D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Karimov I.A. Buyuk maqsad yo'lidan og'ishmaylik. Т.: «0‘zbekiston*, 1993, 8-bet


Download 1.26 Mb.
bet150/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

1 Karimov I.A. Buyuk maqsad yo'lidan og'ishmaylik. Т.: «0‘zbekiston*, 1993, 8-bet.
383




g‘oyalarni ifodalashga yordam beradi. U aqliy, estetik va axloqiy tarbiyaga katta ta’sir o'tkazadi. Qadimda hamma funksiyani bajar- gan bo‘Isa, keyinchalik ko'proq aqliy taibiyalashda qo‘llanilgan. Topishmoqlar fikr yuritishini rivojlantirishga, tahlil qilishga, pred- metning, voqyea-hodisalaming turli jihatlariga diqqat qaratishga o‘rgatadi.

Aqliy jihatdan topishmoqlami qo‘llashning afzalligi shundaki, u tabiat, inson, jamiyat xaqida ma’lumotlarni faol fikr yuritish jarayo-nida amalga oshiriladi, fikr yuritish xotirani rivojlantirishga xizmat qiladi. Topishmoqlar odamning aqlini o‘stirishdagina emas, balki uni shaxs bo‘lib shakllanishida katta rol o'ynaydi. U kuzatish qobiliyatini o‘stiradi. Topishmoqdagi narsa-buyumlaming bir necha belgilari aks etadi. Ularga qarab topishmoqning javobi topiladi. Bu jarayon turli belgilarni qiyoslash, atroflicha fikr yuritish, musho- hada qilishga o'rgatadi.
Iqtisodiyotni o‘rganishda, iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy topishmoqlami roli beqiyos, ularni qo‘llashning imkoni keng. Iqtisodiyotni o'rganishda odatda iqtisodiy kategoriya, tu- shunchalami o‘rganishga qaratilgan topishmoqlardan foy- dalaniladi. To‘g‘ri, iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan xalq to- monidan ijod qilingan topishmoqlar juda kam. Lekin ulami o‘qituvchining o‘zi namuna sifatida tayyorlab yoki manbasini ko‘rsatishi mumkin.
Iqtisodiy fanlami o‘rganishda topishmoqlardan foydalanish o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
Bu metod shunisi bilan qiziqarliki, ana shu topishmoqlar, paradokslarni o‘quvchi — talabalarning o‘zlari tuzishlari, muho­kama qilishlari ularni yanada fanni o'rganishga qiziqtiradi.
Bunda 0‘quvchi — talabalar iqtisodiy topishmoqlami she’r yoki boshqacha tarzda, o‘ziga xos krossvord tarzida tuzishlari mumkin. Bunda ular iqtisodiy kategoriyalaming mazmunini chuqur o‘rganib olishadi.
Iqtisodiy fikrlashni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun o‘quvchi-talabalar iqtisodiy konsepsiyalarni bilish- lari zarur. Ular 0‘quvchi, talabalarni keng qamrovli ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni aniq va izchil tassawur qilish, fikr yuri- tishlariga yordam beradi. 0‘quvchi-talabalarga ana shunday top- ishmoqlar tayyorlashni topshirib, ular o‘rtasida tanlov o'tkazish mumkin.
Iqtisodiy konsepsiyalarni tushunish, real hayotda qo‘llashni





Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling