Dadajonov Abdulhamidning " Pul va banklar"
-rasm. Inflatsiya va pul agregatlari o’zgarishi dinamikasi.3
Download 205.46 Kb.
|
1 2
Bog'liqPul agregatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm . Pul mul’tiplikatori dinamikasi. 4
- 3-rasm. Pul mul’tiplkatori va pul aylanish tezligi dinamikasi. 5
1-rasm. Inflatsiya va pul agregatlari o’zgarishi dinamikasi.3
Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida inflyatsiya darajasi, YaIM deflyatori va pul massasi o‘zgarishi o‘rtasida aniq va barqaror o‘zaro bog‘liqliklar aniqlanmadi. Pul aylanish tezligi va pul multiplikatori ko‘rsatkichlari o‘zgarishi ham ushbu ko‘rsatkichlar dinamikasining o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanligini, pul-kredit ko‘rsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda xatoliklarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. 2-rasm 2-rasm . Pul mul’tiplikatori dinamikasi.4 Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan mo‘tadil darajada o‘sishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniq bog‘liqlikning mavjud emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini bermaydi. 3-rasm. 3-rasm. Pul mul’tiplkatori va pul aylanish tezligi dinamikasi.5 Masalaning yana bir muhim jihati, Markaziy bankning pul agregatlarini samarali boshqara olishi qobiliyati bilan bog‘liq. Odatda, markaziy banklar rezerv pullar darajasini samarali boshqara oladilar, ammo pul massasini nazorat qilishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Ushbu jarayon asosan dollarizatsiya darajasi yuqori bo‘lgan hamda moliya bozorlari rivojlanish bosqichida turgan mamlakatlarda ko‘p kuzatiladi, binobarin, bunday mamlakatlarda kredit va depozitlarga bo‘lgan talab keskin o‘zgarib turishi mumkin. Pulga bo‘lgan talabning o‘zgaruvchanligi, keng ma’nodagi pul massasining tarkibi, dollarizatsiya darajasining yuqoriligi kabi omillar pulga bo‘lgan talabni aniqlash imkoniyatini pasaytiradi. Bunday holatda, pulga bo‘lgan talab va foiz stavkalari o‘rtasidagi bog‘liqlik sust bo‘lganligi sababli Markaziy bank uchun pul massasining maqsadli darajasini saqlab turish vazifasi murakkablashadi. 1 I.R.Toymuxamedov., R.R.Tojiyev., A.A.Azlarova., N.R.Bazarova., N.G‘. Sattorova “Pul va banklar”fani bo‘yicha darslik. –Toshkent: , 2021 yil, 286 bet. 2 Xorijiy mamlakatlarda bank ishi.E.T.Qodirov., J.K.Majidov. O‘quv qo‘llanma/ T. 2016. 184 bet. 3 https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/ 4 5 Download 205.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling