Davolash va tibbiy pedagogika


Download 77.81 Kb.
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi77.81 Kb.
#1046449
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5215464137122907690


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“Tasdiqlayman”
O`quv ishlari bo’yicha prorektori
prof.___________ Sh.A.Boymurodov
“____”_____________ 201 yil

Kafedra: FARMAKOLOGIYA

Fan:FARMAKOLOGIYA

Viruslargaga qarshi dori vositalar


mavzusi bo’yicha

davolash va tibbiy pedagogika

3-kurs talabalari uchun

amaliy mashgulot

TA’LIM TEXNOLOGIYASI

Toshkent - 201

Tuzuvchilar: L.A. Payzieva - TTA farmakologiya kafedrasi katta o`qituvchisi


Ta’lim texnologiyasi kafedra yigilishining 20 yil- sonli
bayonnomasi qarori bilan tasdiqlangan.

Mavzu: Viruslarga qarshi dori vositalari.


1.Ta’lim berish texnologiyasi ( amaliy mashgulot)

Vaqt: 120 daqiqa

Talabalar soni: 10-15

O`quv mashgulotining shakli va turi

Amaliy mashgulot

O`quv mashgulotining tuzilishi

1. Kirish
2. Nazariy qism
3. Amaliy qism
- resteptura bo’yicha vazifalarni bajarish
4. Talabalarni mustaqil ish mavzusi:
5. Yakuniy qismi

O`quv mashguloti maqsadi: sodda jonivorlarga va zamburug’larga qarshi vositalar to`grisidagi bilimlarni mustaxkamlash va chuqurlashtirish, restept yozish ko’nikmalarni rivojlantirish.

Pedagogik vazifalar:
- Viruslarga qarshi vositalar, ularning qo’llanilishi to`grisida umumiy bilimini kengaytirish;
- Viruslarga qarshi vositalarning tasnifini mustaxkamlash;
- Viruslarga qarshi vositalarning asosiy samarasi tushunchasini chuqurlashtirish;
- Viruslarga qarshi vositalarning ta’sir mexanizmlari to`grisida tushunchasini sistemalashtirish;
- Viruslarga qarshi vositalarning nojo’ya ta’sirlari xaqida bilimini kengaytirish;
- Viruslarga qarshi vositalarning qo’llanilish uchun ko’rsatma, qarshi ko’rsatmalar to`grisida bilimini mustaxkamlash va kengaytirish;
- Viruslarga qarshi vositalarning umumiy farmakodinamika asosida dorilarning ta’sirini taxlil qilish va qo’llanilishini o’rgatish;
- Viruslarga qarshi vositalari bo’yicha restept yozish ko’nikmalarni rivojlantirish;
- informastiyani analiz qilish, umumlashtirish, qiyosiy ta’riflash, tizimlashtirish ko’nik-malarini rivojlantirish;
- kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirish.

O`quv faoliyati natijalari:
Talaba bilishi kerak:
- sodda jonivorlarga va zamburug’larga qarshi vosi-talarning tasnifini;
- sodda jonivorlarga va zamburuq’larga qarshi vosi-talarning asosiy xususiyatlarini;
- sodda jonivorlarga va zamburug’larga qarshi vosi-talarning ta’sir mexanizmini;
- sodda jonivorlarga va zamburug’larga qarshi vositalarni qo’llash uchun ko’rsatmalarni;
- sodda jonivorlarga va zamburug’larga qarshi vositalarni nojuya ta’sirlari va asoratlarini .
Talaba qila olishii kerak:
- amaliy ko’nikmalar – resteptura bo’yicha vazifalarni bajarish (dorilarni chiqarish shakli, dozasi, miqdori va qo’llanilishini ko’rsatib resteptlar yozish: nistatin (tab.), nitrofungin (fl.), amfoteristin V (fl.), xingamin (tab, amp.), metronidazol (tab., supp.), emetin gidroxloridi (amp.), solyusurmin (amp).


Ta’lim usullari

Yangi pedagogik texnologiya:“Moychechak”

Ta’lim shakli

Yakka tartibli, jamoaviy, guruxlarda ishlash

Ta’lim vositalari

O`quv qurollari, o`quv jixozlari, dori vositalarni to’plami, dori vositalarga anatastiya to’plami, doska va bo’r.

Monitoring va baxolash

- Ogzaki nazorat: nazorat savollari, o`quv topshi-riqlarni guruxlarda bajarish
- Yozma nazorat: nazorat savollari, restept yozish



  1. 2. Amaliy mashgulotning texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti
(120 daq.)

Faoliyat

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

1-bosqich.
Kirish
(5 daq.)

1.1.Davomatni tekshiradi.
1.2. Mavzu nomini e’lon qiladi, mashgulotning maqsadi va undan kutilayotgan natijalarni tushuntiradi.
1.3. Mashgulot rejasi va uni o’tkazish xususiyatlari bilan tanishtiradi

1.4. Talabalarninig bilimlarini va amaliy ko’nikmalarini baxolash mezonlari bilan tanishtiradi



1.1. Tinglaydilar.
1.2. Tinglaydilar, yozib
oladilar.
1.3. Tinglaydilar, aniq-lashtiradilar, savollar beradilar
1.4. Tinglaydilar, aniq-lashtiradilar, savollar beradilar



2-bosqich.
Nazariy qism
(65 daq.)



2.1. Mavzuning kalit savollari bo’yicha savol-javob o’tkazadi va talabaning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi.
2.2. Talabalar tomonidan to’liq o’zlashtirilmagan savollarga tushuntirish beradi
2.3. Talabalarni kichik guruxlarga bo’ladi. Kichik guruxlarda echish uchun vaziyatli masalalar va ulardan kelib chiquvchi prezentastiyalarni bajarish topshirigini beradi.

2.4. Prezentastiyalarni, ularni muxokamasini va guruxlarni chiqishlarini o’zaro baxolashni tashkillashtiradi.


2.5. Mashgulot uchun rejalashtirilgan interaktiv o’yin “ Moychechak“ ning sstenariysini aytib o’tadi. O’tkazilishini tash-killashtiradi. Interaktiv o’yin asosida talabalarni bilim-larini faollashtiradi. Xulosa qiladi.

2.6.Talabalarning mustaqil ishlari taqdimoti bo’yicha muxokamani va o’zaro baxolashni tashkillashtiradi.
2.7. Tarqatma materiallarni ko’rsatadi.


2.1. Savollarga javob beradilar
2.2. Tinglaydilar.
mulohaza
2.3. Kichik guruxlarga bo’linadilar, guruxlarda vaziyatli masalalarni echadilar
2.4. Guruxlar o’z echimlari bilan prezentastiyalarini taqdim etadilar, qolgan ishtrokchilar gurux taq-dimotini baxolaydilar, savollar beradilar, o’z fikrlarini bildiradilar.
2.5.Tinglaydilar, aniqlash-tiradilar, topshiriqni bajaradilar, savollarni muxokama qiladilar.

2.6. Ish bajarilishini ja-moaviy muxokama Qiladilar


2.7. TarQatma materiallar-ni o’rganadilar



3- bosqich.
Amaliy qism
(45 daq.)

3.1. Mashgulotning amaliy qismini bajarilishi bo’yicha yo’riqnomani beradi
3.2. Talabalarga yozma nazorat savollarini va amaliy ko’nikmalarini bajarilishi bo’yicha topshiriq beradi - restept yozish

3.3. Amaliy ishning natijalarini va uyga berilgan yozma vazifalarni tekshiradi



3.1.Tinglaydilar, savollar beradilar
3.2. Daftarda nazorat savollariga javob beradi-lar va resteptura bo’yicha topshiriqlarni bajaradi-lar.
3.3.Tinglaydilar, xatolari-ni to`girlaydilar

4- bosqich.
Yakuniy qism
(5 daq.)

4.1. Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida axamiyatga ega ekanligi muximligiga talabalar e’tiborini qaratadi.
4.2. Talabalarning nazariy va amaliy qismlari bo’yicha bilim darajasini baxolaydi va baxolarni e’lon qiladi
4.3. Keyingi mashgulotga topshiriq, mavzu bo’yicha kerakli adabiyotlar va internet saytlar ro’yxatini beradi

4.1. Tinglaydilar.

4.2. Tinglaydilar.


4.3.Tinglaydilar, yozib ola-dilar





VIRUSLARGA QARSHI VOSITALAR.
Viruslar xayvon, o’simliklar, bakteriyalarning xujayra ichidagi mikroparazitlari bo’lib, oddiy ozuqalarda ko’paymaydi va faqat to`qimalar kulturasida ko’payadi. Viruslar xayotning xujayrasiz shakli xisoblanib, xayot va noxayot tabiat oraliq ko’rinishi xisoblanadi. Viruslar-nukle oproteid (DNK yoki RNK) va u bilan boq’langan asosiy oqsildan iborat. Viruslar tarkibi xayvon, o’simliklar va bakteriyalarning DNK va RNKsiga kiradigan purin va pirimidin asoslari, shakardan iborat. Kata viruslarda lipidlar, polisaxaridlar, oqsillar, fermentlar bo’lib, ular viruslarning xujayrasiga yopishib olish, uning ichiga kirish va ko’payishiga yordam beradi. Xujayralardan tashqaridagi viruslar tez nobud bo’ladilar, xujayra qobigiga yopishgan va ayniqsa, xujayra ichidagi viruslarga ta’sir etish mushkildir. Viruslar xujayralarga kirishi bilan unga qarshi yoki uni zararsizlantiruvchi va antivirus oqsili sintezini kuchaytiruvchi interferon ishlab chiqariladi. Bir vaqtning o’zida interferon boshqa xujayralarga kirib ularda xam viruslarga qarshi oqsil xosil bo’lishi kuchaytiradi.
Viruslar bilan chiqariladigan xastaliklar turi ko’p (gripp, chechak, qutirish, polimieit, gepatit A, V, S, E, delta, SPID va boshqa). Ogir kechuvchi xasta-liklarni chaquruvchi mayda viruslarga (polemielit, chechak, qutirish, sariq isitmalash) qarshi samarador vakstinalar mavjud (profilaktika uchun), lekin ko’pgina xastaliklarda bunday vakstinalarni qo’llash yaxshi natija bermaydi , shu sababli organizimning ximoya sistemalarini kuchaytirish bilan davolanadi, lekin buning xam natijasi yaxshi emas. Viruslarga qarshi preparatlarni yaratish mushkul vazifa, chunki viruslar o’zining metabolizmiga (modda almashinuviga) ega bo’lmay, o’zlari parazitlik qilayotgan mikroorganizm xujayrasining biosintez apparatini ishlatadilar. Xozirgi zamon antivirus preparatlari virus bilan xo’jayin xujayrasi orasidagi munosabatning xar xil bosqichlariga tasir etadilar:

  • Viruslarning xujayraga yopishib olishi (adsorbstiyalanishi)ni susaytirib, ularni xujayraga kirishlariga to’siqlik qiladilar (viropeksis).

  • Deproteinizastiya jarayonini ya’ni virusning kapsidi erib viruslar nuklein kislotalarini ajralishini susaytiradilar (midantan).

  • Viruslarda ’’erta’’ oqsillarni-fermentlarni sintezlanishini susaytiradi (guanitidin).

  • Nuklein kislotalarining sintezini susaytiradilar (indoksuridin, zidovudin, astiklovir, vidarabin).

  • Virionlarni (virus zarachalarini) ’’yigishni’’ susaytiradilar (metisazon).

  • Xujayralarni viruslarga qarshi turish qobilyatini oshiradilar (interferon).

  • Viruslarni ’’kechki’’ oqsillarini sintezini susaytiradilar (sakvinavir).

Xozirda viruslarga qarshi qo’llanuvchi preparatlar quyidagiguruxlardan iboratdirlar.
I. Sintetik vositalar:

  • Nukleozidlar analogi (astiklovir, zidovudin vidarabin ganstiklovir, trifluridin, idoxsuridin).

  • Peptidlar xosilasi (sakvinavir).

  • Adamentan unumlari (midantan, remantadin).

  • Indolkarbon kislota xosilalari (arbidol).

  • Fosfono chumloi kislotasi unumlari (fiskanet).

  • Tiosemikarbazon unumlari (metisazon).

II. Biologik moddalar (makro organizm xujayralari ishlab chiqaruvchi interferonlar).

Download 77.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling