Namunalar, iqtisodiy paradokslar
Suvsiz hayot yo‘q. U shunchalik zarur bo'lishiga qaramay nima sababdan juda arzon, olmos esa undan keladigan naf kam bo'lishiga qaramay nihoyatda qimmat turadi? (A. Smit).
Tekin non qopqonda bo‘ladi (Xalq maqoli).
Soliq yukining og‘irlashuvi, davlat budjeti daromadlari tu- shumini kamaytiradi (G. Laffer).
Agar fermerlar zo‘r berib mehnat qilsalar, tabiat ularga ko'maklashsa, ular nihoyatda mo‘l hosil yetishtiradilar. Bu ulaming umumiy daromadlari kamayishiga olib keladi. Nima sababdan? (P. Samuelson).
Bir balosi bo‘lmasa, shudgorda quyruq na qilur? (Xalq maqoli).
Iqtisodiy topishmoqlar
Odamlar nima sababdan jinoyat qiladilar, vaholanki, buning uchun jazolanishlarini biladilar.
Aholisi ko‘p bir qator mamlakatlar boy, ammo aholisi kam ba’zi mamlakatlar esa kambag‘al. Sababi nimada?
Bir-biri bilan notanish, turli din va maslak vakillari, hatto bir-birlari bilan urishganlar ham o‘zaro savdo olib borishga qarshi emaslar.
Tashqi savdo mamlakatlar uchun manfaatli bo‘lishiga qaramay, hamma mamlakatlarda turli to'siqlar qo‘yishga urinishadi. Sababi nimada?
Salomda boshliq yo‘q, savdoda do‘stlik (Xalq maqoli).
Do'stlaringiz bilan baham: |