Dak raisi “Arxitekturaviy loyihalash”
Download 0.63 Mb.
|
AKRAMOV islom YOZUV
Operasiya bloki shifoxonaning boshqa bloklaridan to’liq ajratilgan bo’lib, ayni vaqtda palata bo’limlari va markaziy sterilizasiyalash bo’limi bilan qulay bog’langan bo’lishi zarur. SHovqindan va changdan operasiya blokini himoyalash maqsadida u yuqori qavatlarda joylashtiriladi.
Hozirgi davrda operasion blok uch sterillik guruhlarga (zonalarga) bo’linadi. Birinchi zona — operasion zallar; ikkinchisi — operasiyadan avvalgi va narkozlash, uchinchisi — apparat, shifokorlar xonalari, yordamchi xonalardan iborat. Bemor operasion blokiga shlyuz orqali, tibbiy xodimlar esa sanitariya o’tish joyi orqali kiradilar. Yirik shifoxonalarda operasion blok yirik o’lchamlarga ega bo’lib (24x100 m atrofida), rejaviy echimning shakllanishida muhim element hisoblanadi. Operasion (bloklar) boshqa bo’limlarga nisbatan yuqoriroq balandlikda (3,6 m) loyihalanadi. SHifoxonalarni qurish amaliyotida operasion bloklarni ham sun’iy, ham tibbiy yorug’lik bilan yoritish qo’llanadi. Rentgentologik bo’lim bir yoki bir nechta xonalardan tashkil etilib, stasionar yoki poliklinikadagi bemorlar xastaliklarini tekshirish va davolash uchun qo’llaniladi. Xonalar soni stasionardagi 150 o’ringa 1 xona hisobida qabul qilinadi. Rengentologik bo’limni davolash-tashxislash bo’limining biror qavatida joylashtirish maqsadga muvofiq. Salomatlikni tiklash, davolash yoki fizioterapevtik bo’lim turli davolash usullari (mineral suv, balchiq, elektr, shifobaxsh badantarbiya va boshqalar) o’tkaziladigan xonalardan iborat bo’lib, shifoxona bo’limlari orasida maydon jihatidan eng yirik bo’limlardan biri hisoblanadi. Xonalar tarkibi va maydoni stasionardagi o’rin uchun 0,6 prosedura va poliklinikaga 1 tashrif uchun 0,4 prosedura hisobidan, proseduralarni davolash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlash asosida aniqlanadi (foiz hisobida): elektr bilan davolash - 40—35%; yorug’lik bilan davolash - 20—25%; issiqlik bilan davolash - 10—12,%; suv bilan davolash - 16— 18%; balchiq bilan davolash - 10%. Klinik (tekshirish) laboratoriyabo’limi tadqiqotlarni amalga oshirish xonalari va ko’makchi xonalardan tashkil topadi. Asosiy ishlab chiqarish xonalariga gematologik, biologik, umumiy klinik va biokimyo laboratoriyalar kiradi. Ularning har biri preparat, stirillash ishlari uchun boks, yuvish, tortish va material xonalaridan tashkil topadi. Baktereologik laboratoriya boshqa laboratoriya xonalaridan ajaratilgan bo’lib, alohida kirish joyiga ega bo’lishi zarur. Markaziy sterilizasiyalash bo’limi shifoxonani sterillangan asboblar, operasion bikel, bog’lash materiallari bilan ta’minlab turadi. Bo’lim ikki -«toza» va «steril» zonadan iborat. Dorixona ishlab chiqarish va qo’shimcha ko’makchi xonalardan tashkil etiladi. Ishlab chiqarish xonalarida assistentlar tomonidan, materiallar asosida distillangan suv tayyorlash ishlari bajariladi, dorilar tayyorlanadi. Qo’shimcha ko’makchi xonalarga: paketlardan olish (ajratish), xodimlar xonasi, omborxonalar kiradi. Dorixonani birinchi qavatda loyixalash qulaydir. Palotogoanatomik bo’lim (morg) laboratoriya, seksion ishlar va qo’shimcha xonalari bo’lgan motam (ta’ziya) zalidan tashkil etiladi. Xizmat xonalari va maishiy xonalar shifoxonada bir nechta xonalar guruhidan tashkil etiladi. Vestibyul guruhi shifoxonadagi o’rinlarning 70% iga nisbatan tashrif buyuruvchilar soni orqali hisoblanadi. Vestibyullardan tashqari bularga: ma’lumot berish xonasi, bemorlar va davolovchi, shifokorlar bilan suhbatlashuvchi hamda bemorlarga olib kelingan maxsulotlarni taqdim etuvchilar uchun xonalar kiradi. Xizmat xonalari guruhiga: shifoxona rahbariyatining kabinetlari, devonxona, buxgalteriya, tibbiy arxiv, statistika kabineti, shifokorlar va bemorlar uchun kutubxona, mashg’ulotlar o’tkazish xonalari, xodimlar uchun oshxona kiradi. Konferens-zal umumiy xodimlar sonining 50% iga teng o’rinli qilib, universal tarzda loyihalanadi. SHifoxona kompozisiyasida vestibyul guruhini va yirik konferens-zalni aniqlash katta rol o’ynashi mumkin. Maishiy xonalarga: choyshab va yostiq jildlarini saqlash xonasi, sartaroshxona, sanitar punkti, xodimlar uchun garderoblar, tibbiy jihozlarni ta’mirlash ustaxonasi kiradi. Maishiy-xizmat xonalarning joylashishi davolash jarayoniga xalaqit bermasligi kerak. Ma’muriy xonalar zonasidan tranzitga (o’tishga) ruxsat etilib, bu shifoxona ichidagi harakat grafigi echimini engillashtiradi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling