Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar
Ta’lim tizimini isloh qilish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, uzluksiz ta’lim, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, oliy ta’lim, Milliy dasturning maqsadi, Milliy dasturni amalga oshirish bosqichlari, dars o'tish xususiyatlari.
Takrorlash va munozara uchun savollar
Ta’lim tizimini isloh- qilish zaruriyatining sabablarini aytib bera olasizmi?
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'rsatilgan ta’lim tizimidagi asosiy kamchiliklar haqida qanday fikrdasiz?
Uzluksiz ta’lim tizimi deganda nimani tushunasiz?
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini tashkil qilishdan maqsad nima? Ularning ta’lim tizimidagi o‘rni haqida nimalar deya olasiz?
Kadrlar tayyorlash va dars berish mazmunini o'zgartirishga nima sabab bo‘ldi?
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida dars o'tishning qanday xususiyatlari bor? Oliy ta’lim va umumiy o'rta ta’limdan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
lU bob. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA DARS Q‘TISH METODIKASI
Mamlakatimizda ta’lim tizimining isloh qilinishi ta’lim jarayonini ilg'or-jahon tajribasidan kelib chiqqan holda tashkil etishni taqozo qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti texnologiyani fan sifatida o'rganishni, keyinchalik esa o‘quv jarayonini ham texnologiya- lashtirishga olib keldi.
Mazkur bobda pedagogik texnologiya deganda nimani tushu- namiz, uning shakllanish bosqichlari, pedagogik texnologiyada me- lodlarning tutgan o'mini o'rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |