Davolash va tibbiy pedagogika
Download 77.81 Kb.
|
2 5215464137122907690
MIDANTAN-RNKdan iborat mikroviruslarga ta’sir etadi. Ta’sir mexanizimi: virusning xo’jayin xujayrasiga kirishiga to’sqinlik qiladi xamda xujayra ichida virus genomini ajralishini (deproteinizastiya) susaytiradi. MITdan yaxshi so’riladi.Buyrak orqali ajraladi.
MIDANTAN faqat tip A2 grippini olishda qo’llaniladi. Noxush ta’siri: MNS salbiy ta’sir (qozgaluvchanlik yoki uyqusirash, ataksiya, tremorlar) dofamin ergik sistemaga ta’sir etadi. Dispepsiya, terining jaroxatlanishi. REMANTADIN-kimyoviy tuzilishi bo’yicha midantanga o’xshash.Farmoko-dinamikasi xam bir xil.Lekin midantandan farq qilib xastalikning birinchi kunlari davolash uchun xam qo’llaniladi.Enteral yo’l bilan qabul qilinadi. IDOKSURIDIN-DNK polimerazani susaytiradi va DNKli viruslar replikastiyasini keskin kamaytiradi. Preparat yuqori zaxarlilikka ega bo’lganligidan rezorbtiv ta’siridan foydalanilmaydi va asosan ko’zning gerpetik infekstiyalarida (keratitlarda) maxalliy qo’llaniladi. Bunda xam idoksuridin qovoqlarning ishlab ketishi va maxalliy yalliglanish chaqirishi mumkin. Agar p-t so’rilsa leykopozga salbiy ta’sir qo’llaniladi. VIDARABIN – xujayraga kirib fosforlanbag viruslarning DNK polemerazasini susaytiradi va shu tufayli DNKli kata viruslar replikastiya-sini kamaytiradi. Vidarabin organizimda metabolizmga uchraydi va viruslarga qarshi faolligi pasayadi. Gerpetik enstefalitlarda vidarabinni tomirlarga kiritilsa o’limni 30-75 % kamaytiradi. Bundan tashqari vidarabin o’rab oluvchi temratki, gerpetik keratokon’yunktivitlar, idoksuridinga allergik rakstiyalar rivojlanganda va ular samara bermagan xollarda qo’llaniladi. Vidarabini maxalliy Qo’llanilganda idoksuridinga xos noxush ta’sirlar rivojlanmaydi.Yaralarni bitishiga salbiy ta’sir etmaydi. Noxush ta’siri: dispepsiya, allergik rakstiyalar, nevrotoksik ta’sir (galyustion pisixoz, tremor va boshqalar. Tromboflebitlar (maxaliy yalliglanish). METISAZON- kuchli antivirus ta’siriga ega, ayniqsa chechak virusiga. Ta’sir mexanizimi: virionlarni yigish jarayonini va sturuktur oqsillarni sentezini susaytiradi. Preparat enteral yo’l bilan kiritiladi. Asosan chechakni profilaktikasida va chechak vakstinasi asoratlarini kamaytirish uchun, genetal qaytalanuvchiuvchi gerpesni davolashda qo’llaniladi. Noxush ta’siri: dispepsiya, jigar, buyrak va MITning ogir xastaliklarida qo’llash man etiladi. Metisazon bilan davolanish vaqtida alkogol qabul qilish mumkin emas. ZIDOVUDIN (azidotimidin, retrovir) - xujayralarda fosforlanib trifosfatga aylanadi va virionlarning teskari transkriptazasini susaytirish xisobiga viruslar RNKsidan DNKni xosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Davolash ta’siri i RNK va virus qsillarini sintezi to’xtashi xisobiga rivojlanadi. MITdan yaxshi so’riladi.GEBdan yaxshi o’tadi. T1/2=1 soat 75% jigarda glyukuroni-dastiyalanib qolgani o’zgarmagan xolda (16-18%) peshob tarkibida ajraladi. Zidovudin erta qo’llash kerak.Davolash 6-8 oy.Eidovudin xastalikni rivojlanishnigina to’xtatadi.Retroviruslarning unga chidamliligi rivojlanadi. Noxush ta’siri: gematologik o’zgarishlar (anemiya, neyropeniya, trombostitopeniya, panstitemiya). Bosh ogrigi, uyqusizlik, mialgiya, buyrak funkstiyasining sustligi. SAKVINAVIR- kuchli antiretrovirus ta’siriga ega. VICh-1 va VICh-2 proteazalarining kuchli ingbitori xisoblanadi, proteazalar VICh virionlarining tuzilish oqsillari va fermentlarini xosil bo’lishini boshqaradi va uning etishmasligida etilmagan viruslar xosil bo’ladi va shu tufayli xastalik rivojlanmaydi. VICh proteazasi (aspartat proteaza VICh) tuzilishi bo’yicha insonlarnikidan ancha farq qiladi, shu sababli tanlab faqat viruslarga ta’sir etuvchi preparat yaratish mumkin. Sakvinavirning so’rilishi yomon bo’lsa xam (biodatupnost 4%) qonda retroviruslarnig ko’payishini to’xtatuvchi konstentrastiyalar xosil bo’ladi.Preparat asosan enieral yo’l bilan kiritiladi.Prepat 98% zardob oqsillari bilan birikadi. Noxush ta’siri kam: dispepsiya, AsAT, AlAT faolligi oshishi mumkin. Viruslarning sakvinavirga chidamliligi rivojlanishi mumkin. Shuning uchun sakvinavirni boshqa preparatlar bilan qo’shib ishlatiladi (sakvinavir+zidovudin). Download 77.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling