Dalalarni paxta xosilini yig`ib-terib olishga tayyorlash va terish. Reja
Shpindelli mashinada terilgan paxta va podborning iflosligi hamda namligi
Download 380.5 Kb.
|
4-mavzu. Dalalarni paxta xosilini yig`ib-terib olishga tayyorlas
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iflosligi,% Namligi, % Paxta Sorti
- Aslida bo`lishi kerak Yo`l qo`yilishi mumkin, qabul qilish chega-rasining normasi
- Nazorat savollari.
Shpindelli mashinada terilgan paxta va podborning iflosligi hamda namligi
Urug`lik chigit tayyorlanadigan maydonlardagi g`o`zani defoliatsiya qilish uchun faqat o`simlikka yumshoq ta’sir etuvchi preparat ishlatiladi. Urug`lik paxta ikki yarusli paxta terish mashinasi bilan faqat bir marotaba teriladi. Bunda g`o`za bargi 80% ortiq to`kilgan va g`o`za tupidagi xosilning o`rta xisobda 70-75% ochilgan bo`lishi kerak. Chigitning mexanik shikastlanishi 1% dan oshmasligi kerak. Paxtani tayyorlov punktiga topshirishda xamma xujjatlarga qo`lda terilgan paxta sifatiga qarab, masalan: birinchi sortga-I, ikkinchi sortga-II, va xokazo yoziladi. Agar topshirilayotgan paxta mashinada terilgan bo`lsa yuk xatga «M» xarfi yoziladi. To`kilgan paxta qo`lda va mashinada terilgan bo`lsa «P» (podbor) harfi yoziladi. To`kilgan paxta qo`lda terilsa, to`kilgan paxta mashinada terilsa III- sort -«ShP» yoziladi. To`kilgan paxta va ko`rak-ko`sak qo`lda terilib, dala sharoitida ko`sak chiviydigan mashinada tozalansa tegishli standart sort bo`yicha qo`lda terilgan deb qabul qilinadi. Mashina terimi paxta sortlari bo`yicha qabul qilish shartlari quyidagicha: (o`rta tolali g`o`za navlari uchun). I-sort paxtasi qo`lda siqib qo`yib yuborilganda ukparlanib asl shakliga qaytadi. G`o`zaning naviga, parvarishlash sharoitiga qarab I-sort paxta oq novvot rangda bo`ladi. Tola uzulish kuchi 4,4 g/k va undan yuqori. Shudring va yomg`irdan so`ng tola ustida sariq dog`lar paydo bo`lishi mumkin. Paxtasi yakka chigit paxta bo`lib, bo`lakchasi (chanoqdagi paxta) bir oz cho`zilgan bo`lib, tolalari salgina buralgan. II-sort paxtasi I-sortga nisbatan kamroq ukparlanadi, asosan to`liq yetilgan. Kam suvlikda past xaroratda va boshqa noqulay sharoitda ochilgan ko`saklardan terib olinadi. Bu sortli paxtaning rangi naviga va parvarishlash sharoitiga qarab oq yoki och novvot rangli (ingichka tolali navlarda xiraroq) bo`ladi. Shudring yoki yomg`irdan keyin tolasida sariq dog`lar bo`lishi mumkin. Tolaning uzilish kuchi 3,9-4,3 g/k. Paxtasi aloxida 1 dona chigitli paxta va bo`lakchasida cho`zilgan tolalar uchrashi mumkin. Bu hildagi tolaning sirti yiltirab, jilolanib turadi. III-sort ochilgan va chala ochilgan ko`saklardan terib olinadi, paxtasi asosan yetilmagan, ichida xomlari ham aralashgan bo`ladi. Bu sortga mansub paxta II- sortga nisbatan xam kamroq ukparlanadi. qo`lda siqilganda asl shakliga kam qaytadi. Rangi oqish xiradan och novvot ranggacha bo`lib, tola sirtida to`q sariq dog`lar uchraydi. Bo`lakchasi cho`zilgan, tolalari buralgan. Unda aloxida-aloxida yetilmagan va cho`zilmagan bo`lakchalar aralashgan bo`ladi. Paxtasi yaltiroq, silliq chanoqlardagi xar hil kattalikdagi xom paxtani eslatadi. Tolaning uzilish kuchi 3,2-3,8 g/k. IV-sort xom to`liq yetilmagan, chala ochilgan va ochilmagan ko`raklardan terib olinadi. Paxtasi qo`lda siqilganda ko`pchimaydi, ukparlanmaydi, asl xoliga qaytmaydi, rangi oq xira yoki och novvot rangdan, to`q novvot ranggacha tovlanadi, tola sirtida qoramtir (ingichka tolali g`o`za navlarida paxtaning rangi och novvot rangdan sariq novvot ranggacha bo`lib, tolasida to`q sariq) dog`lar bo`ladi. Unda o`lik tolalar III- sortdagiga nisbatan ko`p bo`lib, yaltirab tovlanib bo`lakchasini deyarli qoplab turadi. Bu hildagi paxta asosan, ko`sak va ko`raklar terib olingandan keyin ko`sak chuviydigan mashinalardan o`tkaziladi va tozalanib chiqariladi. Bu sortda tolaning uzulish kuchi 3,1 g/k dan va undan past bo`ladi. Aprobatsiya rejasi hamda uning umumiy maydonlari barcha viloyatlarda ishlab chiqiladi va O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanib, yalpi paxta terimi hosili boshlanguncha Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, viloyatlar Qishloq va suv xo`jaligi boshqarmalari hamda «O`zpaxtasanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalar, viloyatlar g`o`za urug`chiligi birlashmalari va «Davurug`nazoratmarkaz» lariga yetkaziladi. Agronom-aprobatorlar urug`lik paxta yetishtirishda eng yaxshi, serhosil, navdorligi yuqori dalalarni tanlab olish uchun aprobatsiya vaqtida quyidagilarga e’tibor berishlari zarur: I. Barcha fermer xo`jaliklarida ekilgan hamda sarflangan urug`lik chigit to`g`risidagi hujjatlarning mavjudligi, shu hujjatlar bo`yicha mavjud selektsion nav, reproduktsiyasi hamda navdorligi haqidagi ma’lumotlar aprobatsiya rejasi bilan taqqoslanib, o`zaro mos kelishi, qayta ekish yoki olasiga ekilgan bo`lsa, ular uchun sarflangan urug`lik chigit miqdori ham hisobga olinadi, agar g`o`za navi, reproduktsiyasi yoki navdorligi orasida farq bo`lsa, bu haqda darhol katta aprobatorga xabar beriladi. II. Urug`lik tayyorlashga yaroqsiz dalalar brakka chiqariladi va aksincha, yaxshi, toza dalalarni tanlash uchun aprobatsiya qilinadigan barcha dalalar to`liq ko`rib chiqiladi. Boshqa nav chigiti yoki shu navning boshqa reproduktsiyasi ekilgan hamda juda qurib qolgan dala, kam hosilli va zararkunanda hamda kasalliklar bilan kuchli zararlangan o`simliklar yaroqsizga chiqariladi. III. Barcha aprobatsiya qilingan maydonlarda (kam hosilli, chanqatib qo`yilgan, navdorligi pastligi sababli urug`lik tayyorlashga yaroqsiz, deb topilgan maydonlardan tashqari) g`o`zalarning vertitsillyoz yoki fuzarioz vilt va gommoz bilan zararlanganlik darajasi aniqlanadi. 1. Gommoz bilan zararlanish o`simliklarning qaysi organi zararlanganligidan qat’iy nazar, umumiy zararlanish hamda meva elementlarining (ko`sak, gul-meva, ko`sak bandi) zararlanganligi alohida-alohida foiz hisobida aniqlanadi. 2. G`o`zaning gommoz bilan zararlanganlik darajasi quyidagi usulda aniqlanadi: a) elita va birinchi reproduktsiyali urug`lik ekilgan maydonlarda vilt va gommoz bilan zararlanganlik shaxmat usulida namunalar olish yo`li bilan aniqlanadi. Buning uchun bir gektardagi 10 tup o`simlikdan iborat 10 ta namuna olinadi. b) ikkinchi va undan keyingi reproduktsiyalar ekilgan maydonlarning har bir gektaridan 10 ta o`simlikdan iborat bitta namuna olinadi. 3. G`o`zalarning vilt, gommoz va boshqa kasalliklar bilan zararlanish darajasi namunadagi barcha o`simliklarda hisobga olinadi. Meva elementlarining gommoz bilan zararlanish darajasi har qaysi namunadagi oxirgi ikki tup o`simlikdagi sog`lom va zararlangan meva elementlarini (ko`saklar, meva bandi va gul yonligi) sanab chiqish yo`li bilan aniqlanadi. 4. G`o`zalarning vertitsillyoz, fuzarioz vilt va gommoz kasalliklaridan qay darajada zararlanganligiga qarab, aprobatsiya o`tkaziladigan dalalar ikki guruhga bo`linadi: birinchi guruhga vertitsillyoz vilt va gommoz bilan 5 foizgacha zararlangan dalalar kiritiladi. Ushbu guruhga kiritilgan dalalardagi g`o`zalarning fuzarioz vilt va meva elementlarning zararlanganligi kiritilmaydi; ikkinchi guruhga g`o`za vertitsillyoz vilt bilan 5–15 foizgacha, fuzarioz vilt bilan 3 foizgacha, gommoz bilan esa 5–10 foizgacha va meva elementlari 1 foizgacha zararlangan dalalar kiritiladi. g`o`zaning ildiz chirish kasalligi bilan zararlangan maydonlarni biror guruhga kiritishni har yili Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi belgilab beradi. So`nggi yillarda ildiz chirish kasalligi bilan zararlangan maydonlar urug`lik tayyorlashdan chiqarib yuborilmoqda. IV. Mo`ljallangan yalpi va urug`lik paxta hosili barcha elementlarini, jumladan bir gektardagi o`simliklar sonini, bir tupdagi ko`saklarning o`rtacha sonini, bitta ko`sak paxtasining vaznini hisoblab chiqish bilan aniqlanadi. Mo`ljallangan hosil har bir dala bo`yicha alohida aniqlanadi. Buning uchun mazkur dalaning turli qismidagi har 10 metridagi g`o`zalar va ulardagi ko`saklar sanab chiqiladi. Namunalar dala diagonali bo`ylab, bir burchagidan ikkinchi burchagigacha, har 100 qatordan keyin olinadi. Har bir namunada 10 metr oraliqdagi o`simliklar va ulardagi ko`saklar soni sanab chiqiladi. So`ng ko`saklarning umumiy soni o`simliklar soniga bo`linsa, namunalardagi har bir o`simlikka o`rtacha nechta ko`sak to`g`ri kelishi topiladi. Namunalardagi o`simliklar va ko`saklar soni aniqlangandan keyin muayyan dalaning har gektaridagi o`simliklar va keyin ko`saklarning o`rtacha soni hisoblab chiqariladi. V. Fo`zaning navdorligi aprobatsiya qiluvchi agronom tomonidan fermer xo`jaliklarida har bir nav va reproduktsiyalar bo`yicha alohida ajratilgan uchastkalarda aniqlanadi. Ajratib qo`yilgan har qaysi dalaning eng tipik qismidan bir-biridan kamida 20 metr uzoqlikda joylashgan, g`o`zalari bir hil rivojlangan ikki qator tanlab olinadi va har qaysi qatordan 100 tup bir hil rivojlangan g`o`zalarni ko`rib chiqadi hamda har bir tup g`o`zaning navga xos ekanligini aniqlaydi. Bunda kasallangan hamda ayrishox g`o`zalar hisobdan chiqarib yuboriladi. G`o`za navining navdorligini aniqlash uchun ajratilgan maydonlarda g`o`zalar chekanka qilinmaydi. G`o`zalarning navdorligini aniqlashda g`o`zaning morfologik belgilariga: -g`o`za bargining katta-kichikligi, shakli, rangi; -bosh poyaning balandligi, rangi, tukliligi; -hosil shoxining tipi va o`simlik tupining shakli; -ko`saklarnig katta-kichikligi, shakli, yuzasining silliqligi, tumshuqchasining shakli; -ingichka tolali g`o`za navlarida yuqorida ko`rsatilgan belgilardan tashqari, gultojibargining rangi va undagi antotsian dog`ning bo`lishi ham hisobga olinadi. Aprobatsiya qilinadigan navga xos g`o`zalar va navga xos bo`lmagan hamda mevasiz o`simliklarning soni aniqlanib, har qaysi qatorning navdorlik foizi, ya’ni aprobatsiya qilinadigan nav uchun xos bo`lgan g`o`zalarning qatorda ko`rib chiqilgan barcha o`simliklarning umumiy soniga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi. Ikki qatordan olingan o`rtacha arifmetik son mazkur dala bo`yicha navdorlik darajasini beradi. Aniqlangan navdorlik darajasining to`g`riligini tekshirib ko`rish uchun olingan ikki qatorning (namunaning) navdorlik foizlari bir-biri bilan solishtiriladi. Agar navdorlik 95–100 foiz bo`lsa, har ikkala ko`rsatkich orasidagi farq 1 foizdan, navdorlik 90–94 foiz bo`lganda 2 foizdan, navdorlik 90 foizdan past bo`lganda 4 foizdan ortiq bo`lsa o`sha qatorlarning o`zidagi g`o`zalar navdorligi qayta hisoblanadi. VI. Aprobatsiya natijalari aprobatsiya dalolatnomalarini tuzish bilan rasmiylashtiriladi. Tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limlari, paxta tozalash korxonalari va paxta urug`chiligi laboratoriyalari dala aprobatsiyasi to`g`risida tuzilgan dalolatnomalar (1, 2, 3-shakllar) asosida aprobatsiya natijalari haqida hisobot tuzadilar va aprobatsiya tamom bo`lgandan keyin 3 kun ichida shu hisobotni viloyat Qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasiga hamda Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga taqdim etadilar. Viloyatlar Qishloq va suv xo`jaligi boshqarmalari «Viloyaturug`nazorat-markaz», g`o`za urug`chiligi va «Paxtasanoat» hududiy birlashmalari bilan birgalikda dala aprobatsiyasi natijasiga ko`ra, urug`lik tayyorlashning dastlabki rejasiga muvofiq paxta tozalash korxonalariga urug`lik paxta va chigit tayyorlash rejasini g`o`za navlari va reproduktsiyalari bo`yicha tayyorlaydi. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi dala aprobatsiyasi natijalari asosida hamda «O`zdavurug`nazoratmarkaz»ning dala-grunt nazorati laboratoriyasidan olingan ma’lumotlarni hisobga olgan holda, aprobatsiya qilingan g`o`zalarning navdorlik darajasini tasdiqlaydi va «O`zpaxtasanoat» uyushmasi bilan birgalikda urug`lik paxta va chigit rejasini belgilaydi. Bu reja 1 sentyabrdan kechiktirmay g`o`za navlari hamda reproduktsiyalari bo`yicha belgilangan tartibda Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, barcha viloyatlar Qishloq va suv xo`jaligi boshqarmalari, hududiy «Paxtasanoat» korxonalari va g`o`za urug`chiligi birlashmalariga yetkaziladi. Ular o`z navbatida har bir tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limlari, paxta tozalash korxonalari va ularning paxta urug`chiligi laboratoriyalari, paxta qabul qilish maskanlari hamda fermer xo`jaliklariga paxta tayyorlash rejasini yetkazadilar Nazorat savollari. 1.Paxtani 1-terishda necha foyiz ko`sak ochilganda terib boshlanadi? 2.Dalani terimga sifatli tayyorlash uchun qanday ishlar bajariladi? 3.Paxtani sifatli terish uchun nima qilish kerak? 4.Urug`lik paxta necha marta teriladi? 5.G`o`za bargi necha foyiz to`kilganda paxta mashinada teriladi? Download 380.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling