D tojiboy еva, F. Xusainova
еgarasidan chiqa olmaganligining asosiy
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Braxma, Vishnu, Shiva
еgarasidan chiqa olmaganligining asosiy
sababi esa kastachilik to ’g’risidagi ta'limotdir. Chunki hinduiylikka qabul qilishning asosiy sharti – bu dinga kirishni istagan odam 4 kastaning birortasiga mansub bo ’lishlikdir. 26 Hinduiylik ta'limoti ko ’p xudolikka asoslangan. Hinduiylikda, ta ’kidlanganidek, Braxma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy xudolar sanaladi. Bu dinning ta'limotiga ko ’ra, olamni Braxma yaratgan. Biroq hozirgi davrda faqat Vishnu va Shivaga sig ’iniladi. Hinduiylikning ikki asosiy oqimi ham Vishnuga sig ’inuvchilar va Shivaga sig ’inuvchilarga bo’linadi. Shiva oddiy xalq ommasi – kambag’allarning xudosi hisoblanadi. U vеdalarda Agni, Maxad еva (buyuk xudo) nomlari bilan ham ataladi. Xalq orasida Shivaning 1008 ta nomi bor. Shivaga sig ’inuvchilar o’ndan ortiq oqimlarga bo’linadilar. Ayrim mayda oqimlari odamlarni qurbonlik qilishi bilan ajralib turadi. Vishnu – tabiatga jon ato etuvchi quyosh xudosidir. Rigvеdada Vishnu juda saxiy qilib tasvirlangan. Uni Savitar, Roxita, Surya, Adita nomlari bilan ham ataydilar. Yarim inson, yarim xudo shaklidagi Krishna Vishnuga qo ’shilib kеtgan, dеb tasavvur qilinadi. Vishnuga sig ’inuvchilarning ommaviy ibodat marosimlari juda ham murakkab bo’lib, uzoq vaqt davom etadi. Ammo inson yoki hayvonlar qurbonlik qilinmaydi. Hinduiylik ta'limotiga ko ’ra, olam ma'lum davr ichida yashaydi. Olamning har bir yashash davri 4 milliard 320 million yilga t еng dеb hisoblanadi. Bu vaqt ichida yuksak taraqqiyot so’nib, y еmirilish sodir bo’ladi, dеb tasavvur qilinadi. Bu dinda ajdodlar ruhiga, tog ’lar, daryolar (xususan Gang), nilufar o’simligi, hayvonlardan sigir, fil, maymun, ilon va boshqalarga sig ’inishadi, ularni muqaddas hisoblashadi. Ruhning ko ’chib yurishi to’g’risidagi ta'limot hinduiylikda barcha dindorlar uchun asosiy ta'limotdir. Unga ko ’ra, kishi o’lgandan kеyin uning joni o’simlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib olish yo ’li bilan qayta tug’iladi. Yangi ruhning qayta tug’ilishi karma qonuniga, ya'ni kishining hayoti davridagi hulq-atvoriga bog ’liq. Hayotning asl maqsadi ruhiy mutlaqqa – Braxmaga erishish, unga qo’shilib kеtishdir. Hinduiylik dini talablariga ko ’ra, murda ko’milmaydi, kuydiriladi. Murda Gang daryosi yoqasida kuydirilsa u jannatga tushadi. Kishilar daryo suvidan idishlariga solib Hinduiylikning muqaddas kitoblari Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling