D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Download 0.89 Mb.
bet103/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Qo‘shimcha mashq

Nomukammal raqobat sharoitida narx qanday shakllanishini sinab ko'rish uchun shu o'yinni «Raqobat va bozor narxlarining shakllanishi» mavzusini o'tganda ko'rish mumkin. Bunda sotuv­chilar cheklangan bo'Iadi. Birinchi raundda sotuvchilarga alohida kartochkalar berilib, bir-birlari bilan kelishishlariga yo'l qo'ymay, bozorga chiqariladi. Ikkinchi raundda esa ularni kelishib olishlariga imkon berib, bozor boshlanadi Raund tugagach, ularning olgan foydasi qanday o'zgarganini muhokama qilinadi:

  1. Erkin bozorga nisbatan, sotuvchilar kam, lekin bir-birlari bilan kelisha olmaydigan sharoitda.

  2. Sotuvchilar o'zaro kelishishlari mumkin bo'lgan sharoitda.

O'yin talabalar soni 20 tadan kam bo'lmagan guruhlarda nis­batan yaxshi o'tadi.



5-§. Asarlarni o‘rganishda o‘yin metodini qo'llash (O'zbekiston Prezidentining asarlari misolida)

Asarlar yoki ilmiy maqolani muhokama qilishda modellashti­ruvchi o'yin metodini qo‘llash yaxshi natija beradi. O'yinni konkurs shaklida o‘tkazish mumkin. Buning uchun guruh talabalari ikki komanda va hay'at a’zolariga(2 yoki 4 talaba) bo'linadi. Hay'at a'zolariga o'qituvchi boshchilik qiladi. Barcha talabalarga asarni, maqolani chuqur o'rganish va konspekt qilish topshiriladi. Tanlov tayyorgarlik ka'rish, o'tkazish va natijasini muhokama qilish asosida tashkil qilinadi. Uni qanday o'tkazishni Prezidentimiz asar­lari misolida ko'rib chiqamiz. Konkurs uchun 2 asarni olamiz. Ular:

  1. O'zbekiston: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida;

  2. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xafVsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.

Tanlovni olib borish uchun har ikki jamoadan bittadan bosh- lovchi tavsiya qilinadi.

Konkursda har bir jatnoa uchun 4 tadan topshiriq beriladi. Bu-

lar:

savolga javob; test variantlarini yechish; awaldan tayyorlangan, uy vazifasi, talabalar tomonidan tayyorlangan asar bilan bog'liq ki­chik sahnalashtirilgan epizod, 4-topshiriq talabalar tomonidan test tuzish va unga javob berish bo'lsin.

  1. topshiriq. Har bir jamoaga 3 tadan savol beriladi. Savollar bir xilda konvertlarga joylanadi. Har bir komandadan bir talaba chiqib, konvertni olib, savolni o'qiydi va javob beradi. Javob bera olmasa, komanda yordamga keladi. Komanda ham javob bera ol- masa, raqib jamoa javob berishi mumkin. Har bir to'g'ri javob 1 ball hisoblanadi. Uni o'qituvchi belgilaydi.

  1. Savol: Birinchi bosqich — totalitar tizimdan zamonaviy bo­zor munosabatlariga o'tish bosqichida ikkita hal qiluvchi vazifani birdaniga hal qilishga to'g'ri keldi.

Ana shu hal qiluvchi vazifaning birinchisini ayting.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling