D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Download 1.26 Mb.
bet157/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

Ко ‘rgaz/nali qurollar yordamida bir vaqtning o'zida muhokama qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ко ‘rish orqali qabul qilish shubhasiz talabalarni puxta bilim olishlariga yordam beradi.
Taraqqiyotning o‘zi bir tomondan fanni chuqur o'zlashtirishni zarur qilib qo‘ysa, ikkinchi tomondan turli - tuman yangi metod­lar, ko‘rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo'llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashti- rish, qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam beradi.
Ко ‘rgaz/nali qurollar xilma-xil. Ко ‘rgazmalilik, odatda, xayolan ko‘z o'ngiga keltirish bilan yoki namoyish qilish bilan ta’minlanadi. Ко ‘rgaz/nali qurollar: nomoddiy va moddiy turlarga bo'linadi (quyi- dagi chizma):




Dars jarayonida so‘z bilan o‘qituvchi tomonidan yodga tu- shirish, talabalaming xayolida gavdalantirish mumkin bo'lgan ichki, xayoliy ko‘rgazmali qurollar: adabiyot, san'at asarlari, badiiy film, badiiy asar qahramonlari hayotda yuz beradigan turli voqea, vazi- yatlardan odatda keng foydalaniladi.

Darsni boshlaganda o'qituvchi 0‘tilgan mavzuni talabalaming yodiga tushiradi. Yangi mavzuni boshlar ekan, talabalar diqqatini unga jalb qilish, fikrini yo‘naltirish uchun adabiyot, sa’nat asarlari yoki hayotda yuz bergan voqeani gapirib berish mumkin. Bu yangi mavzuni o'rganishga talabalar fuhi, kayfiyatini tayyorlaydi. Ma­salan: «Tovar — pul nazariyasi» mavzusini boshlashdan awal audi- toriyaga murojaat qilish mumkin: suvni hamma biladi. Usiz hayot yo‘q. Shunga qaramay u tekin yoki narxi juda arzon. Brilliantni ko‘z o‘ngizga keltiring. Usiz yashash mumkin. Lekin juda qimmat, nima sababdan?
Bugungi darsda ana shu savollarga javob topishga harakat qilamiz. 0‘qituvchi mavzu, uning maqsadi haqida gapirib, so‘ngra dars rejasini beradi.
Mashg‘ulot jarayonida ko‘rsatib, izohlash mumkin bolgan ko‘rgazmali qurollar - jadval, sxema, plakat, chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish talabalaming bilimini puxtalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Darsda doskani ishlatish ko‘p vaqtni oladigan, boshqa texnik vositalardan foydalanish imkoni yo‘q auditoriyalarda plakat, sxema- lardan foydalanish maqsadga muvofiq.
An’anaviy ko‘igazmali qurollar bu sxema va plakatlar bo‘lib, odatda sxemalar standart vatman sathiga qora yoki boshqa ranglarda zarur matn yozilgan yoki jadval, chizma, diagramma, boshqalar chizilgan bo‘Iadi. Plakatlar esa nashr qilingan ko‘rgazmali qurol hisoblanib o'tiladigan mavzular bo‘yicha tanlab olinadi.
Sxema, plakatlami tayyorlash moddiy jihatdan qimmat hamda ko‘p vaqtni oladi. Xato qilinsa, o‘zgartirish qiyin. Shuning uchun hozirgi paytda vatmanga chizilgan yoki plakat holida nashr etilgan ko‘igazmali qurollar o‘miga yangi, tayyorlash va foydalanish qulay zamonaviy turlari, ayniqsa, dars jarayonida slaydlardan foydalanish keng yoyildi.
Slaydlar ta’lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Zamonaviy o‘quv jarayonini bularsiz tasawur qilish qiyin. Asosiy qulaylik shundaki, ulardan istagan paytda foy-


dalanish, ish o‘mi o‘zgarganda oson ko‘chirish mumkin.


Jadval, sxema, graflk, diagrammalardan foydalanish universal:

  • awaldan slayd plyonkalarga chizib, texnik vositalar yor- damida ko‘rsatilishi;

  • vatman qog‘ozga chizib, texnik vositalardan foydalanish uchun sharoiti yo‘q auditoriyada foydalanish;

  • kserokopiyadan chiqarib, tarqatma material sifatida foy­dalanish;

  • disketga kiritib, kompyuter orqali ko‘rish, tahlil qilish mum­kin.

Ko‘rgazmali qurollaming afzalligi shundaki, uni dars o'tishning barcha shakllari, uslublarida qo‘llash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish qilinadigan materiallarsiz, ko‘igazmali qurollarsiz o‘tib bo'lmaydi. Darsni tashkil etishda ko‘rgazmali qurollar muhim o'rin tutadi. Didaktikaning asosiy prinsiplaridan biri darsning ko‘rgazmaliligini ta’minlash. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish talabalarga iqtisodiy kategoriyalarni, muammolarni o‘rganishda katta yordam beradi.


  1. Download 1.26 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling