Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi.
Uning 1536 yilda nashr etilgan
“Xristian dinidagi ko’rsatmalar” degan bosh asari
protestantlik ta'limot sifatida shakllangandan keyin yangi bir diniy yo
’nalish –
kalvinizmning asosi bo
’lib qoldi.
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o
’laroq, Kalvin uchun diqqat markazi Injil
emas, Tavrot bo
’lib qoladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta'limotni ishlab chiqdi. Bu
ta'limotga ko
’ra, barcha odamlar Xudoning biz uchun noma'lum bo’lgan irodasiga
asosan magfirat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo
’linadi. Inson na imon, na
“xayrli ishlar” bilan taqdirga yozilganini o’zgartira olmaydi: mag’firat qilinganlar esa
najotga mahkum. Taqdir haqidagi ta'lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning
gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi.
Protestant cherkovining kalvinistik yo
’nalishdagi davomchilari Shotlandiya,
Gollandiya, Fransiya, Angliyada katta obro
’ va ta'sirga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |