Dahldorlik hissi tushunchasining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering?
Download 16 Kb.
|
8 mazvu nazorat savollari milliy g\'oya
Nazorat savollari Dahldorlik hissi tushunchasining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering? Inson ruhiyatida bir qator tuyg‘u turlarini sanab o‘tish mumkin: Vatan, sevgi, ishon, o‘z-o‘zini tuyish, go‘zallikni tuyish, egalik, faxr, daxdorlik kabi va boshqalar. “Daxldor (arabcha-forscha)-aloqador bo‘lgan, aloqasi, daxli bor, tegishli, taalluqli”4 tushuncha sifatida keltiriladi. “Daxldorlik” tushunchasi esa “daxl” arabcha so‘zga forscha “dor”, o‘zbekcha “lik” qo‘shimchalarini qo‘shish natijasida paydo bo‘lgan, fazilatni ifodalovchi tushunsa sifatida qayd etish mumkin. Demak, daxldorlik - kishilarni vatanga, millatga, merosga, ajdodavlodlarga, jonivorlarga, tabiat hodisalariga va narsa-hodisalarga aloqadorligini, taalluqli ekanligini ifodalovchi axloqiy tushuncha va insoniy fazilatdir Milliy g`oya maqsadlarining har bir inson maqsadi bilan mushtarakligini asoslab bering? YUrtiga daxldorlik va millatga, o‘z madaniyati va mentalitetiga, o‘ziga va atrofdagilarga munosabatlar axloq doirasiga kiradi. Daxldorlik va xalqparvarlik - eng yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlardandir. Milliy g‘oyada Vatan ravnaqiga, uning gullab-yashnashi, ozod va obod bo‘lishiga ustuvorlik berilgan. Daxldorlik tuyg‘usi, daxldorlik hissi madaniy merosimizda salmoqli o‘rin egallaydi. Qay bir buyuk mutafakkir va shoirni olmaylik, uning ijodida Ona-yurt, jonajon o‘lka, qadrdon go‘sha faxr bilan kuylangan. Alisher Navoiyning quyidagi satrlari vatanga daxli bo‘lgan beqiyos muhabbatning yorqin ifodasidir: “Boqingiz, bir taraf Rus, bir taraf CHin, Demasmen: Hind yo Eronni ortuq. Daxldorlik bo‘lmas, yoronlar, bizga lekin Qadim tug‘osti shu Turondin ortuq”. Albatta, milliy g‘oya negizlari faqat millatning tor doiradagi zaminlari bilan cheklanmaydi. SHuning bilan bir qatorda, umumbashariyat erishgan ilgor yutuqlarga ham tayanadi. Milliy g`oyaga dahldorlik hissini shakllantirishda oila, mahalla, ta`lim muassasalari, jamoat tashkilotlarining o`rni qanday? Daxldorlik - bu oila hamdir. SHunday ekan oilaga, kindik qoni to‘kilgan joyga mexr-muxabbatda bo‘lish ayni vaqtda Daxldorlikga sadoqatli bo‘lish demakdir. Oila jamiyatimizning asosini tashkil qiladi. Oila a’zolarini, ular tug‘ilgan va istiqomat qiladigan uy joyni e’zozlab ayni vaqtda har bir oilaning, insonning shajarasini, tarixini yaxshi bilishini taqozo etadi. Hap bir inson, o‘z oilasi, ota-ona, el-yurt tarixini, shajarasini yaxshi bilib olishi lozim. Bunda ayniqsa oila, maktab katta rol o‘yo‘naydi. Daxldorlik - bu har bir inson ishlayotgan mehnat jamoasi, o‘qiyotgan bilim yurti, ijtimoiy siyosiy muhit hamdir. Mehnat jamoasining inson hayotida tutgan o‘rni katta. CHunki mehnat jamoasida har bir inson hayot maktabini o‘tab, mutaxassis bo‘lib etishadi, ma’naviy kamol topadi, hayotda o‘z o‘rnini egallaydi, shuxrat qozonadi. Milliy g`oyaga ishonch va e`tiqodni shakllantirishda nazariy va amaliyot birligining fhamiyatini tushuntirihg? Vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy iftixor va daxldorlik ham ma’naviy fazilatlar tizimiga kiradi. Ma’naviy barkamol, axloq-odobi, vijdoni, imoni, e’tiqodi mustahkam bo‘lgan kishilargina o‘z vatanini, xalqini sevish, uni hurmat qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Birinchi Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida fazilatlar haqida bir qator hikmatlar bor: “Baynalmillalchilik, mehmondo‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o‘zbek xalqiga xos fazilatlar bo‘lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo‘lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan ko‘pgina misollar bilan isbotlangan”8. “O‘zbek xalqini qadimdan mehmondo‘st, ochiq ko‘ngil, jon qo‘shni, pok niyatli xalq sifatida bilishadi”9. Daxldorlik hissi va daxldorlik tuyg‘usi inson uchun barcha narsalardan qadrliroqdir. Daxldorlik milliy istiqtiqlol mafkurasining ajralmas, tarkibiy qismidir. Hayot tarzining ustuvor yo‘nalishi, inson faoliyatining mohiyati, uning maqsadi, manfaati, yashash tarzi, daxldorlik tuyg‘usida mujassamlashgandir. Haqiqiy daxldorlik millat manfaati deb yashash, uning istiqboli, baxti va saodati yo‘lida mehnat qilish uchun kurashishdir. Daxldorlik erki va yurt ozodligi uchun hayotini tikkan kishini xalq ham, tarix ham aslo unutmaydi. Bundaylarni bemalol hakiqiy daxldorlikparvar deb aytsa bo‘ladi. Hayot tajribasi, insonning ilmiy, axloqiy kamoloti, o‘z burchi va mas’uliyatini his qilish imkoniyati kuchayib borishi natijasida daxldorlik tuyg‘usi kundalik axloq me’yorlariga, keyinroq borib e’tiqod va imonga aylanadi. Bugungi kunda yoshlarimiz daxldorlik bilan o‘z vataniga sodiq bo‘lish, uni himoya qilishga tayyor bo‘lish, milliy qadriyatlarni asrash va yanada rivojlantirish, xalqning shon-sharafini yuqori ko‘tarish kabilarni bog‘laydilar. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling