Iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tanlovi metodi —
o'quvchi, talabalarni keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy muammo-
larni aniq va izchil tassawur qilish, fikr yuritish, iqtisodiy konsepsiyalarni tushunish, real hayotda qoilashni o'rganishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan metod.
Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati) — iqtisodiy- nazariy ta’lim berishning qonuniyatlari, fanni o'qitish, o'rganishda qo'llaniladigan turli metodlar va ulami dare jarayonida qo'llashni o'rganuvchi fan.
Iqtisodiy faoliyat — insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirik- chilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui.
Kasbiy bilimdonlik — pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy tayyorgarlik birligi.
Kasb-hunar kolleji — o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblari bo'yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurti.
Kasbiy-pedagogik muloqot — pedagog va tarbiyalanuvchining o'zaro uzluksiz, doimiy hamkorlik ijtimoiy-psixologik aloqasi tizimi bo'lib, uning mazmuni axborotlar ayirboshlash, tarbiyaviy ta’sir o'tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o'zaro munosabat- larni tashkil etish hisoblanadi.
Kasbiy tayyorgarlik — bo'lajak mutaxassisning psixologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi.
Keys stadi metodi «sase study method» — o'quvchi-talabalarni qaror qabul qilishga o'rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o'rganish metodi.
Kitob ustida mustaqil ishlash metodi — o'quv axborotini o'quvchi-talaba uning o'ziga xos sur’atda va qulay vaqtda olishini ta’minlashini hisobga olib, kitob ustida mustaqil ishlashni o'rgatish asosida fanni o'rganishga qaratilgan metod.
Kichik guruhlarga bo‘lib dars o'tish metodi — guruhni ma’lum bir mezonlar asosida 3—6 o'quvchi-talabadan iborat kichik guruhlarga bo'lib, ularni hamkorlikda ishlash, bilish jarayonini puxta- lashtirish, boshqalarning fikrini eshitishga o'rgatadigan, mas’uliyat talabalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratiladigan dars o'tish metodi.
Klaster (axborotlarni yoyish) metodi — keng qamrovli fikr yu- , ritish, o'rganilayotgan tushuncha (kategoriya, hodisa)lar, g'oyalar o'rtasida muhim bo'lgan bog'lanishlarni aniqlash, keng ko'lamli fikr yuritish malakasini shakllantirishga qaratilgan metod, pedagogik strategiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |