D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tanlovi metodi —


Download 1.26 Mb.
bet209/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

Iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tanlovi metodi —
o'quvchi, talabalarni keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy muammo-




larni aniq va izchil tassawur qilish, fikr yuritish, iqtisodiy konsepsi­yalarni tushunish, real hayotda qoilashni o'rganishlarini shakllanti­rishga yo'naltirilgan metod.

Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati) — iqtisodiy- nazariy ta’lim berishning qonuniyatlari, fanni o'qitish, o'rganishda qo'llaniladigan turli metodlar va ulami dare jarayonida qo'llashni o'rganuvchi fan.
Iqtisodiy faoliyat insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirik- chilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui.

  • Kasbiy bilimdonlik — pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy tayyorgarlik birligi.

Kasb-hunar kolleji — o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblari bo'yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurti.
Kasbiy-pedagogik muloqot — pedagog va tarbiyalanuvchining o'zaro uzluksiz, doimiy hamkorlik ijtimoiy-psixologik aloqasi tizimi bo'lib, uning mazmuni axborotlar ayirboshlash, tarbiyaviy ta’sir o'tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o'zaro munosabat- larni tashkil etish hisoblanadi.
Kasbiy tayyorgarlik — bo'lajak mutaxassisning psixologik, jis­moniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi.
Keys stadi metodi «sase study method» — o'quvchi-talabalarni qaror qabul qilishga o'rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o'rganish metodi.
Kitob ustida mustaqil ishlash metodi — o'quv axborotini o'quvchi-talaba uning o'ziga xos sur’atda va qulay vaqtda olishini ta’minlashini hisobga olib, kitob ustida mustaqil ishlashni o'rgatish asosida fanni o'rganishga qaratilgan metod.
Kichik guruhlarga bo‘lib dars o'tish metodi — guruhni ma’lum bir mezonlar asosida 3—6 o'quvchi-talabadan iborat kichik guruh­larga bo'lib, ularni hamkorlikda ishlash, bilish jarayonini puxta- lashtirish, boshqalarning fikrini eshitishga o'rgatadigan, mas’uliyat talabalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratiladigan dars o'tish metodi.
Klaster (axborotlarni yoyish) metodi — keng qamrovli fikr yu- , ritish, o'rganilayotgan tushuncha (kategoriya, hodisa)lar, g'oyalar o'rtasida muhim bo'lgan bog'lanishlarni aniqlash, keng ko'lamli fikr yuritish malakasini shakllantirishga qaratilgan metod, peda­gogik strategiya.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling