Dam olish daqiqalari
Download 93.5 Kb.
|
Dam olish daqiqalari
Darslar uchun shiorlar:
1. Shoshilmaymiz, oz yozamiz, Lekin toza, soz yozamiz. 2. O’tirishim to’g’ri, soz. Qoidaga juda mos. Ko’kragimni men sira O’tirganim yo’q tirab Chiroyli yoz yozsang xat, Chunki bu ham zo’r san’at. 3. Ona tilim - oy tilim, Hikmatlarga boy tilim. Shon tilim, shavkat tilim, Mustaqil davlat tilim. 4. Ona tilim – jonu dilim, Sen-la olay chuqur bilim, Yozuv darsin boshlaymiz, Olg’a qadam tashlaymiz. Daftarlarni chiqarib Ruchkalarni shylaymiz. Chiroyli yozish uchun Bor kuchimiz sarflaymiz! 5. A’lochilar sinfi bu Chakki emas ishimiz. Bir sinfga to’planganmiz, A’lodir o’qishimiz! 6. Biz sinfda anchamiz, Lekin zo’r sinfchamiz. Bo’sh kelmaymiz darslarda Biz “besh”chimiz, “to’rt”chimiz, A’lochi o’quvchimiz! 7. O’qish kitob ochildi, Ko’z nurlari sochildi. O’qish kitobi bizni Yetaklar o’g’il-qizni. Yetaklar bilim sari Nurli kelajak sari. 8. O’qituvchi: Bugun oddiy dars emas, Balki sinov darsidir, O’tib olsak sinovdan Bu hammaga yaxshidir. Qani, ayting, bolalar, Kim navbatchi bo’ladi? Bugungi kun hisobin Menga aytib beradi? 9. Salom, ona tili darsim, Bilim olish maqsadim. Kelishtirib so’zlarni Tuzarman ko’p gaplarni. Qanot bog’lab parvozga Ergashamiz ustozga. Sinfim – mening gul bog’im, Ko’pdir do’st-u o’rtog’im. 10. Darslarimiz xilma-xil, Ongim o’sar yilma-yil. A’lo o’qishdir burchim Sarf etaman bor kuchim! 11. O‘qituvchi: Shodlik to‘lsin desangiz, Yuragimga, dilimga. A’lo o‘qing maktabda Mehr qo‘yib bilimga. 12. Varaqlasam bir boshdan, Quvnab bahrim ochilar, Oltin harf so’zlardan Totli ma’no sochilar. Shuning uchun deyman-ki, Kitob mening do’stimsan! 13. Maktabda doim O’qiyman a’lo Qiyin ishlardan Qochmayman also. Sport mashqlarin Qilmayman kanda Kuch bilan aql Bo’lar sog’ tanda! 14. Qushlarga eng birinchi Uchishni o’rgatarlar. Bolalarga birinchi O’qishni o’rgatarlar. Katta bo’lgach, albatta, Qushlar uchishi kerak. Bolalar-chi, albatta, A’lo o’qishi kerak! 15. Mening o’qib, yozganim, Oltin-kumush qazganim, Tilak sari uchishga Go’yo qanot yozganim. 16. O’quvchilar: O’qish – bu odob ilmi, Berar bizga hayotdan saboq U bordir-ki, hayot sururli, U bordir-ki, kelajak porloq. O’qituvchi: Ushbu dars yoqar kimga? Qani, ayting-chi, menga? O’quvchilar: Sizga, bizga, hammaga, Yoqar ushbu darsimiz. Chunki kitob o’qishga Havas uyg’otgan o’zingiz! 17. Biz o’qiymiz hozirda ……..nchi maktabda A’lo o’qib albatta Olim bo’lish niyatda. 18. Salom maktab, jon maktab! Seni sevaman maqtab. Bizga ochgin quchog’ing Yoningda gulzor. bog’ing. 19. O’qituvchi: Salom, aziz bolalarim, Gulu rayhon, lolalarim Qani, tinglang so’zlarim Jajji o’g’il-qizlarim. Ona yurt egasi – siz, Istiqlol ertasi – siz, Bo’ling aqli rasolar, Ham bilimdon, donolar. O’quvchilar: Bizlar yaxshi bolamiz, Ochilgan gul-lolamiz. Ota-ona izmidan, Ustozlarning so’zidan, Bizlar also chiqmaymiz, Darsga shay gul-g’unchamiz! Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling