D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
§. «Iqtisodiy tahlil» fani va uni o'rganish xususiyatlari
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
§. «Iqtisodiy tahlil» fani va uni o'rganish xususiyatlari
asr ko'pincha «axborot asri* deb ataladi. XXI asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi. Zarur axborotga ega bo'lganlar, boshqalarga qaraganda ustun mavqega, qo'shimcha naf, foyda olish imkoniga ega bo'ladilar. Shuning uchun ham hozirgi paytda N. Vinerning «Kimki axborotga ega bo'lsa, dunyoni teb- ratadi», degan iborasi mashhur bo'lib, tez-tez ishlatilmoqda. Awalgi bobda to'xtab o'tdik, iqtisodiy axborotlar bilan buxgalteriya hisobi ta’minlaydi. Axborotga ega bo'lish yaxshi, lekin undan qanday foydalanish kerak? Bu savolga javobni turli nuqtayi nazar- dan berish mumkin, mikromiqyosda, ya’ni xo'jalik yurituvchi subyektlar miqyosida esa iqtisodiy tahlil fani1 beradi. Har qanday fanni shakllanib, vujudga kelishi obyektiv zaruriyat tufayli yuz berganidek, iqtisodiy tahlil fanini vujudga kelishi ham obyektiv zaruriyat, awalo iqtisodiyotda raqobajning kuchayishi sabab bo'lgan. Chunki, resurslar cheklanganligi: birinchidan ulami samarali ishlatishni; Ikkinchidan, shu resurslami ishlatib, ishlab chiqargan mahsuloti sotilganda sarflagan xarajatlarini qoplaydimi, yo'qmi, aniqlashni; Uchinchidan, korxonaning hozirgi holati qanday, kelgusida istiqboli qanday bo'lishi mumkinligini prognoz (ilmiy taxmin) qilishni zarur qilib qo'yadi. 1 Iqtisodiy tahlil deganda—«Iqtisodiy tahlil nazariyasi», «Moliyaviy va bjshqaruv tahlili», «Boshqa tarmoqlarda iqtisodiy tahlil» ko'zda tutiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida nima ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish va qanday ishlab chiqarishni har bir korxona, firma o'zi hal qilar ekan, bunda ular, eng awalo turli axborotlarga, ulami o'rganishga tayanadilar. Ularning kelajagi ana shu axborotlarni o'rganib, xulosa chiqarishlari va qanday qaror qabul qilishlariga bog'liq. Buxgalteriya hisobida, mavjud axborotlarni o'rganishdan qo'yilgan maqsadga asoslanib, turli jihatdan yondashib, iqtisodiy ko'rsatkichlar hisoblab chiqiladi. Ana shu ko'rsatkichlaming -o'zgarishi tendensiyasiga ko'ra xo'jalik faoliyatiga xolisona baho berish talab qilinadi. Albatta har bir xo'jalik yurituvchi real holatni o'rganishdan manfaatdor. Boshqalar uchun o'z manfaatidan kelib chiqib, «yomon tomonini yashirib, yaxshisini oshirsa» ham o'zi uchun albatta real hisob-kitob qilib, xulosa chiqaradi. Xo'jalik yurituvchilar o'z ahvollarini bilib olgach, xo'jalik yuritish samarasini oshirish uchun qanday imkoniyatlari bor? O'zlaridagi ichki imkoniyatlarni ishga solsa yetarlimi yoki chetdan imkoniyat qidirish, ya’ni chetdan investitsiyalar, kredit va hoka- zolarni jalb etish zarurmi, aniqlashlari lozim. Qanday chora-tadbirlarni qo'llasa, firma, korxona tang ah- voldan chiqib ketadi yoki uning samaradorligi yanada ortadi yoki ko'riladigan zarar darajasi minimal bo'ladi. Bularni bilish uchun iqtisodiy fanlarni, ayniqsa, tahlil fanini chuqur o'rganish, boshqalar tajribasida nima, qanday yuz bergan, qanday chora-tadbirlar qo'llangan o'rganish darkor. Bozor iqtisodiyotiga noaniqlik doimo yo'ldosh. Har bir firma, korxona biron faoliyat yuritar ekan, doimo risk qiladi. Ayrim faoliyat turlarida tavakkalchilik xatari kichik bo'lsa, boshqalarida katta. Eng asosiysi ana shu tavakkalchilik xatarini kamaytirish. Agar diqqat-e’tibor bergan bo'lsangiz, oxirgi yillardagi iqtisodiy soha bo'yicha «Nobel mukofoti»ni olgan ishlarning ko'pchiligi u yoki bu jihati bilan ana shu riskni, undan keladigan talafotni kamaytirishga qaratilgan. Buning uchun esa iqtisodiyotni nihoyatda sinchiklab o'rganish zarur. Aynan ana shu zaruriyat tufayli yangi-yangi iqtisodiy matematik metodlar ishlab chiqildi va ishlab chiqilmoqda hamda korxona, firma, qolaversa, butun mamlakat iqtisodiyoti ho- latini o'rganishda keng qo'llanilmoqda. Bularni bilish uchun ham tahlil qilishni puxta o'rganish zarur. Ma’lumki, firma-korxonalar mamlakat iqtisodiyotining hujay- ralari. Hujayralar sog'lom, baquwat bo'lsa, organizm sog'lom, baquwat bo'ladi. Ularning holati qandayligini bilish uchun esa or- ganizmni, chuqur o'rganib, analiz qilib, tashhis qo‘yiJadi. Kasallik alomatlari sezilsa, davolash yo‘llari, vositalari tanlanadi va muolaja qo‘llanadi. Xuddi shunday iqtisodiyotda ham firma, korxonalaming holati iqtisodiy ko'rsatkichlarni yig‘ish, tahlil qilish orqali amalga oshirilib, chora-tadbirlar belgilanadi. Demak, buni ham tahlil fani bajaradi. Shuning uchun ham fan nomining kelib chiqishi ham «analiz» so‘zi bilan bog'liq. Analiz, yunoncha analysis — ajratish ma’nosini ifodalaydi: 1. Obyektni xayolan yoki real bo'lakchalarga ajratish, bo‘lish ma’nosida va sintez1 bilan uzviy bog'liq holda ish- latiladi.- Ilmiy bilishning, tadqiqotning sinonimi. Mantiqda — fikr yuritishning shakli, tarkibi, tartibi. 0‘zbek tilida analiz so‘zi ma’nosiga yaqin, ana shu bo'laklarga bo'lishdan maqsadni, fikr yuritishni, tadqiqotni anglatadigan so‘z tahlil tu- shunchasi ishlatiladi. Yuz berayotgan jarayon, hodisalardan real xulosa chiqarish, ularga baho berish uchun, uni chuqur o'rganishimiz, sabablarini aniqlashimiz kerak. Buning uchun ulami, har bir faoliyatni turli jihatdan yondashib, qismlarga ajratib, barcha qirralarini o'rganishimiz zamr. Har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o'z faoliyatini tahlil qilmay iloji yo'q. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshlikni ta’minlash, ahvoli tang bo'lib, bozorni tark etmaslik uchun o'z faoliyatin tahlil qilishi, qanday omillar ijobiy va qanday omillar sal- biy ta’sir ko'rsatayotganini aniqlash zarur. Bu olingan va ular asosida hisoblab chiqilgan iqtisodiy ko'rsatkichlar orqali amalga oshiriladi. Ular asosida xulosa chiqariladi va qaror qabul qilinadi. Bularni esa iqtisodiy tahlil fani o'rganadi. . Yuqorida bildirilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: demak, tahlilni bilish, bilibgina qolmay, to'g'ri xulosa chiqarish, baho berishga va ular asosida turli variantlar orasidan eng maqbulini topib, qaror qabul qilishni o'rganish uchun iqtisodiy tahlil fanini puxta o'rganish zarur. Fanni puxta o'rganishda esa o'qitish metodlari muhim rol o'ynaydi. Awalgi boblarda ko'rib chiqdik, o'qitish, o'rganish metodlarini tanlashda fanning xususiyatlarini hisobga olish katta ahamiyatga ega. 1 Sintez (yunoncha — synthesis — birlashtirish) fikran yoki FeaJ obyektni ng turli elc- mentlarini yagona bir butun(tizim)ga keltirishni bildiradi va analiz bilan chambar- chas bog‘langan.
Mamlakat miqyosida makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tahlil qilinadi. Korxona, firma va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar miqyosida esa mikroiqtisodiy ko'rsatkichlar asosida tahlil olib boriladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling