Dagʻal ozuqalar


Volgar-5» ozuqa maydalagichi


Download 1.7 Mb.
bet4/6
Sana05.01.2022
Hajmi1.7 Mb.
#213112
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ozodbek chorva

Volgar-5» ozuqa maydalagichi

Apparat pichoqli barabani (2) yordamida massani 20-80 mm uzunlikda birlamchi maydalaydi. Maydalangan ozuqa baraban ostida joylashgan shnek (1) ga kelib tushadi. Shnek massani ikkilamchi barabanga uzatadi. Ikkilamchi baraban 9 ta qo‘zg‘almas va 9 ta aylanuvchi pichoqlardan tashkil topgan. Ozuqa qo‘zg‘almas va aylanuvchi pichoqlar orasidan o‘tib 2-10 mm o‘lchamgacha maydalanadi. Maydalangan ozuqa ikkilamchi apparatning pastki teshigidan tushib ketadi.

Birlamchi apparatdagi spiral G shaklidagi pichoqli baraban diametri 450 mm ni tashkil etadi. Barabanda 6 ta pichoq o‘rnatilib, o‘tkirlanish burchagi 350-400, vintning ko‘tarilishi 700 ni tashkil etadi. Qarshi qirqish plastinasi 750 burchak ostidao‘tkirlanadi. Pichoq tig‘i va qarshi qirqish plastinasi oralig‘ida 0,5-1 mm tirqish o‘rnatiladi.

Ikkilamchi apparat quyidagicha tuzilgan. Tarnov ichida maydalagich kengligiga teng bo‘lgan diametri 440 mm li, ikki tomoni konsolli valda shnek joylashgan. Konsolli valning ozuqa chiqadigan tomonidagi shponka kanavkasiga sirti shlit­sali bo‘lgan vtulka kiydirilgan. Valning shlitsalangan vtulka­siga ketma-ket qo‘zg‘almas (shlitsasiz) va qo‘zg‘aluvchi (shlit­sali) pichoqlar kiydirilgan. Qo‘zg‘almas pichoqlar tashqi tomoni bilan tarnov korpusidagi plankalarga qotirilgan.

«Volgar-5» uch xil texnologik tizimda ishlaydi. Qoramollarga dag‘al va suvli-shirali ozuqalarni maydalashda faqat birlamchi qirqish apparatidan foydalaniladi.

Cho‘chqa va parrandalarga ozuqa maydalanganda, ikkilam-chi qirqish apparatining birinchi qo‘zg‘aluvchi pichoq tig‘i bilan shnekning oxirgi o‘rami qirrasi orasidagi burchak o‘zgartiriladi.

Parrandalar uchun bu burchak 90o (pichoq aylanishi yo‘na-lishida) va cho‘chqalar uchun 540o (pichoq aylanishiga qarama-qarshi) o‘rnatiladi. Qolgan barcha pichoqlar, spiral bo‘ylab ayla-nishga qarama-qarshi yo‘nalishda, 720o da qoldirilib joylash-tiriladi.

Dag‘al ozuqa maydalagich IGK-30B -30 foiz namlikka ega bo‘lgan somonlarni yuqori sifatda maydalaydi (55-chizma). Maydalagich ozuqa sexlari, texnologik tizimlaridan ham unumli foydalanilishi mumkin. Maydalagich rama, ta’minlash trans­portyori, maydalash apparati, buriluvchi deflektor va 30 kVt quvvatga ega elektryuritgichdan tashkil topgan.

Mexanizatsiyalashgan holda ozuqani yetkazib berish uchun xizmat qiluvchi ta’minlagich gorizontal (11) va qiya (10) trans-portyorlardan tashkil topgan. Maydalash apparati shtiftli tipga kiradi. Shtiftlar ko‘ndalang kesimi bo‘yicha pona shakliga ega bo‘lib, o‘tkir tomoni bilan harakat yo‘nalishiga qaratilgan.

Texnologik ish jarayoni. Ozuqa tekis qilib gorizontal trans­portyorga uzatib turiladi. Gorizontal transportyor qiya trans­portyor bilan birga ozuqani zichlab va tekislab, shtiftli baraban tomonga suradi. Shtiftli rotorda o‘rnatilgan qanotchalar havoni

transportyorlar joylashgan zonadan surib buriluvchi deflektorga yo‘naltiradi. Natijada ozuqa ham surilib borib, dekaga qotirilgan qo‘zg‘almas va aylanuvchi diskda joylashgan shtiftlar orasidan o‘tib maydalanadi. Maydalangan ozuqa deflektor orqali keyingi ishlovga uzatiladi.

Quruq somonni maydalashda, maydalagich ish unumi eng yuqori darajada bo‘ladi. Somonning namligi 18 foizdan ko‘p bo‘lsa, somon kamroq uzatiladi, 20 foizdan oshib ketsa, uzatuvchi transportyor tezligi reduktorning birlamchi valiga (15), oraliq valiga (20) tishli yulduzchalar qo‘yish bilan pasaytiriladi. Somon namligining 13 dan to 36 foizga ko‘tarilishi ish unumining 1,5 marotaba pasayishiga olib keladi.






Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling