D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Download 0.89 Mb.
|
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy fikrlash tarzi . Odamlar tanlaydilar.
- Tanlov xarajatlar bilan bog‘liq.
- Iqtisodiy tizimlar yaratiladi.
- Ixtiyoriy ayirboshlashda qatnashganlar doimo yutishadi. Har
- Tanlov kelajakda namoyon bo‘ladigan ma’lum bir oqibatga olib keladi.
- 2 §. Darsni tadqiqot metodi asosida tashkil etish
- Tarqatiladigan material Mulk huquqi dastasi
- Tarqatiladigan material
1 Benjamin Bloorr et al., eds., Taxonomy of Educational Objectives, Handbook J: Cognitive Domain (New York: Mk Kay, 1956).
Darsda talabalarni qiziqtiradigan savol yoki masala qo‘yiladi. 0‘qituvchi talabalarga biron bir gipoteza taklif qilishi yoki talabalarning o‘zlari muhokama qilayotgan masalaning yechimini mumkin bo‘lgan variantlarini taklif qilishlari, tushuntirishlari mumkin. Talabalar ma’lumotlar, axborotlar to'plashadi. Mustaqil ravishda adabiyotlar o‘qib, jadval, grafik, videofilm va boshqalami o‘rganib, shaxsan tadqiqot o'tkazadi yoki darsda tadqiqot o‘tkazishda qatnashadi. Olingan ma’lumotlar asosida qo‘yilgan masala bo‘yicha xulosa chiqariladi. Aytilgan gipoteza to'g'rimi yoki yo‘qligi, aniqlanadi. Noto‘g‘ri bo‘lsa chiqarilgan xulosa bo'yicha yangi ta’rif beriladi. Iqtisodiy masalalar, muammolarni tadqiq qilishda deduktiv taxminlar keng qo'llaniladi. Ular masalani, muammoni yechishda odamlarning sa’y-harakati qanday bo'lishi mumkin, ular nimani tanlashlari mumkin, buning sababi nimada ekanligini tushunishga yordam beradi. Bu taxminlar odamlarning iqtisodiy fikrlash tarzini qanday kechishi mumkinligi, u nimalarga bog'liqligini anglay bilishimizga bog'liq. Tadqiqot o'tkazishda ana shu taxminlardan foydalanamiz. Ular asosida xulosa chiqaramiz. Iqtisodiy fikrlash tarzi . Odamlar tanlaydilar. Hamma kim bo'lishi, nima ish qilishi, qayerda yashashidan qat’i nazar, cheklanganlik muammosiga duch keladi. Shuning uchun tanlash va qaror qabul qilishga majbur. Tanlov xarajatlar bilan bog‘liq. Odamlar muqobil variantlar orasidan eng yuqori naf keltiradigan yoki eng kam xarajat talab qiladigan variantlami tanlashadi. Rag‘batlantirish(stimullar)ga qanday tarzda e’tibor qilishlari, qanday munosabatda bo‘lishlarini oldindan aytish mumkin. Stimullar turli-tuman, jumladan, pul shaklida yoki jismoniy qoniqish tarzida ham bo'lishi mumkin. Iqtisodiy tizimlar yaratiladi. U o'z navbatida individual tanlov stimullariga ta’sir ko'rsatadi. Har doim biron bir kishi u yoki bu muqobil variantni cheklovchi, u yoki bu tanlovni afzal ko'rar ekan, yoki qo'shimcha muqobil variantni hosil qilar ekan, boshqalar uchun stimul o'zgaradi. Har safar qonun yoki tartib o'zgarganda muqobil variantlar cheklanadi yoki stimullar o'zgaradi.
Ixtiyoriy ayirboshlashda qatnashganlar doimo yutishadi. Har safar ikki va undan ortiq kishi ayirboshlashni amalga oshirar ekan, har bir kishi o‘zi uchun kamroq qadrlanadigan yoki un- chalik zarur bo'lmagan narsani qadrlanadigan, zarur narsaga al- mashtiradi. Natijada ayirboshlash har ikki tomon uchun qo'shimcha qadr-qimmat yaratadi. Shunday tarzda butun iqtiso- diyotda ham ayirboshlash har ikki tomon uchun manfaatli bo'Iadi Tanlov kelajakda namoyon bo‘ladigan ma’lum bir oqibatga olib keladi. Tanlash natijasida ko'zlangan maqsadga yetish mumkin. Lekin kelajakda u qanday oqibatga olib keladi, buni baholash qiyin. Shuning uchun juda ko'p qarorlar tavakkal bo'lib, ularda ma’lum darajada xatar mujassamlangan. Shuning uchun ham tanlash risk qilishdir. Talabalar biron masalani, muammoni o'rganar ekanlar, in- sonlarning ana shu iqtisodiy fikrlash tarzini yoddan chiqarmasliklari lozim. Bu metod dars berishning boshqa metodlaridan: iqtisodiy fikrlashning yuqori bosqichiga asoslanganligi; talabalarning bor intellektual qobiliyatlarini ishga solishi; ilmiy izlanishda talabalarni bevosita ishtirok etishlari; ma’lumotlar, dalillar asosida hisob-kitob qilib, xulosa chiqarish va baholashga o'rgatishi bilan farqlanadi. 2 §. Darsni tadqiqot metodi asosida tashkil etish Dars jarayonida o'qituvchi tadqiqot metodini turlicha qo'llashi mumkin. Jadval ma’lumotlari, grafik, diagrammalar yordamida tadqiqot metodini qo'llash qulay. • Biz tadqiqot metodini modellashtiruvchi, imitatsion o'yin asosida, dars o'tishni mulk munosabatlari misolida ko'rib chiqamiz. Mulk munosabatlari mavzusi bo'yicha dars o'tish jarayonida tadqiqot metodini qo'llash mulkchilik mazmunini tushunarli bo'lishiga yordam beradi. Maqsad: mulkchilik, mulk munosabatlarini, mulkka iqtisodiy va huquqiy kategoriya sifatida tushuntirib berish. Mulk huquqini resurslarni taqsimlanishida qanday rol o'ynashini tahlil qilish. O'yin o'tkazish uchun materiallar, auditoriyada taxminan 2x2 metr bo'sh joy. 60 dona skrepka, gugurt cho'pi yoki boshqa material bo'lishi mumkin. Rangli skotch. Mulk huquqi dastasi va undan kelib chiqib mulk huquqining aniq sifatlari ko'rsatilgan tarqatma material. Tarqatiladigan material Mulk huquqi dastasi Mulk huquqi quyidagilami o'z ichiga oladr. Egalik qilish, ya’ni boylikni nazorat qilish huquqi. Foydalanish huquqi. Boshqarish, ya’ni boylikdan kim qanday foydalanishini ta’minlash masalasini hal etish, yechish huquqi. Daromad olish huquqi, ya’ni boylikdan foydalanishdan kelgan natijalarga ega bo'Iish huquqi. Tasarruf qilish, ya’ni boylikni begonalashtirish, boshqacha aytganda sotib yuborish, iste’mol qilish, o'zlashtirish yoki yo'q qilib yuborish huquqi. Xavfsizlik, ya’ni boylikni ekspropriatsiya (tortib olish) qilish- dan, tashqi muhitdan, chetdan yetkaziladigan ziyonlardan hi- moya qilish huquqi. O'z boyligini meros qoldirish huquqi. Boylik sohibi boiishning muddatsizligi huquqi. Tashqi muhitga zarar keltiradigan tarzda mulkdan foydalanish usullarim ta’qiqlash. Qarzini to'lash javobgarligi, ya’ni boylikdan qarzni to'lash uchun foydalanish imkoniyatlariga ega bo'Iish. Buzilgan huquqni tiklash tartibi va institutlarning mavjud boiishini ta’minlash. Ana shu huquqlami bir butun holda olib qarasak, ularni umumiy ravishda quyidagi sifatlari: universalligi, mulkni faqat uning egasiga tegishli bo'lishi, qo'lma-qo'l o'tishi, huquqiy ta’minlanganligi bilan biron bir qaror qabul qilishga ta’sir ko'rsatadi. Tarqatiladigan material Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling