10. “O`z so`zingni top” o`yini
Sinf o`quvchilari ikki guruhga bo`linadi. Har bir guruhdagi bolalar berilgan matndan o`qituvchi bergan topshiriqqa oid so`zlarni tanlab oladi. Birinchi guruhdagi o`quvchilar matndagi ot so`z turkumiga oid so`zlarni, ikkinchi gurugdagilar sifat so`z turkumiga oid so`zlarni tanlab yozadi. Buning uchun o`qituvchi so`zlar yozilgan ko`chma doska yoki kartonni bolalarga ko`rsatadi. Har ikkala guruh ham ishga tushib ketadi, Qaysi guruh tez va to`g`ri bajarsa o`sha guruh g`olib hisoblanadi va rag`batlantiriladi.
So`zlar: Kartoshka, shirin, parta, baland, olma, katta, qora, kichik, tuzli, o`rik, ko`rkam, nordon, kitob, yoqutday, daftar, ko`k, bodring, achchiq, paxta, pilla, taxir, qalam, ruchka,do`ppi, bo`r, totli.
11. “So`z ichida so`z” oyini
Ushbu oyin o`quvchilarning fikrlash faoliyatini o`stiradi. So`z tarkibi va so`z turkumlari va so`zning luga`viy ma`nosini yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlaydi. O`quvchida har bir so`zga va tovushga alohida diqqat bilan qarash ko`nikmasi shakllanadi. Buning uchun o`qituvchi xattaxtaga bitta so`zni yozib qo`yadi. O`quvchilar ana shu so`z ichidagi tovushlar ishtirokida yangi so`zlar tashkil qiladi. Agar o`yin guruhlar o`rtasida o`tkazilsa har bir guruh navbatma –navbat bittadan so`zni xattaxtaga yozib boradi. So`z topa olmagan guruh yengilgan hisoblanadi.
12. “Mozaika (ermak)” o`yini.
Bu o`yinda to`rt o`quvchi ishtirok etadi. Ularning har biriga 20-25 tadan bo`g`in yozilgan kartochkalar solingan konvert beriladi. Konvertda har xil bo`g`inlar o`rin oladi. Bu bo`g`inlar ishtirokida ruzilgan so`zlar ma`lum tartib bilan joylashtirilib chiqilsa, qisqaroq hikoya, sheriy parcha yoki to`rtlik hosil bo`lishi mumkin. O`quvchilar ushbu o`yin orqali gapda so`zlarning bog`lanishini,so`zlarni tashkil qilishda bo`g`inning rolini bilib oladi. Har bir o`quvchiga beriladigan kartochkalar iloji bo`lsa alohida rangda bo`lishi zarur. Bu kartochkalarning almashib ketishi natijasida kelib chiqadigan bir qator muammolarning oldini oladi. O`quvchilar konvertlarni olib o`yin qoidasi bilan tanishib bo`lishgandan keyin, o`qituvchi matnni o`qiydi.Qaysi o`quvchi birinchi bo`lib bo`g`inlarni to`g`ri joylashtirib o`qib bersa o`sha g`olib hisoblanadi. Matnda bosh harflar bo`g`inda ifodalanish zarur.
Shod-lik-ka to`l-di
Bu-gun u-yi-miz.
Qut-lug` bay-ram-dir
Yan-gi yi-li- miz.
Tinch bo`l-sin o-lam,
Bor bo`l-sin deh-qon.
To`x-tab qol-ma-sin
Hech bir te-gir-mon.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |