Tarqatma materiailami tayyorlash va qo‘Uash qoidalari:
Ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma materiallar bermang.
Sarlavhalami bosh harflar bilan yozing, bir matn uchun ikki-uchta tarqatma material tayyorlasangiz, ularga nom-kod bering. Bu ulami ajratishni osonlashtiradi. ,
Matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak.
Bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va hokazo ) ishlatmang.
' • Matnlar tushunarii, qisqa va oddiy bo‘lishi kerak.
Varaq dizayni e’tibomi o‘ziga tortishi kerak.
Tarqatma materiallarda:
o‘tiladigan mavzuning asosiy mazmunini berish;
olingan axborotni dars davomida va darsdan tashqarida talabalar bilan mustaqil muhokama qilish;
ta’lim oluvchilar diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izla- nishga qaratish;
o‘quvchi-talabalami darsga faol jalb qilish;
o'quvchi-talabalaming olgan bilimlarini nazorat qilish va sinash.
Bulaming hammasi dars jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanishning zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Shu bilan biiga dars jarayonida tarqatma materiallardan foy- dalanishda o'ziga xos kamchiliklar ham mavjud.
Tarqatma materiallar tayyorlash o‘qituvchidan ko‘p kuch va vaqt, yuksak mahorat talab qiladi.
Bir kishiga bitta tarqatma materiallar bo‘lishi kerak. Bu qo‘shimcha katta moddiy xarajatni talab qiladi.
Tarqatma material asosida o‘zaro muhokama cho‘zilib, mavzuning boshqa qismlariga, savollariga e’tibor pasayishiga olib kelishi mumkin.
Ayrim kamchiliklariga qaramay, darsda tarqatma materiallardan foydalanishning afzalligi ustun.
Ko‘rgazmali qurol yoki namoyish qilinuvchi material va tarqatma materiallardan barcha metodlar asosida dars o‘tishda keng foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |