D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Download 1.26 Mb.
bet145/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

Birinchi bosqich:
Har bir o‘quvchi-talaba vazifani bajarishga kirishadi. 0‘qituvchi yaxshi tushunmaganlarga tushuntiradi. Ular tarqatma materialdagi jadvalda «yakka baho» yozilgan ustunga berilgan hara- katlardan o‘zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketlikda raqamlar bilan belgilab chiqadi. Ulardan qaysi biri birinchi, qaysi biri ikkinchi, qaysi biri uchinchi va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
Ikkinchi bosqich:
Birinchi vazifaga ajratilgan vaqt tugagach, o'qituvchi guruhdagi talabalar sonidan kelib chiqib, 3—4 kishilik kichik guruhlar tashkil qilishni so‘raydi. Kichik guruhlar ixtiyoriy mezonlar asosida tashkil qilinadi. Kichik guruhning har bir a’zosi o‘zi belgilagan harakatlar ketma-ketligi bilan boshqalarni tanishtiradi. Kichik guruh a’zolari o‘z fikrlari, ya’ni o‘zlari belgilaganlari to£g‘riIigini asoslashga hara- kat qilishadi. Muhokama jarayonida bir fikrga kelib, jadvaldagi «gu­ruh bahosi» ustunini to‘ldirishadi, qalam bilan raqamlarni harakat­lar ketma-ketligi bo‘yicha qo‘yib chiqishadi. Buning uchun vaqt vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
0‘qituvchi kichik guruhlar munozarasida ishtirok etmaydi. Faqat ularning faoliyatini kuzatadi.
Uchinchi bosqich:
Barcha kichik guruhlar «guruh bahosi» ustunini toldirib bo‘lgach, o'qituvchi tarqatilgan materialdan «to‘g‘ri javob» ustunini topish va u aytgan harakatlar ketma-ketligi bo‘yicha raqamlarni yozib chiqishni so‘raydi.
To‘rtinchi bosqich:
Endi, navbatdagi vazifa, «to‘g‘ri javob» ustunida berilgan raqamlardan «yakka baho» ustunida berilgan raqamlarni(yoki ak- sincha), ya’ni kattadan kichikni ayirgan holda farqni «yakka xato» ustuniga yozib chiqish kerakligini aytadi. So‘ngra, «yakka baho»




ustunidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab, jamini hisoblash kerak- ligini ko‘rsatadi. Xuddi shunday tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o'rtasidagi farq kattadan kichikni ayirish orqali bajariladi. Farqlar soni «guruh xatosi» ustuniga yoziladi. Yuqoridan pastga qarab qo‘shib, jami hisoblanadi.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling