D tashmuxamedova


Naqd pul mablag‘lari olish uchun chek


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

 Naqd pul mablag‘lari olish uchun chek — bu g‘aznachilik 
bo‘linmasining ma’lum naqd pul summasini buyurtmachiga berish uchun yozma 
topshirig‘idir. Cheklar buyurtmachi tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka bilan 
qo‘lda yoziladi. Cheklarda o‘chirib yozish, tuzatish, to‘g‘rilashlarga hamda 
faksimile ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Cheklar o‘n kun davomida (ular yozib 
berilgan kunni hisobga olgan holda) haqiqiy hisoblanadi.
G‘aznachilik bo‘linmalari chek daftarchalarini ularga xizmat 
ko‘rsatuvchi banklardan ularni keyinchalik buyurtmachilarga tarqatish uchun 
oladi. Bunda buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalariga chek daftarchalarini 
olish uchun mazkur buyurtmachi rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo‘yilgan 
ishonchnoma va so‘rovnomalarni taqdim qiladi. Ishonchnoma bo‘yicha bir 
buyurtmachiga berilgan chek daftarchasidan boshqa buyurtmachi tomonidan 
foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Olingan chek daftarchalari buyurtmachilarda 
saqlanadi. 
Cheklar 
23212 
va 
23214 
balans 
hisobvaraqlarida 
ochilgan 
hisobvaraqlarga o‘tkazilgan mablag‘lar doirasida yoziladi. Buyurtmachilar 
23212 va 23214 balans hisobvaraqlariga mablag‘lar o‘tkazilganidan so‘ng 


227 
g‘aznachilik bo‘linmalariga to‘ldirilgan chek taqdim qiladilar. Bunda 
buyurtmachilar naqd pul to‘lovlari bo‘yicha 23212 va 23214 balans 
hisobvaraqlarga pul tushganidan so‘ng o‘n kun ichida (ular yozib berilgan kunni 
hisobga olgan holda) naqd pul mablag‘larini umumiy summa doirasida yozilgan 
bir nechta chek bilan olish huquqiga ega. Buning uchun buyurtmachilar 
g‘aznachilik bo‘linmalariga tegishli summaga YuMMR buyurtmasi yoki pul 
oladigan sanalar va summalarini aniq va alohida ko‘rsatgan holda YuMMR 
buyurtmasini taqdim etadi. 
Bunda bankning mas’ul xodimlari g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan 
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan buyurtmachilarning mas’ul xodimi 
tomonidan taqdim qilingan naqd pul mablag‘larini olish uchun cheklarni ular 
taqdim qilingan kunda qabul qilishi shart.G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul 
xodimlari to‘ldirilgan cheklarni qabul qilganidan so‘ng chek va YuMMR 
buyurtmasi summalari muvofiqligini tekshiradi, imzo va muhr qo‘yadi hamda 
tekshirishdan so‘ng chekning nazorat markasini buyurtmachilarning mas’ul 
xodimlariga beradi. Bunda yozilgan cheklar ikki nusxada chop etilgan qog‘oz 
shaklidagi yozilgan cheklar reyestri bilan birga g‘aznachilik bo‘linmalarining 
mas’ul xodimlari tomonidan buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga, xizmat 
ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilish uchun beriladi. 


228 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling