D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
-§. Dars jarayonida «sase study method»ni qo‘llash
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys — ishlab chiqa- rishda sodir boMadigan aniq muammoli vaziyatning tafsilotidir.
2-§. Dars jarayonida «sase study method»ni qo‘llash
Bozor iqtisodiyoti har turli vaziyatda to'g'ri tanlash va qaror qabul qilish zaruratini keltirib chiqaradi. AQShning XX asr bosh- laridagi eng badavlat odamlaridan biri Rokfeller, bizni qanday hayot kechirishimiz qabul qiladigan qarorimizga bog'liq degan ekan. Talabalarni qaror qabul qilishga o'rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o'rganish metodi — Sase study method(sase-aniq vaziyat, hodisa, study-o'qitish) — «keys» katta imkoniyatlarga ega. Taniqli olim G Spenserning «Ta’limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki xatti-harakatlarga o'rgatishdir» degan fikri aynan ana shu metodda to‘laroq amalga oshadi. Keys — ishlab chiqa- rishda sodir boMadigan aniq muammoli vaziyatning tafsilotidir. Jahon pedagogikasida keng miqyosda samarali qo‘llanilayotgan keys- lardan foydalanish o'zlashtirilgan bilimlarni amalda qo'llashga qaratilgan. Garvard (AQSh) universitetida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar iqtisodiyotda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan muammoli vaziyatni ifodalagan 2,5 ming keysga javob topgach, diplom olish huquqiga ega bo'lishi, rivojlangan mamlakatlarda o'kua rejalarida keyslar 20%ni tashkil efrishi ham ularni iqtisodiyotni o'rganishda naqadar ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Keyslar turli-tuman bo'lib, muammoni qamrab olish miqyosiga ko'ra: makro, mikro, mini va umumiy keyslarga, maqsad- mazmuniga ko'ra: strategik va taktik keyslar, muammoli vaziyatning yuz bergan, bermaganiga ko'ra: real voqyelikka asoslangan, voqyelik imitatsiya qilingan va boshqa turdagi keyslarga bo'linadi. Bu metodning boshqalaridan farqi shuki, talaba muammoli vaziyatni o'rganib, xulosa chiqarish, qaror qabul qilish, undan qanday chiqib ketishni o'rganadi. Bu metod talabalardan atroflicha bilimga ega bo'lishni talab qiladi. Chunki, qaror qabul qilish nafaqat iqtisodiyot, balki faoliyatni tashkil etish, ish yuritish, axborot va ular bilan ishlash, sotsiologiya, psixologiya va boshqa fanlardan ham bilimdonlikni talab qiladi. Keys talabalarga real voqelikdan kelib chiqib, muammoli vaziyatlarni modellashtirish imkonini beradi, amaliyotda aniq vazi- yatga tashxis qo'yish g'oyalami shakllantirish, gipotezalar ishlab chiqish, muammolarni ajratish, qo'shimcha qanday axborotlar to'plash zarurligini tezda ilg'ash, muammoni yechish bo'yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqishni o'rgatadi. Keys talabalarga muammoli vaziyatlarni tahlil qilish uni yechish, idntifikatsiya qilish bo'yicha erkin yo'llarini tanlash imkonini beradi. Keys talabalarga uni muhokama qilish jarayonida o'zaro muloqotda bo'Iish, boshqalarni fikrini eshitish va unga o'z mu- nosabatini bildirishni o'rgatadi. Keys nazariy bilimlarni, ko'nikma va mahoratlarini amalda qo'llashga o'rgatadi. Bu metodning yana bir muhim tomoni shun- daki, u nazariyani amaliyot bilan bog'laydi. Shuning uchun ham ko'pchilik pedagoglar keysga ishlab chiqarishda yuz beradigan aniq muammoli vaziyatning tafsiloti sifatida qarashadi. Keyslar mazmuni, qamroviga ko'ra: mikrokeys, minikeys, umumiy keyslarga,
Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling