Dak raisi “Arxitekturaviy loyihalash”


Ko‘p tarmoqli shifoxona bitiruv malakaviy ishni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar doirasida quyidagi ishlarni olib bordim


Download 0.63 Mb.
bet5/15
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1166441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
AKRAMOV islom YOZUV

Ko‘p tarmoqli shifoxona bitiruv malakaviy ishni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar doirasida quyidagi ishlarni olib bordim:
- regional aholining joylashuvini urgandim u 70%-80% ekanligi aniklandi;
- respublikaning tabiiy-iqlimiy va ijtimoiy-iqtisodiy hususiyatlarini tanlash haqida ko’nikmalarga ega buldim;
Shifoxonalarni loyihalashdagi asosiy masalalarga: shifoxonaning me’moriy kompozisiyani yaratish, eng ijobiy (optimal) hajmiy-fazoviy echimini topish va tanlash, texnik talablarni bajarish kiradi. SHifoxonaning kom­pozision asosini aniqlovchi omillarga umumiy shahar qurilishi rejasi, shifoxona maydonining bosh tarxi, strukturasi (bo’linmalar tizimi), shifoxona sig’imi, eng samarali qavatliligini aniqlash, bo’linmalarning o’zaro texnologik bog’lanishlari, sanitariya-gigienik talablarning xarakteri va darajasi kiradi. Bu omillarni loyihalash jarayoniga qo’llash badiiy va estetik talablar, mahalliy qurilish sharoitlarini e’tiborga olgan holda eng sodda va har tomonlama qulay shifoxona binolari arxitekturasini yaratishga yo’naltirilgan umumiy talablardan kelib chiqishi zarur. SHifoxonaning bosh tarxi korpuslar o’rnatilgan xududni zonalashtirilishini, o’tish va kirish joylarining tashkil etilishini, shuningdek, atrof-muhitni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish darajasini nazarda tutishi kerak. Asosiy masala bemor uchun mumkin qadar qulay sharoitlarni yaratib berishdir. Shu maqsadda umumiy hudud shifoxona xiyoboni (bog’i), o’tish joylari (bemorlarni ko’rgani keluvchilar, bemorlarni qabul qilish va boshqalar), asosiy, binolar va ikkinchi darajali, xizmatchi bino va inshootlarga ajratiladi.
Shifoxonaga tegishli bog’ maydonlari (uchastkalari)ning o’lchamlarini sha­har, qishloq va aholi yashash punktlarining rejasi va qurilish talablariga (me’yorlariga) ko’ra, shuningdek, shifoxona sig’imiga bog’liq ravishda, ya’ni bir o’ringa 80 dan 350 m2 gacha bo’lgan oraliqda aniqlanadi. SHifoxona strukturasi, ya’ni davolash bo’limlari tizimi uzoq davr mobaynida tibbiyot fanlari va texnikasi erishgan yutuqlariga bog’liq ravishda rivojlanib keldi.
SHifoxonalarda quyidagi asosiy strukturaviy bo’linmalar ajratiladi: qabul bo’limlari va bemorlarga konsultasiya berish xonalari, palatalar bo’limi, davolash-tashxislash bo’limlari va xonalari, laboratoriyalar, markaziy sterillash bo’limi, dorixona, oziq-ovqat tayyorlash xizmati, patologo-anatomik bo’lim, ma’muriy-xo’jalik xonalari, kir yuvish xonalari.
Ba’zi bo’linmalar o’z navbatida kichik bo’limlardan yoki xonalar guruhidan tashkil etiladi. Masalan, davolash-tashxislash bo’limlariga rengenologik bo’lim, operasion blok, salomatlikni tiklash-davolash (fizioterapiya) bo’li­mi va boshqalar kiradi. Palatalar bo’limi o’z modifikasiyasiga ega: kattalar uchun, bolalar uchun, yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlar uchun va boshqalar. Ma’muriy-xo’jalik xonalar guruhi (vestibyullar, ma’muriy xonalar, kutubxona, arxiv, dushxonalar, omborxonalar va hokazo) texnik xonalarali (hisoblash va diktofon markazlari, ustaxonalar, havoni konditsasiyalash kameralari va boshqalar)ni ham o’z ichiga oladi.
Kichik va o’rta, ya’ni 300—400 o’rinli shifoxonalar uchun barcha yoki aksariyat bo’limlarni nisbatan (soddaroq konfigurasiyadagi) bir korpusda mujassamlashtirish mumkin, 600 o’rinli shifoxonalarda oraliq echimlar qo’llaniladi. Yirik shifoxonalardagi hajmiy-fazoviy qurilmaning rivojlanishi yanada murakkabdir. Agar aniq sharoitlar talab etsa, kichik va o’rta sig’imdagi shifoxonalarning rejasi va hajmini murakkablashtirish mumkin.
Hozirgi davrda shifoxonalarning qavatliligi yong’in xavfsizligi texnikasining rivojlanish darajasiga ko’ra chegaralangan bo’lib 9 qavatgacha belgilangan. SHunday bo’lishiga qaramasdan, tegishli asoslashlar va yong’in xavfsizligi ta’minlanishi (signalizasiyalar, xonalarni sprinklerlash va bosh­qalar) bilan ko’p qavatli binolarni loyihalashga ruxsat etiladi.
SHifoxona majmuasidagi har bir strukturaviy bo’linma o’zining rejaviy-texnolo­gik xususiyatlariga ega.
Qabul bo’limida bemorlarni ko’rib chiqib, kasallikni aniqlab, bemorni tegishli palata bo’limiga yo’naltirish faoliyati amalga oshiriladi. Qabul bo’li­mi qoshida travmatologik punkt va tashxis qo’yilmagan bemorlar uchun katta bo’lmagan palatalar guruhi tashkil etilishi kerak.
Qabul bo’limi, odatda, birinchi qavatda, sokol qavatida yoki pandus moslamasi bilan ikkinchi qavatda joylashtirilishi mumkin.
Vestibyul oldida tez yordam mashinalari uchun yopiq tambur qurilmasi bo’lishi maqsadga muvofiq. Bo’lim yoki stasionar shifoxonaning asosiy elementlaridan biridir. Palata bo’limining sig’imi, odatda 60 o’rindan iborat bo’lib, uni 90—120 o’ringacha ko’paytirish yoki 30—45 o’ringacha kamaytirish mumkin.
Palata bo’limlarini ikkinchi qavatdan boshlab joylashtirish maqsadga muvofiq.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling