Dadajonov Abdulhamidning " Pul va banklar"


Download 205.46 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi205.46 Kb.
#1558100
  1   2
Bog'liq
Pul agregatlari



Farg’ona Davlat Universiteti
Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo’nalishi
20.128-guruh talabasi
Dadajonov Abdulhamidning
Pul va banklar” fanidan
Pul agregatlari mavzusida yozgan

MUSTAQIL ISHI


Pul agregatlari
Pul agregatlari pul massasini o‘lchovchilardan (ko‘rsatkichlaridan) iborat. Pul agregatlari statistikada pullar harakatining muayyan sanaga bo‘lgan yoki muayyan vaqt davridagi o‘zgarishini tahlil etish uchun qo‘llaniladi.
Pul agregatlarini qurish uchun moddiy ne’matlarning likvidliligi darajasiga qarab ularning bosqichma-bosqich joylashtirilishi asos qilib olingan. Moddiy ne’matlarning likvidliligi deganda ushbu ne’matlarning tez va unchalik ko‘p zararlarsiz pulga aylanishi qobiliyati tushuniladi. Moddiy ne’matlarning likvidliligi vaqt bilan o‘lchanadi. Moddiy ne’matni pulga aylantirish uchun qanchalik kam vaqt talab qilinsa, uning likvidliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Naqd pullar mutloq likvidlilikka ega, chunki ularni pulga aylantirish uchun zarur bo‘ladigan vaqt nulga tengdir.1
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir.
Muomaladagi naqd pullar Mo agregatini tashkil etadi. Naqd pullar banknotalar, g‘azna pattalari (biletlari) (agar mamlakatda ikkita emissiya markazi mavjud bo‘lsa) va metall tangalardan iborat bo‘ladi. Metall tangalar naqd pullarning juda kam qismini (rivojlangan mamlakatlarda 2%-3% ni) tashkil qiladi. Ularni keyinchalik yombiga aylantirib sotishga yo‘l qo‘ymaslik uchun odatda arzon metallardan zarb qilinadi. Shuning uchun tanganing real qiymati nominal qiymatidan birmuncha pastroq bo‘ladi.
Mo agregatini pul bazasidan farqlash zarur. Pul bazasi tarkibiga tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zahiralari kiradi. Mo agregatining tarkibiga tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zahiralari rasman
kirmaydi.
Mo agregatiga kamroq likvidli mablag‘larni izchillik bilan qo‘sha borish bilan M1, M2, M3... MN gacha bo‘lgan agregatlar olinadi.
Pul agregatlarining soni va tarkibi mamlakat kredit tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va tuzilishiga hamda uning moliya bozorlarining rivojlanish darajasiga bog‘liqdir.
Pul massasi alohida elementlardan iborat bo‘lib, bunday elementlar pul massasining holatini baholash jarayonida qo‘llaniladi va uni tartibga solish uslublari va hajmlarini birmuncha aniqroq tanlashga imkon beradi.
Ushbu pul agregatlari asosan to‘lovning turli shakllarda ifodalangan u yoki boshqa vositalarini hisobga olish asosida ajratiladi. Odatda, har bir agregat nominal raqamga ega bo‘ladi. Raqamning o‘sib borishi bilan ushbu agregat yordamid hisobga olinadigan vositalar soni ham oshadi. Shunday qilib, katta sonli koeffitsiyentli agregat kichik indeksli (raqamli) agregatlarda hisobga olingan barcha pul mablag‘larini o‘z ichiga oladi. Faqat muomalada bo‘lgan naqd pul mablag‘larini hisobga oladigan Mo pul agregati o‘z ma’nosi va mohiyatiga ko‘ra birinchi bo‘lib hisoblanadi.
M1 – muomaladagi naqd pul mablag‘lari (ya’ni, Mo agregati), korxonalarning hisob-kitob, joriy va maxsus hisobvaraqlaridagi mablag‘lari, sug‘urta kompaniyalari mablag‘lari, aholining tijorat banklaridagi “talab qilib olingungacha” hisobvaraqlaridagi depozitlari.
M 2 – M 1 agregati + aholining banklardagi muddatli omonatlari.
M 3 – M 2 agregati + davlat zayomlarining sertifikatlari va obligatsiyalari.
M 4 – M 3 agregati + xorijiy valyutadagi depozitlar.
Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘i ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg‘arma sertifikati.2
M4 (L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg‘arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o‘zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko‘ra Markaziy bank pul agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o‘sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o‘sishi mavsumiy omillar ta’sisirida bo‘ladi. Shuning uchun pul massasining yillik o‘sish sur’atlarini nazorat qilish lozim.
Pul muomalasining muhim ko‘rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xo‘jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat muassasalariga tegishli harid va to‘lov vositalarining yalpi hajmini o‘zida ifodalaydi.
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri uchun miqdoriy o‘zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va o‘sish sur’atlarini tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil ko‘rsatkichlar
(pul agregatlari) dan foydalaniladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi;
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati – o‘z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan;
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo‘llaniladi.
M-O agregati – naqd pullar;
M-1 agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo‘yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, mahalliy budjet schyotlari, budjet, kasaba, uyushmalari, jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sug‘urta mablag‘lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag‘lar tijorat banklariga qo‘yilmalar va jamg‘arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng;
M-2 agregati – M-1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli qo‘yilmalardan iborat;
M-3 agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yig‘indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag‘larining xo‘jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog‘liq qismi va ikkinchisi passiv qism jamg‘armadagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag‘ va jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aksiyalarini o‘z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari “kvazi” - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo‘lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to‘g‘ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni hisobga olish kerakki, bunday agregatlarning belgilanishi turli mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Ushbu agregatlar o‘z holicha mamlakat to‘lov oboroti sohasida yuz beradigan jarayonlar, jamg‘armalar hajmlari, shuningdek, ushbu jamg‘armani amalga oshirishda qo‘llanilgan vositalarning sonli ifodasi vositalari hisoblanadi. Ular iqtisodiyotning joriy holatini belgilashga imkon beradi va keyingi vaziyatni prognoz qilishda ko‘maklashadi.
Pul massasi agregatlari, iqtisodiyot monetizatsiyasi koeffitsiyentini hisobga olish yordamidagi hisob-kitob eng namunali hisob-kitobdir. Monetizatsiya koeffitsiyenti iqtisodiyotning pullar bilan ta’minlanishi darajasi yoki Tovar aylanishining to‘lov vositalari bilan ta’minlanishi darajasini aks ettiradi. Bunday koeffitsiyent M2 pul agregati summasi va ushbu iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan xorijiy valyutadagi depozitlarning YaIM hajmiga o‘zaro nisbati sifatida hisoblab chiqiladi. Ushbu koeffitsiyentni hisob-kitob qilishda suratga birdaniga
M2 agregatini va xorijiy valyutadagi depozitlarni o‘z ichiga oladigan M4 pul agregatini qo‘yish qulayroq bo‘ladi. Ushbu koeffitsiyent mohiyati idealda birga teng bo‘ladi.
Shunga qaramasdan, 0,7 yoki 0,8 darajasidagi natijalar yo‘l qo‘yilishi mumkin mohiyatlar deb hisoblanadi.
Pul massasi o‘zgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi o‘sishi turli davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda.
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan.
Umuman olganda, ushbu omillar ta’sirida pul massasi tez sur’atlarda oshishining oldi olingan. 1-rasm.


Download 205.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling