Dahshatli hayvon


Download 17.12 Kb.
Sana04.07.2020
Hajmi17.12 Kb.
#122865
Bog'liq
2 5474515385933891630


Hammaga salom “Dahshatli hayvon” degan so’z birikmasini eshitganingizda tasavvuringizga nima keladi? Balki sherlardir,yo’lbarslardir yoki jahldor bizonlarmi,balki akulalardir ular hatto baliq bo’lsa ham.Yo’q bugun gap umuman boshqa tirik jonzodlar haqida boradi.Ular butun hayvonot olamine qo’rquvda ushlab tura oladilar va ular buning uchun bahaybat bo’lishlari yoki o’tkir tishlarga ega bo’lishlari shart emas. Bu haqida to’liqroq ma’lumot olmoqchimisiz,unda biz boshladik.

Suvsarlar.

Ushbu hayvonlarning barchasi suvsarlarning oilasiga mansub bo’lib, to’g’risini aytadigan bo’lsak ular juda yoqimtoy ko’rinadi.Momiqqina mo’yna,yoqimtoy quloqchalar, kichkinagina ko’zlar, xullas uyda boqish uchun ideal uy hayvoni.Lekin yoqimtoy ko’rinishiga qaramay ular eng jahldor, g’azabli va qonxo’r yirtqichlardan biri hisoblanadi.O’ljasini qo’lga kiritish yo’lida ular hech qanday to’siqni ko’rmaydilar.Ular ajoyib tezlik bilan harakatlana oladilar,doimo och va hatto o’zidan kattaroq bo’lgan hayvonlarga ham hujum qila oladilar.Masalan katta quyonga yoki karkurga. Ularni o’ldira olishi aniq emasku,lekin bu ularga bunday ovdan bosh tortishga sabab bo’la olmaydi.Agarda odamga duch kelib qolsalar ushbu hayvonlar qochmaydilar,aksincha jangavor holatni qabul qiladilar va hatto hujum ham qilishlari mumkin.Albatta ular odamga unchalik katta ziyon keltira olmaydilar,lekin og’rishi aniq.

Ulkan karanks.

Ko’plab qushlar baliqlar bilan oziqlanadilar,hozir bu bilan hech kimni hayron qoldirib bo’lmaydi.Lekin teskari holat bo’lsa-chi? Ulkan karanks koral riflar eko tizimidagi eng asosiy yirtqich hisoblanadi. Ushbu baliqning kattalarining uzunligi bir yarim metrgacha cho’zilib,80 kilogacha tosh bosishi mumkin.Ushbu ulkan baliq maydaroq baliqlar,molyuskalar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadilar.Ba’zi kattaroqlarining ichidan esa toshbaqalar va delfinlar topilgan.Bu qadar ulkan kattaligi bilan ularga bu ham mumkinda.Lekin bu hali hammasi emas.Suvdan kutilmaganda sakrab chiqqan holda karankslar hech narsadan xabari yo’q qushlarni tutadilar va darhol ularni suv ostiga olib kirib ketadilar.Bizga esa ushbu baliqlar odamlarga asosiy taomidek qarashi uchun yetarlicha katta emasligiga xursand bo’lish qoladi xolos.

Qora oyoqli mushuk.

Ko’rinishidan ushbu cho’l yirtqichi uy mushugini noodatiy rangga bo’yalganini eslatadi.Qora oyoqli mushuk xuddi kresloda yotadigan yoki tirnoqlari bilan nuqtani ushlashga harakat qiladigan mushukka o’xshaydi.Lekin uning tashqi ko’rinishiga qarab xulosa chiqarmang.U Afrika yirtqichlari orasida eng kichigi hisoblansada, aslida ushbu yoqimtoy hayvon qonxo’r yirtqich va tengi yo’q ovchi.U bir kechada o’rtacha 14 ta mayda hayvonlarning hayotiga zomin bo’ladi.Bunday qotillik ko’rsatkichi bilan maqtana oladigan boshqa sutemizuvchi bo’lmasa kerak.Bu uning iste’mol talabi bilan tushuntiriladi.U bir sutkada kamida 250 gramm ovqat yeyishi kerak bu esa uning tanasi og’irligining o’rtacha oltidan bir qismini tashkil etadi.Kichkina lekin juda chaqqon va jahldor momiqqina qotil.Shunday afsonalar ham borki qora oyoqli mushuklar jirafani ham o’ldirishga qodir,agarda uning bo’yinturuq venasini tishlab olsa. Bunday hodisa bo’lganiga ishonish qiyin,lekin mushuk jirafa go’shtidan ta’tib ko’rishni xohlab qolsa, u buning uddasidan chiqad oladi.Bundan tashqari odamlar qora oyoqli mushuklar haqida unchalik ham ko’p ma’lumotga ega emas. Qora oyoqli mushuklar unchalik ham ko’p emas va ko’zga kam tashlanadi.

Oq ayiq.


Hech kimga sir emaski ayiqlarning har qanday turi nafaqat inson uchun, balki boshqa hayvonlar uchun katta xavf tug’diradi.Mazali ko’ringan yoki mazali hidga ega bo’lgan barcha narsa qo’lga tushiriladi va rahm-shafqatsiz yeb bitiriladi.Hech qanday istisnosiz.Oq ayiqlar muzda ovqatlanadilar,ular asosan tyulenlar,halqali nerpalar va boshqa dengiz hayvonlari bilan oziqlanadilar.Yil mobaynida oq ayiqlar muz qoplamasi ortidan ko’chib boradilar.Ularni tushunish mumkin.Muz oq yung bilan uyg’unlashgan holda yirtqichlarga mos keluvchi maskirovka vazifasini o’taydi.Bunday sharoitlarda oq ayiqlardan yashirinishning iloji qolmaydi hatto muzdek suvga sakrab ham.Qutb qotillari agarda yetarlicha och bo’lsa, xohlagan narsasiga hujm qilishlari mumkin.Olimlarga oq ayiqlar hatto morjlarga ham hujum qilgan holatlari ma’lum.Bu jang qanchalik teng kuchlar ostida kechmasligini tushunishingiz uchun bir-nechta raqamlarni e’tiboringizga havola etamiz.Oq ayiqlarning vazni o’rtacha 400-450 kilogramm bo’ladi, morjlarning o’rtacha ko’rsatkichi esa 800-bir ming yeti yuz kilogramm.Bu dahshatli yirtqichni to’xtatib qola oladimi.Albatta yo’q.Agarda ikkalasi ham ir xil sharoitda jang qilsa,oq ayiqni morjga nafaqat quruqlikda balki suvda ham kuchi yetmaydi,lekin to’da sarosimaga tushib,himoyalanmay suvga qarab qocha boshlasa, bu ayiq uchun ayni muddao bo’ladi.Lekin bunday ovlar muvaffaqiyatli yakun topishi 50 foizga teng, biroq yovvoyi tabiatda bu yaxshi ko’rsatkich hisoblanadi.

Dronga.


Videoimizning bundan oldingi qahramonlaridan farqli o’laroq,Afrika qushi bo’lmish drongo o’z o’ljalarini bo’laklarga bo’lib tashlovchi dahshatli yirtqich emas.Ular hayvonot olamining asosiy firibgari hisoblanadi. Yoki siz bir-birini aldash faqat odamlarnig qo’lidan keladi deb o’ylarmidingiz.Drongalarni ko’proq ulkan podadagi katta hayvonlarni ortidan kuzatib borayotganini uchratish mumkin.ushbu qsuhlar atrofida yurgan hasharotlar bilan oziqlanishni yoqtiradilar.Drongalarning taomlari xilma-xil bo’lib,ular odatda qo’ng’izlar,qurtlr,beshiktebratarlar,kapalaklar va hatto chayonlar bilan oziqlanadilar.Xullas ularning o’tkir tumshuqlaridan tezda qochib keta olmaydigan barcha narsalar bilan taomlanadilar.Lekin drongalarning asosiy quroli ularning ayyorligidir.Ular boshqa qushlarning ovozini o’xshata oladilar.Ular bu ishni shu qadar mohirlik bilan amalga oshiradiki,odam nutqini ko’chirib olgan to’tilar bir chekaga chiqib turadiar. Axir drongalar ushbu ko’nikmasi yordamida o’ziga yegulik topadilar aniqrog’I hech narsadan xabari yo’q surikatlardan o’g’irlaydilar.Mangustlar oilasiga mansub ajoyib hayvonlardan.Ha o’sha orqa oyoqlarida turib,katta oila bo’lib yashovchilar.Ular o’zaro ma’lum tovush chiqargan holda suhbatlashadilar.Ular aynan shu orqali bir-birini ajratadilar va xavfdan ogoh etadilar.Surikat yirtqichni payqab qolishi bilan u darhol qolganlarga xabar beradi va barchasi yashirinishga harakat qiladilar.Dronga qanday harakat qilishini tushunayotgandirsiz? Hammasi to’g’ri ular aynan o’sha ogohlantiruvchi tovushni o’xshatadilar. Surikatlar yashirinib bo’lganlaridan so’ng esa ularning o’ljalarini yig’ishtirib oladi.Bunga qo’shimcha tarzda surikatlar uning ovozini tanib yolg’onni fosh etib, qochmay qo’yganlarida u o’z tovushini yana boshqaga almashtirib oladi.Ba’zi drongalar surikatlarni avvaliga ularning ishonchiga kirish uchun haqiqiy xavfdan ham ogoh etadilar. Ha mana ular qanchalik ayyor.Ba’zida esa drongalar o’ylanib o’tirmay kichikroq surikatlarning qo’lidan yeguligini tortib oladilar.Axir ular hali ehtiyotkorlik nima ekanligini o’rganishmagan.

Asalxo’r.



Agarda siz anchadan beri internetda o’tirgan bo’lsangiz asalxo’rga farqi yo’q degan so’zlarni eshitgansiz. O’z vaqtida u deyarli memga aylangandi.Biroq asalxo’rlarning xarakteri nutq shakli yoki bo’rttirib gapirish emas.Asalxo’rlar bo’rsiqlarning va basqlarning uzoq qarindoshi hisoblanadilar.Ular Afrikada,Osiyoning janubi-g’arbida va Hindistonda istiqomat qiladilar.Yovvoyi tabiatda ularning deyarli hech qanday dushmani yo’q, har holda ularga ov qilishga tavakkal qiluvchilar kam.Buning hech qanday hayron qoladigan joyi yo’q, chunki asalxo’rlar juda jahldor va shubilan birga juda dovyurak yirtqichlardir. Uning harakatlaridan har narsaga kuchi yetadigandek, chunki haqiqatan ham asalxo’rga farqi yo’q.Ular 2002-yili Ginnesning rekordlar kitobidan eng qo’rqmas hayvonlar sifatida joyolganlar.Asalxo’rning juda ham qalin terisi shu qadar baquvvatki unga ko’pchilik yirtqichlarning tishi o’tmaydi.Asalxo’rga na jayralarning tikoni va na zaxarli ilonlarning tishlari zarar yetkaza oladi.Bu hayvonni asalxo’r emas aslida ajal bo’rsig’I deb atash kerak edi.Asalxo’rning o’zi esa ovlash mumkin bo’lgan har qanday narsaga ov qiladi. Asal, mevalar, lichinkalar, hasharotlar, baqalar, toshbaqalar, kemiruvchilar,ilonlar zaxarlilari ham shular jumlasidandir, qushlar va ularning tuxumlari hatto boshqa yirtqichlarning bolalari.Shularning hammasi asalxo’rning taomnomasida mavjud.U o’z o’ljasining barcha qismini yeb bitaradi.Terisi,sochi,patlari, go’shti va suyaklari shular jumlasidandir.Hech qanday istisno yo’q,chunki asalxo’rlar har doim och bo’ladi.Ushbu hayvonlar o’zining vahshiyligi va chidamliligi bilan mashxur.Asalxo’rlar o’zidan bir necha barobar katta raqiblariga ham qo’rqmay hujum qila oladilar.Sherlardan qo’rqmaydi, giyenalarni pisand qilmaydi,qo’y va echkilarni juftlab yeyishga tayyor, ot va buyvollar esa uning oldida hech kim emas, zaxarli bo’lmagan ilonlar haqida gapirmasa ham bo’ladi. Asalxo’rlar har narsaga tayyor bu faqatgina ularning qornini to’ydirsa bo’ldi.Masalan u hech o’ylanib o’tirmasdan berkingan sichqonni tutish uchun tikonli butaga ham chiqishi mumkin.Bu juda yoqimsiz ko’rinadi,lekin tushunganingizdek asalxo’rlaga farqi yo’q.Agarda u xohlasa giyenasimon itlarning bolalariga ham ov qilishlari mumkin.Kattalari bolalarini chuqurroq inga yashirishiga to’g’ri keladi,aks holda ularni qutqarib bo’lmaydi.Umuman olganda asalxo’rlar xohlagan joyiga chiqib yana u yerdan bemalol qaytib tusha oladilar.Agar u biron joyga kirishni istab qolsa hech qanday panjara va devorlar yordam bermaydi.Asalxo’rlarning nafaqat joni qattiq valki ular juda aqlli hamdir.Ular maqsadiga erishish yo’lida tosh,cho’p,loy va boshqa qo’l ostidagi barcha narsalardan foydalana oladilar.Masalan volyerdan o’tib, ovqatlanib olish uchun.Anglab yetganingizdek ochlik asalxo’rlarni aql bovar qilmaydigan narsalarga yetaklaydi.Hattoki asal yeyish ham unga o’zini mustahkamligini sinovchi mashg’ulotga aylanib ketadi.Albatta asal arilar o’z uyalarini tor-mor etilishiga shunchaki qarab turmaydilar.Lekin asalxo’rga farqi yo’q.Agar u asal yeyishni xohlagan bo’lsa u albatta asal yeydi.Arilarning ko’plab og’riqli chaqishlari unga xalaqit bera olmaydi.Kobra va qora mambaning zaxri yengib o’ta oladigan hayvonga asal ariniki nima bo’libdi.Bu hazil emas.Odamning hayoti uchun xavfli bo’lgan zaxarlar asalxo’rga huddi uyqu doridek ta’sir qiladi.Agarda Chak Norris hayvon bo’lganida u albatta asalxo’r bo’lgan bo’lardi.
Download 17.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling