D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
1 Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to'plami. Т.: «Sharq* nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2001, 22-bet.
o'rganishiga kirishib, oxir-oqibat o'z mamlakatlarida ta’lim tizimini isloh qilishga kirishdilar. Sobiq Ittifoqda keyinchalik ta’lim tizimidagi ma’muriy avtoritar boshqaruv, qattiq partiyaviy diktatura va boshqa qator kamchiliklar ta’lim tizimini ham turg'unlikka olib keldi va peshqadamlik boy berildi. Fan - texnika taraqqiyoti ta’lim tizimida ham tub o'zgarishlarni zaruriyatga aylantirdi. Natijada, pedagogikada ham yangi oqim - ta’lim texnologiyasi, o'qitishning interaktiv metodlari ishlab chiqilib, dars jarayonida foydalanishga katta ahamiyat berila boshlandi. Mamlakatimizda bir tomondan, qator sabablarga ko'ra ta’lim sohasida yo‘qotilgan ilgarigi mavqeini tiklash, ikkinchi tomondan, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish uchun ta’lim samara- dorligini oshirish, buning uchun esa chora-tadbirlar belgilash zarur edi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan ana shu zaruriyatga alohida diqqat qaratila boshlandi. Aynan ana shu zaruriyat tufayli Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va uni amalda qo'llash taklifi kiritildi. Ta’lim jarayonini jahon tajribalari asosida tashkil qilish, o'quvchi-talabalarni mustaqil fikrlashga o'rgatishga ahamiyat berila boshlandi. Respublikamizda ham ta’lim jarayonini yangi pedagogik tcxnologiynlar asosida lashkil etishga e’tibor berish boshlandi. Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunishimiz kerak degan savolga javob berish uchun awalo texnologiya so‘zining ma’nosini bilib olishimiz kerak. «Texnologiya» — yunoncha techne va logos so‘zlaridan olingan bo'lib, mahorat, san’at va so'z, ta’limot ma’nosini anglatadi. Odatda, texnologiya ishlab chiqarishga nisbatan qo'llanilgan. Texnologiya deganda mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo, ma- teriallar, yarim fabrikatlarga ishlov berish yoki qayta ishlash yo'llari, usullari tushunilgan. Fan-texnika taraqqiyoti tufayli texnologiya ham takomillashib borgan. Patent, litsenziyalar sotiladigan va sotib olinadigan bo'lgach, texnologiya deganda tayyor mahsulot olish uchun xomashyo, mate- riallarga ishlov berish usullari, bajaradigan ishlarning ketma-ketligi va qanday tarzda bajarilishi haqidagi hujjat ham tushuniladigan bo'Iadi. Masalan, sanoatda ishlab chiqariladigan mahsulot, aytayiik, detalni loyihalaganda qanday materialdan tayyorlanadi, shakli qanday bo'Iadi, buning uchun standart belgilari, chizmalar va ulardagi o'lchamlarni aniqlash va boshqa talablar aks ettiriladi. Loyihada aks ettirilgan xomashyo va unga ishlov berish operatsiyalari Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling