D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Proektor bilan ishlashning kamchiliklari


Download 1.26 Mb.
bet165/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

Proektor bilan ishlashning kamchiliklari.

  • talabalar butun diqqatni tasvirga qaratishadi;

  • plenkaga yozish, shuningdek, uni darsga tayyorlash ko‘p vaqt talab qiladi;

  • proektor bilan ishlaganda auditoriya nim qorong‘i bo‘lishi kerak. Buning natijasida ayrim noqulayliklar kelib chiqishi mum­kin.

Hozirgi kunda o‘quv jarayonida, taqdimot qilishda videoproek- tordan tobora keng foydalanilmoqda. Undan foydalanish uchun kompyuter qurilmalari zarur. Oldindan tayyorlangan o‘quv materi- allari va boshqalar videoproektor orqali namoyish qilinadi. U eng yuqori darajada taqdimot imkonini beradi. Namoyish etiladigan materiallarni turli kompyuter dasturlari: Word, Excel, Power Point, Corel Draw va boshqalarda taqdim etuvchining o‘zi tayyorlashi yoki professional darajada tayyorlangan elektron darsliklardan foy­dalanish mumkin. Bunda katta hajmdagi axborotni disket, kompakt disk, fleshka yordamida ko‘chirish, bir marta tayyorlab, keragicha foydalanish mumkin.
Eng muhim afzalliklaridan tayyorlangan materiallarni kam- chiliklarini tezda tuzatish, zarur o‘zgartirishlar kiritish, takomil- lashtirib borish imkoni borligi, materiallarni kompyuter yordamida turli ko'rinishda tayyorlash mumkinligi, rangli tasvirdan foydala­nish, ulami «jonlantirish» va harakatlantirish imkoni mavjudligidir.
Videoproektor albatta boshqa vositalarga nisbatan qimmat, un­dan foydalanish uchun ko‘nikma talab etiladi. Ranglarni noto‘g‘ri


/




tanlash oqibatida ko'z toliqishi, animatsiyani noto‘g‘ri tanlash tu­fayli asosiy diqqat mazmundan chetga chiqib ketishi mumkin. Vi­deoproektor elektr energiyasini talab qiladi.

Umuman olganda, texnik vositalar dars jarayonini ko'rgazmali qilishga, yuqorida aytganimizdek tasawur qilishga va xotirada jonlantirishga yordam beradi. 0‘rganilayotgan mavzuni o‘zlashtirishni, real hayotga, amaliyotga yaqinlashtirishni ta’minlaydi. Ajdodlarimiz bekorga aytishmagan «Yuz marta gapir- gandan bir marta ko‘rgan afzal» deb.
0‘quv yurtlarida muvaffaqiyatli-qo‘llanilayotgan vositaiardan biri vertual stendlardir. Virtual stend — o'quv amaliy stendi yoki o‘quv-malaka ustaxonasi bo'lib, o‘qu vchi-talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma’lum yo'nalishda zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga yor­dam beradi. Virtual stendlar har bir o‘quvchi-talaba uchun texni- kaga o'zining kirish parametrlarini «buyurishga», o‘z bilimlarini na- zorat qilishga imkon beradi. Laboratoriya ishini o‘tkazish, uni zarur tartibda tushunish va hokazolar bilan bog‘liq vaqtdan yo‘qotish esa kompyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi.


  1. Download 1.26 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling