D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
§. Dars o‘tishda doskaning va boshqa texnik vositalarning tutgan o‘rni
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doska-stend
- Doska-bloknot
§. Dars o‘tishda doskaning va boshqa texnik vositalarning tutgan o‘rni
0‘quv jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan va eng kam chiqim talab qiladigan vosita oddiy doska hisoblanadi. Doskadan turli maqsadlarda foydalanish mumkin: notanish so‘z, iboralarni yozish; turli chizmalar, diagramma, sxemalar chizish; rasmlar yordamida illyustratsiya qilish;
misollar yechish; formulalar yozish va boshqalar. Doska har bir auditoriyada bo‘lishi kerak. Dars paytida doska- dan foydalanish uchun uni darsga tayyorlash lozim. Agarda o‘qituvchi ilgari dars o‘tmagan auditoriyada dans o‘tadigan bo‘lsa, doskaning o‘lchamlari,uning qandayligi bilan tanishishi kerak. Darsda doskadan optimal darajada foydalanishga harakat qilish lozim: zarur jumlalarni yozish, grafiklar chizish, bir-biridan ajratish, chiziqlarni rangli bo‘r bilan chizish; agar murakkab chizmalar chizilishi kerak bo‘lsa, awal xomaki nusxasini chizib ko'rish; doskadagi tasvir iloji boricha tushunarli, taassurot qoldiradi- gan bo‘lishi kerak. Doskaga aniq, talabalar o‘qiy oladigan qilib yozish kerak. Yo- zayotganda tushuntirishni to‘xtatib, yozib bo‘lgach, gapirish kerak. Chunki, auditoriyada talabalarga orqa o'girgan holda doskaga qarab yozib turib, gapirilgan fikrni ilg‘ash qiyin. Doskada ishlashning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Doskaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: ishlatishning osonligi, tayyorligi; o‘zgartirishlar kiritishning osonligi; darsni o‘tishga qarab mos holda ishlatish mumkinligi; qo‘shimcha misollar berilgan savollarga qarab, misollami moslashtirish; murakkab nisbatlarni ko'rgazmali ifodalash mumkin; chizmalar, formulalar va boshqalarni yozib ko‘rsatish, qabul qilish va tushunishni osonlashtiradi; yaxshi yodda qoladi; doskadan konspektga ko‘chirilgan misol va rasm, chizma, grafiklar kelgusi darslarga yaxshi tayyorlanishga yordam beradi. Kamchiliklari: doskaga yozayotganda talabalarga orqa o‘girib turiladi, Audi- toriya bilan ko‘z qarash kontaktini yo‘qotiladi; bir marta yozilgan narsa o‘chiriladi; yozish, chizishga vaqt ketadi. Doska-stend—mashg‘ulotlarda o‘quv munozaralari boshqa turli muhokamalarning guruh, ishlari natijalarini hujjatlashtirishda foy- dalaniladigan o‘qitish vositasi. Stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi, turli rangdagi va slmkldagi kartochkalar yopishtiriladi. Stenddagi kartochkalar yor- datnida sxemalar, tuzilmalar, sharxlar va shu kabilarni tuzish mum- Doska-stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar, sxema, grafik, izoh-sharhlar va hokazo kartochkada aks ettirilgan ma’lumotlar, joylashuvini xohlagan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr- mulohazalarini qamrab olish, qayd etish imkoniga ega boiadi. Doska-bloknot yoki flipchart doskasi — bu varaqlanadigan qog'ozli doska bo'lib, unga marker bilan yoziladi. U turli-muho- kama yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda, eng muhim axborotlarni qayd etishda qo‘llaniladi. Uning qulayligi, xohlagan vaqtda oldingi materiallarga qaytish o‘quv xonasiga osib qo'yish, istagan paytda qulay joyga ko‘chirish, kerak boisa, devor yoki doskaga birin-ketin hamma varaqlarini yopishtirish mumkin. Un- dan guruhiy bahs-munozaralarning natijalarini saqlash, kerak boiganda ishlatish, turli masalalar bo‘yicha asosiy qismlarni ajratib ko‘rsatish muhokama qilinayotgan masalaga qaytish, kichik guruhlar yoki butun guruh ishining natijalarini bir paytda ko‘rish imkoni mavjud. Diqqatni tortish yoki fikrni ajratib ko'rsatish uchun rangli markerlardan foydalanish mumkin. Uning asosiy kamchiliklari: yozuv, bildirilayotgan fikr tushunarli bo‘lishi zarur, aks holda uni o‘qish qiyin bo‘ladi, ayniqsa, muhokama qilinayotgan masalaga ma’lum bir vaqt o‘tgach qayt- ganda; varaqlardan nusxa ko‘paytirish qiyin, faqat fotosurat olish yoki ko‘chirib yozish mumkin xolos; ~ ko‘p flipchart qog‘ozlari talab qilinadi. Doska turlaridan yana biri Pinbord doskasidir. U (inglizcha pin-mahkamlash, board- doska). Bu doskaning boshqa doskalardan farqi shundaki, unga maxsus qog‘oz tortilgan bo‘lib, unga dars jarayonida muhokama qilinayotgan mavzu, masala, muammo bo‘yicha talabalar tomonidan yozilgan kartochkalarni ignalar bilan mahkamlash imkonini beradi. Bunda kartochkalar turli rang va shaklda bo‘lib,ularga maxsus rangli flomaster yoki markerlar bilan yoziladi. Ular yordamida fikrlar gufuhlanadi, tizimga solinadi jamoaviy yagona yoki qarama-qarshi pozitsiya aniqlanadi. 0‘qituvchi muammoni o‘rtaga tashlaydi hamda talabalarga o‘z nuqtayi nazarlarini bayon qilishni taklif qiladi. «Aqliy hujum» metodi asosida muhokamani tashkil qiladi. Har bir talaba o‘z fikrini aytadi, ular muhokama qilinadi. Ular orasidan eng optimal yoki samarali deb topilgani 2—3 so‘z bilan kartochkalarga yoziladi va doskaga mahkamlanadi. Talabalar tomonidan bedgilangan guruh vakillari doskaga chiqib, boshqalar bilan maslahatlashgan holda: xato, qaytarilgan fikrlarni olib qo‘yishadi; munozarali fikrlarni aniqlashtirishadi; g‘oyani ma’lum tizimga solish alomati bo‘lgan fikrlarni aniqlashadi; fikrlar yaqinligi va o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha kartoch- kalarni guruhlarga ajratishadi. strelkalar, chiziqlar yoT Bu doska yordamida muammolar ishlab chiqilib qarorlar qabul qilinishi va guruhiy bahs-munozaralarni boshqarishni ko‘rgazmali qilish mumkin. Shuning uchun pedagoglar o‘rtasida pinbord faqat- gina doska emas, o‘ziga xos dars berish usuli sifatida ham qaraladi. Pinbord doskasini siljitish mumkinligi, ma’lumotlarni daskaga mustahkamlash, kartochkalarni guruhlash, turli rangdagi kartoch- kalardan foydalanish imkoniyati uning afzalligi bo‘lsa, qog‘ozning ko‘p ketishi, kartochkadagi yozuvlarning turli tumanligi, ularni mustahkamlash vaqtni olishi kabilar uning kamchiligidir. Shuning uchun mavzu bo‘yicha muammo qo‘yib, taxminan ularni yechimlarini berib, har bir yechim uchun bir rangdagi kartochkalar tayyorlab, har bir rangdagi kartochkadan bittadan doskaga yopishtirib, uni tanlaganlar nima sababdan shu yechimni tanlaganlarini tushuntirib berishlarini taklif qilish tarzida tashkil et- ish mumkin. Ko‘rgazmali qurollar darsni qiziqarli va turlicha bo‘lishiga ta’sir ko'rsatadi. Ana shu ko‘rgazmalilikni ta’minlashda kodoskop, proektor va boshqa texnik vositaiardan keng foydalanish mumkin. Oddiy doska yoki varaqlanadigan (bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tkazib qo‘yiladigan varaqlardan iborat) doska bilan birgalikda qo‘llaniladigan texnik vositaiardan kodoskop, proek- tordir. Ular yozish uchun vaqtni tejashda eng qulay vositaiardan biri bo‘lib, darsda ko'rgazmalilikni ta’minlashda muhim rol o'ynaydi. Dars o‘tishda keng qo'llaniladigan nisbatan oddiy, bir auditori- yadan ikkinchisiga olib o'tish oson texnik vosita kodoskop va proektor hisoblanadi. Hozirgi paytda kodoskopga nisbatan proektor ko'proq ishlatiladi. Ulardan foydalanishdan awal uning bexato ish- lashini, tozaligini, xonada rozetka bor-yo‘qligini tekshirish lozim. Slaydlar taqdimot qilinishidan oldin tartib bilan mantiqiy ketma- ketlikda tayyorlab qo'ygan ma’qul. 0‘qituvchi taqdimot jarayonida ekranga qarab emas, balki ta’lim oluvchilarga qarab, nutq tezligiga e’tibor bergan holda gapirishi lozim, ya’ni «ko‘z aloqasi»ni saqlab turishi kerak. Boshqa vositalar kabi proektoming ham o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Kodoskop va proektor bilan ishlashning afzalliklari: dars jarayonida doimiy tasviriy kontakt yuz beradi; plyonkalar dars boshlanishiga qadar tayyor bo‘lishi mumkin; - turli tarzda foydalanishni tashkil qilish mumkin, slaydlarni qo‘lda, fotonusxa, kompyuter yordamida tayyorlash va ulardan bir necha marta qaytadan foydalanish mumkin; kerak bo‘lmagan qismini yopib qo‘yish mumkin; rangli tasvirni qo‘llash mumkin; foydalanish oson, qulayjoyga ko‘chirish mumkin. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling