Davolash va tibbiy pedagogika


Download 77.81 Kb.
bet4/5
Sana23.12.2022
Hajmi77.81 Kb.
#1046449
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5215464137122907690

OKSOLIN-virustid xossaga ega.Ko’z, terining viruslik xastaliklarida, virusli rinitlarda qo’llaniladi.Grippda profilaktik ta’sir ko’rsatadi. Davolash uchun quydagi xastaliklarda qo’llaniladi: adenoverusli keratokonyuktivit, tangachali temiratki, dyuring dermatitida va boshqalarda. Asosman xozir tayyorlangan suvli eritmalar va suritmalar sifatida maxalliy qo’llaniladi. Yaralar va shilliq qavatga tegsa kuydirganga o’xshash o’zgarish chaqiradi.
5.3.Vaziyatli masalalar.
1. O’pkaning yangi o’choqli tuberkulyoz bilan ogrigan bemorni 1 oy davomida 1-qator silga qarshi 2 ta kombinanastiyalangan dori vositalari bilan davolandi. Bu vaqtda silning klinik va rentgenologik ko’rinishi yaxshilandi, ammo jigar soxasida ogriq paydo bo’ldi. Davolashni davom ettirish uchun shifokor qo’llanilayotgan dori vositalardan birini boshqa silga qarshi 1-qator dori vositasiga almashtirdi.qaysi dori vositasi bilan yuqoridagi nojo’ya ta’sir natijasida davolash to’xtatildi va uni qaysi dori vositasi bilan almashtirish mumkin?
Javob: Jigar atrofidagi ogriq rifampistinga xos, qaysiki faol silga qarshi vositalarning guruxiga kiradi. Uning antibiotik tabiatini xisobga olib, zarur bo’lgan paytda uni antibiotik bo’lgan streptomistinga almashtirish lozim,chunki u silga qarshi vositalarning 1-qator dori vositalarigi kiradi.
2. O’pka sili bilan ogrigan bemor faol silga qarshi terapiya (streptomistin + etambutol) ni oldi. Yuqoridagi dori vositalarning sil tayoqchasiga chidamliligi aniqlandi.Ftiziator bu xolatda qanday yo’l tutishi lozim?
Javob: Sil tayoqchasining 1-qator silga qarshi vositalarigi chidamliligi paydo bo’lsa, 2- qator silga qarshi vositalardan foydalanish darkor. Ularga antibiotik bo’lgan: stikloserin, kanamistin, florimistin, sintetik vositalardan: etionamid, pirazinamid, tiostetazon va natriy paraaminsalistilat kiradi.
3. Shifokorga silga qarshi davolanayotgangan bemor so’lakni, balg’amni, ko’z yoshini, burun suyuqligini, siydikni qizg’ish-pushti rangiga kirganligidan shikoyat qildi.Bemor qaysi dori vositasi bilan davolanayotgan ekan? Shifokor bu dori vositasini bemoga berishdan avval qanday tushuntirish berishi kerak edi?
Javob: So’lak, balg’am, ko’z yoshi, burun suyuqligi, siydik va boshqa biologik substratlarni qizg’ish-pushti rangiga kirishi rifampistin tufayli. Buning sababi rifampistin qizg’ish-jigarrang rangda va eliminastiyada to`qimaga kirishi biologik substratlarni bo’yalishiga olib keladi. Bu dori vositasi qo’llanilishi tugagandan keyin bu alomatlar yo`qoladi.
4. Bemor 60 yoshda. U sil bilan ogrigan va sistematik ravishda spestifik silga qarshi dori vositalari bilan davolangan. Vaqt o’tgach bemorning eshitish qobiliyati pasaydi. Uning sharoitini xisobga olgan xolda silga qarshi dori vositalaridan qaysisini olib tashlash lozim?
Javob: Eshitish qobiliyati pasaygan bemorni davolashdan streptomistinni va uning preparatlari: kanamistin, florimistini va boshqa antibiotiklarni olib tashlash lozim. qaysilarki ototoksik ta’sir ko’rsatadi.
5. Gripp epidemiyasi tufayli korxona shifokori korxona ishchilari bilan suxbat o’tkazdi. Korxona ishchilari shifokordan gripni odini olish uchun qaysi dori vositasini qanday ichish kerakligini so’rashdi. Bu savolga to’liq javob bering.
Javob: Grippni oldini olish uchun remantadin, oksolin yoki interferon qabul qilish kerak.
6. Xindiston safariga jo’nayotgan turistlarga suv chechakka qarshi revakstinastiya qilindi. Ularning ikkovida 3 kundan keyin isitma chiqishi, teri toshmalari kuzatildi. Yuborilgan joyda shish, kuchli qizarish va oq’riq aniqlandi. Virusga qarshi vositalarning qaysi biri suv chechak vakstinasi asoratlarini kamaytirish xususiyatiga ega?
Javob: Kuchli chechak vakstinasi asoratini kamaytirish xususiyatiga ega virusiga qarshi vosita metisazon xisoblanadi. U enteral yo’l bilan kiritiladi. U bilan davolanish vaqtida alkogol qabul qilish mumkin emas.

5.4.Mashgulotda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

5.4.1.“Moychechak” interaktiv o’yinining o’tkazilishi
Maqsad: O’tilgan mavzuni mustaxkamlash va takrorlash.

Bosqichlar:


1. Oldindan katta varaqqa tasnifiga yoki qo’llash uchun ko’rsatmasiga ko’ra vosita guruxlari yoziladi.
2. Oldindan qattiq qogozga “gulbarg” chiziladi va aloxida – aloxida kesiladi. Ularning orqa tomoniga vositalar nomi yoziladi. “Gulbarg”lar devorlarga yoki taxtaga dars boshlanishidan avval elim lenta bilan yopishtiriladi.
3. Xar bir talaba gulbargni “yulib” uni unga mos bo’lgan varvqadagi punktga yopishtiradi.
3. O’yin barcha gulbarglar “yulinguncha” davom etadi.
5. Topshiriqni to`gri bajaralganlagi baxolanadi va natija chiqariladi.
Misol uchun:



Silga qarshi 1 – qator preparatlari

Silga qarshi 2 – qator preparatlari

izoniazid, etambutol,ftivazid, metazid, salyuzid, INGA-17, streptomistin, rifamistin, rifampistin

etionamid, pirazinemid, tioastetazon, stikloserin, kanamistin, florimistin, PASK.



5.4.2. Grafik organayzerni ishlab chiqish “ Nilufar guli chizmasi”


O’zida nilufar guli ko’rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to`qqizta katta to’rt burchaklar tashkil etadi. Tizimli fikrlash, taxlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi.
Bosqichlar:
1. Talabalar nilufar guli chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar.
2. Aloxida/kichik guruxlarda chizma tuzadilar: to’rt burchak markazida avval asosiy muammoni (G’oya, vazifa) yozadilar. Uning yechish g’oyalarini esa markaziy to’rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to’rt burchaklarga yozadilar.
3. Markaziy to’rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to’rt burchaklarga yozilgan g’oyalarni, atrofda joylashgan sakkizta to’rt burchaklarning markaziga yozadilar, ya’ni gulning barglariga olib chiqadilar. Shunday qilib, uning xar biri o’z navbatida yana bir muammodek ko’riladi.

6. Amaliy qismi


Resteptura bo’yicha vazifalarni bajarish (dorilarni chiqarish shakli, dozasi, miqdori va qo’llanilishini ko’rsatib resteptlar yozish : izoniazid (tab.), etambutol (tab.), rifampistin (kapsl.)
1. QATTIQ DORI SHAKLLARIGA (TABLETKALAR) RETSEPTLAR YOZISH
Maqsad: Qattiq dori shakllariga (tabletkalar) resteptlar yozish.

Bajariladigan bosqichlar:





Tadbir

Bajarmadi



To’liq to`gri bajardi



1.

Farmastevtga ko’rsatma berish (Recipe)

0

10

2.

Restept yozayotganda dori vositaning dozasini, tarkibiga kirgan barcha moddalarni asosiy va kumakdosh moddalarni birmabir ko’rsatib o’tish zarur

0

30

3.

Farmastevtga dori shakllarini tayyorlash uchun ko’rsatma (M.f)

0

20

4.

Farmastevtga beriladigan dori vositasining miqdori to`grisida ko’rsatma

0

10

5.

Bemorga qanday usulda dori vositaning iste’mol qilish tavsiyasini berish lozim, qo’llash uchun ko’rsatma

0

30




Jami

0

100

7. Joriy nazoratni baxolash mezoni




O’zlashtirish%

Baxo

Talabaning bilim darajasi

96-100%

A’lo “5”

Dori vositalarining tasnifi, farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, ularni qo’llash uchun va qo’llash uchun qarshi ko’rsatmalar, nojuya ta’sirlari bo’yicha to’liq va to`gri javob berish. Mustaqil xulosa va qaror qabul qilish, ijodiy fikrlay olish, mustaqil mushoxada yuritish, amalda qo’llay olish, savolni moxiyatini tushunish, bilish, ishonch bilan aytib berish, aniq tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarni to`gri va ijodiy yyechish, javoblarni to’liq asoslab berish. Interaktiv uyinlarda faol va ijodiy qatnashish va ularni echishda ijobiy xulosalar va taxlil qilish.

Resteptlar dori shakliga mos xolda, dozalari va ko’llash uchun ko’rsatmalar to`gri ko’rsatilab yozish.



91-95%

A’lo “5”

Dori vositalarining tasnifi, farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, ularni qo’llash uchun va qo’llash uchun qarshi ko’rsatmalar, nojuya ta’sirlari bo’yicha to’liq va to`gri javob berish. Ijodiy fikrlay olish, mustaqil mushoxada yuritish, amalda qo’llay olish, savolni moxiyatini tushunish, bilish, ihonch bilan aytib berish, aniq tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarni to`gri va ijodiy yechish, javoblarni asoslab berish. Interaktiv uyinlarda faol va ijodiy qatnashish, to`gri qaror qabul qilish.

Resteptlar dori shakliga mos xolda dozalari va ko’llash uchun ko’rsatmalar yozish, yozilganda 1ta grammatik xato qilingan ayrim noaniqliklar.



86- 90%

A’lo “5”

Dori vositalarining tasnifi, farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, ularni qo’llash uchun vaqo’llash uchun arshi ko’rsatmalar, nojuya ta’sirlari bo’yicha qo’yigan savollar to’liq yoritish, lekin 1-2 ko’pol bo’lmagan xatoga yo’l qo’yilishi. Mustaqil mushoxada yuritish, amalda qo’llay olish, savolni moxiyatini tushunish, bilish, ishonch bilan aytib berish, aniq tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalar to’’ri yyechish, lekin ayrim noaniqlar ko’rsatish. Interaktiv uyinlarda faol qatnashish, to’gr’i qaror qabul qilish.

Resteptlar dori shakliga mos xolda dozalari va qo’llash uchun ko’rsatmalar yozish, yozilganda 2-3ta grammatik xatolar qilishi, ayrim noaniqliklar.



81-85%

Yaxshi “4”

Dori vositalarining tasnifi, farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, ularni qo’llash uchun va qo’llash uchun qarshi ko’rsatmalar, nojuya ta’sirlari bo’yicha qo’yilgan savollar to’liq yoritish, lekin 2-3 ko’pol bo’lmagan xatoga yo’l qo’yish. Amaldaqo’llay olish, savolni moxiyatini tushunish, ishonch bilan aytib berish, aniq tasavvurga ega bo’lish.
Vaziyatli masalalar to`gri yyechish, lekin javoblar to’liqyoritilmasligi. Interaktiv uyinlarda faol qatnashish, to`gri qaror qabul qilish.

Resteptlar dori shakliga mos xolda, dozalari va qo’llash uchun ko’rsatmalar to`gri ko’rsatilib yozish, lekin 2-3 grammatik xatolarga yo’l qo’yish.



76-80%

Yaxshi “4”

Savollar to`gri, lekin to’liq yoritilmasligi. Talaba preparatlar tasnifi, ularni qo’llash uchun ko’rsatmalarni, nojo’ya ta’sirlarini, asosiy xossalarini bilishi, lekin ularning ta’sir mexanizmi va nojo’ya ta’sirlari avj olishini yaxshi bilaolmasligi. Savolni moxiyatini tushunish, ishonch bilan aytib berish, aniq tasavvurga ega bo’lish. Interaktiv uyinlarda faol qatnashish. Vaziyatli masalalarga to’liq javob bermasligi.

Resteptlar dori shakliga mos xolda, dozalari to`gri ko’rsatilib yozish, lekin qo’llash uchun ko’rsatmalar to’liq ko’rsatilmasligi.



71-75%

Yaxshi “4”

Savollar to`gri, lekin to’liq yoritilmasligi. Talaba tasnifni biladi, lekin ularni qo’llash uchun ko’rsatmalarni, nojo’ya ta’sirlarini, asosiy xossalarini, ularning ta’sir mexanizmi va nojo’ya ta’sirlari avj olishini to’liq bilaolmasligi. Savolni moxiyatini tushunish, ishonch bilan aytib berish, aniq tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarga to’liq javob bermasligi.

Resteptlar dori shakliga mos xolda, dozalari to`gri ko’rsatilib yozish, lekin qo’llash uchun ko’rsatmalar to’liq ko’rsatilmagan, 2-3 grammatik xatolar bor.



66-70%

Qoniqarli
“3”



Savollarning yarmi xatolarga yo’l qo’yilgan xolda yoritish. Talaba tasnifni bilish, ularni qo’llash uchun ko’rsatmalarni, asosiy xossalarini to’liq bilmasligi, lekin ularning ta’sir mexanizmini yaxshi bilmasligi, nojo’ya ta’sirlarida xatoga yo’l qo’yishi. Savolni moxiyatini tushunish, ishonch bilan aytib berish, mavzuni aloxida savollari yuzasidan aniq tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarni to`gri yyechish, lekin javoblar asoslab berilmagan.

Resteptlar dozalarni to`gri ko’rsatib yozilishi, lekin dori chiqish shakllarini yozib berishda xatoga yo’l qo’yishi, qo’llash uchun ko’rsatmalar to’liq emas.



61-65%

Qoniqarli
“3”



Savollarning yarmi xatolarga yo’l qo’yilgan xolda yoritilishi. Tasnifni, ularni qo’llash uchun ko’rsatmalarni, asosiy xossalarini, ta’sir mexanizmini nojo’ya ta’sirlarida xatoga yo’l Qo’yilishi. Ishonch bilan aytib berish, mavzuni aloxida savollari yuzasidan aniq tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarni to`gri yechish, lekin javoblar asoslab berilmasligi, xato qo’yilishi.

Resteptlarning shakli to`gri, lekin qo’llanilishi ko’rsatmay yozilishi yoki dozalarida xatoga yo’l qo’yilishi.



55-60%

Qoniqarli
“3”



Savollarning yarmi xatolarga yo’l qo’yilgan xolda yoritilish. Tasnifni, ularni qo’llash uchun ko’rsatmalarni, asosiy xossalarini, ta’sir mexanizmini nojo’ya ta’sirlarida xatoga yo’l qo’yish. Ishonch bilan aytib berish olmaydi, qisman tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarni echishda xato yo’l qo’yish.

Resteptlar xato yozilgan, qo’llanilishi ko’rsatmay yozilgan va dozalarida xatoga yo’l qo’yish.



50-54%

Qoniqarsiz
«“2»



Savollarning 1/3 to`gri yoritilgan. Tasnifni, ularni ko’llash uchun ko’rsatmalarni, ta’sir mexanizmini bilmaydi, nojo’ya ta’sirlarida xatoga yo’l ko’yilgan. Vaziyatli masalalar, interaktiv uyinlar, grafik organayzerlar, keyslar noto`gri echilgan.

Resteptlarni noto’gri yozilgan, ko’llanilishi ko’rsatmay yozilgan va dozalarida xatoga yo’l ko’yilgan.



46-49%

Qoniqarsiz
«“2»



Savollarning 1/4 to`gri yoritilgan. Tasnifni, ularni ko’llash uchun ko’rsatmalarni, asosiy xossalarini, ta’sir mexanizmini nojo’ya ta’sirlarida xatoga yo’l ko’yilgan. Vaziyatli masalalarga noto`gri yechilgan. Interaktiv uyinlarni, grafik organayzerlar, keyslarni yoritganda ko’p xatolar yo’l ko’yilgan.

Resteptlarni noto’gri yozilgan, ko’llanilishi ko’rsatilmagan va dozalarida xatoga yo’l ko’yilgan, grammatik xatolar xam bor.



41-45%

Qoniqarsiz
«“2»



Savollarning 1/5 to`gri yoritilgan xatolar bilan. Talaba tegishli gurux preparatlari tasnifini bilmaydi, gurux preparatlari to’lik ko’rsatilmagan. Preparatlar farmakodinamika va farmakokinetikasi bo’yicha savollarga to’lik bo’lmagan,kisman noto’gri javob berilgan. Vaziyatli masalalarga noto`gri echilgan, javob asoslanmagan. Interaktiv uyinlarni, grafik organayzerlar, keyslarni yoritganda ko’p xatolar yo’l ko’yilgan, javoblar noto’gri va asoslanmagan.

Resteptlarni yarmi noto’gri yozilgan, dozalar, chikarish shakllari va ko’llash uchun ko’rsatmalarda xatoga yo’l ko’yilgan.



31-40%

Qoniqarsiz
«“2»



Savollarning 1/10 noto’gri yoritilgan. Preparatlar tasnifini, ko’llash uchun ko’rsatmalarni bilmaydi, asosiy xossalarini aralashtirib yuborilgan. Preparatlarning ta’sir mexanizmi va nojo’ya ta’sirlari bo’yicha tushincha yo’k. Vaziyatli masalalarga noto`gri echilgan, javob asoslanmagan. Interaktiv uyinlarni, grafik organayzerlar, keyslarni yoritganda juda passiv katnashadi.

Resteptlarning xammasi ko’pol xatoga yo’l ko’yilib yozilgan.



30 - 0%

Qoniqarsiz
«“2»



Savollarga javob bermaydi. Preparatlarni ta’sir mexanizmini, nojo’ya ta’sirlarini rivojlanishini, asosiy xossalarini bilmaydi. Vaziyatli masalalarga noto`gri yechilgan, javob asoslanmagan. Interaktiv uyinlarni, grafik organayzerlar, keyslarni yoritishda katnashmaydi.

Farmakologiya tegishli bo’limi bo’icha resteptlar yozib berishini bilmaydi, chunki unda dori shakli va uni yuborish orasida anglash layokati yo’k.


Joriy nazorat ballarini taqsimlanishi




%

96-100

91-95

86-90

81-85

76-80

71-75

66-70

61-65

55-60

50-54

46-49

41-45

31-40

0-30



Nazariy Qism

58-60

55-57

52-54

49-51

46-48

43-45

39-42

37-39

33-36

30-32

28-29

25-27

19-24

0-18

Amaliy Qism

38-40

36-38

34-36

32-34

30-32

28-30

27-28

24-26

22-24

20-22

18-20

16-18

12-16

0-12

8. Adabiyotlar.



Asosiy:

Download 77.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling