smetalarni rejalashtirishda quyidagilarga amal qiladilar: – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining normativ hujjatlariga; – byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga; – tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga, shuningdek, nodavlat korxonalar va tashkilotlarning ayrim tovarlari va xizmatlari baholariga; – yuqori turuvchi tashkilotlar rahbarlarining o‘zlari tasarrufidagi muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari 150 bo‘yicha ko‘rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa, – bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan xarajatlar summasi tashkilotlarning ayrim turlari uchun qonun hujjatlari bilan tasdiqdangan ovqatlanish me’yorlari va ovqatlanish kunlari sonidan kelib chiqib hisoblanadi; – dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilan belgilangan pul xarajatlari me’yoriga qarab hisoblab chiqiladi; – ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyafzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq jihozlar sotib olishga ketadigan xarajatlar moddiy ta’minotning amaldagi me’yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag‘lar doirasida hisoblanadi. Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tashkil etilgan tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh tashkilotlar) rahbarlari va tegishli hudud hokimlari (ular vakolat bergan mansabdor shaxslar) jamlanma xarajatlar smetasi bo‘yicha byudjetdan ajratilgan mablag‘larni taqsim qiluvchilar bo‘lib hisoblanadilar. Jamlanma xarajatlar smetasi, xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning rahbarlaridan olingan buyurtmalar asosida hamda markazlashtirilgan buxgalteriyada mavjud bo‘lgan hisob va hisobot, shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga muvofiq markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuziladi. Jamlanma xarajatlar smetasini tuzish uchun buyurtmalar hokimiyatlarning tegishli boshqarma va bo‘limlari tomonidan belgilangan shakllar yoki ko‘rsatkichlar ro‘yxati bo‘yicha xarajatlarning guruhlari bo‘yicha va ilovalarni hamda smetalarga qilingan hisob-kitoblarni ilova qilgan holda tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadi. Buyurtmalarda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: isitish, yoritish, suv ta’minoti xarajatlarini hisoblash uchun zarur natural ko‘rsatkichlar; sotib olish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va jihozlar ro‘yxati; 151 kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati; o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining bajaradigan ishlari hajmi; qonunchilikka muvofiq belgilangan kadastr yuritish bo‘yicha ishlar hajmi va boshqa ko‘rsatkichlar hisobi; bino va inshootlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish uchun hisob-kitoblarning asoslanganligi; byudjetdan mablag‘lar ajratishni asoslash uchun boshqa kerakli hisob- kitoblar. 5-rasm. Xarajatlar smetasida nazarda tutilgan tarmoq ko‘rsatkichlari Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling