D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
5.2.
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarni moliyalashtirish tartibi Byudjetning barcha xarajatlari joriy xarajatlar va kapital xarakteridagi xarajatlardan iborat bo‘ladi. Mablag‘ning asosiy qismi joriy xarajatlarga to‘g‘ri keladi, qolgan qismi kapital xarajatlarga to‘g‘ri keladi. Shu o‘rinda byudjet xarajatlari tasnifini ko‘rib chiqish lozim. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo‘ladi va ularning yo‘nalishini aks ettiradi. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat: – byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi; – vazifa jihatidan tasnif; – tashkiliy tasnif; – iqtisodiy tasnif; – hududiy tasnif Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag‘lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag‘lar yo‘nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. 145 Xarajatlarning tashkiliy tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni iqtisodiy yo‘nalishiga ko‘ra kodlashdan iborat bo‘ladi. Hududiy tasnif byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Byudjet tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi: – birinchi guruh, – ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam; – ikkinchi guruh, – ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar; – uchinchi guruh, – kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturlarida nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga muvofiq); – to‘rtinchi guruh, – boshqa xarajatlar. Xarajatlar guruhlari bo‘yicha aniq moddalar byudjet tasnifiga muvofiq belgilanadi. Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet mablag‘larining hajmi, maqsadli yo‘nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati. Byudjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi: – yakka (individual) smetalar; – jamlanma smetalar; – byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar; – markazlashgan tadbirlar uchun smetalar. Xarajatlar smetasi va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bir yillik muddatga – 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrga tuziladi (mavsumiy tadbirlar uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‘yicha esa ularning mazkur yildagi faoliyat ko‘rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi). 146 Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari xarajatlar smetalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan, yil oylari bo‘yicha taqsimlangan holda 53 : - xarajatlarning birinchi – uchinchi guruhlari bo‘yicha – xarajatlarning moddalariga ko‘ra ajratib; - xarajatlarning to‘rtinchi guruhi bo‘yicha – xarajatlarning moddalariga ko‘ra ajratmasdan tuziladi. Xarajatlar smetasiga xarajatlarning moddalari bo‘yicha to‘rtinchi guruh xarajatlari yoyilmasi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda kichik tadbirkorlik subyektlaridan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlarining ro‘yxati bo‘yicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetalari har bir diplomatik muassasa bo‘yicha alohida-alohida xorijiy va milliy valyutalarda tuziladi. Xarajatlar smetasida tasdiqlangan byudjet mablag‘larini oluvchilarga yetkazish. Respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar e’tiboriga byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning xarajatlar smetasida tasdiqlangan miqdori yetkaziladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi - xarajatlarni amalga oshirishdagi majburiyatlarni qabul qilishda byudjet tashkilotlariga byudjet majburiyatlari limitini belgilash va yetkazishdir. Byudjet majburiyatlarining limiti byudjet ijrosini amalga oshiruvchi byudjet mablag‘larini taqsimlovchi, oluvchi organlar uchun aniqlangan va tasdiqlangan byudjet majburiyatlarining yig‘indisidir. Boshqacha qilib aytganda, byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish rejasining hajmi davlatning byudjetdan mablag‘ oluvchiga byudjet majburiyatlarini qabul qilish huquqining berilishidir. Byudjet xarajatlarini kassali ijro etishda belgilangan tartibda va chegaralangan mablag‘lar doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan qabul qilingan byudjet majburiyatlarini to‘lovi amalga oshiriladi. 53 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 102-moddasiga ko‘ra. 147 Davlat byudjetidan majburiyatlarning to‘lovi belgilangan tartibda ras- miylashtirilgan byudjet mablag‘i oluvchilarining taqdim qilgan va byudjet majburiyatlari ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar asosida xarajatlarning amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ta’kidlab o‘tish kerakki, alohida mahalliy byudjetlarning xarajatlar tarkibi bir xil bo‘lmaydi, shu mintaqadagi turli darajada bo‘lgan xo‘jalik va idoralarning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Davlat byudjetining to‘la hajmda moliyalashtiriladigan birinchi navbatdagi xarajatlarga ish haqi, ish haqidan ajratmalar, stipendiyalar, nafaqalar, ovqatlanish va dori-darmonlarni sotib olish uchun sarflanadigan xarajatlarni ko‘rsatish mumkin. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling