Dam olish daqiqalari
Download 93.5 Kb.
|
Dam olish daqiqalari
Dam olish daqiqalariTo’plovchi : Yulduz Atadjanova Urganch – 2014 HUSNIXAT DARSLARIda Quvnoq dam olish daqiqalari uchun she’rlar: 1.
Barchamiz ahil-inoq. O’rnimizdan turamiz, Asta joyda yuramiz, Qo’llarni ko’taramiz, So’ngra chapak chalamiz. Qo’llarni tushiramiz, Boshni chapga va o’ngga Aylantirib olamiz. Birozgina dam olib Keyin yana yozamiz. 2. Qushlar uchib keldilar, Ko’lmakchaga qo’ndilar, U yon- bu yonga qarab Yana uchib ketdilar 3. Barmoqcham, barmoqcham, Yozishni sen tez o’rgan. O’rganmasang yozishni Deyman seni: Lapashang! 4. Yoza-yoza qo’llarim toldi, Bir ozgina yozuvim qoldi. Dam olaman ozgina, So’ng yozaman sozgina. 5. Elakda un elandi, Supra unga belandi. Xamir qordik ko’pgina, Kulcha yopdik tezgina. 6. Shamol bo’ldi, Yomg’ir yog’di. Dala-dashtga Nima bo’ldi? Quyosh chiqdi, Gul ochildi. 7. Bir, ikki, uch Barmoqlarga kirsin kuch. 8.
Ayiq bo’lib yuraman, Quyon bo’lib sakrayman, O’quvchi bo’lib o’tiraman. 9. Dutor chalaman, Doira chalaman, Pianino chalaman, G’ijjak chalaman, Raqsga tushaman, Bir aylanib, Joyimga o’tiraman. 10. Boqqa kirsam olmalar Qip-qizarib pishibdi. Silkitibdi shamollar, Yerga to’p-to’p tushibdi. 11. Oyim yopar kulcha non, Menga yoqar u chunon, Bizlar o’tin tashiymiz Tandir qizdirish uchun 12. G’oq- g’oq- g’oq Nega pating oq? Suvda suzaman, Shuning uchun oq. 13. Chumchuq chuq-chuq etadi, Donni cho’qib ketadi. Donni cho’qsa mayli-ya, Nega to’kib ketadi? 14. G’ozlar qo’shiq kuylaysiz G’oq - g’oq - g’oq. Qayerlarda o’ynaysiz, G’oq - g’oq - g’oq. Uchib-o’ynab ko’klarda, G’oq - g’oq - g’oq. Cho’milamiz ko’llarda G’oq - g’oq - g’oq. 15. O yallo, yallo, Jamalagi tillo. Maktabga kelamiz, “Besh” baho olamiz, Quvonishamiz, Uyga ketamiz. 16. Bizlar yosh bolalarmiz, Bog’dagi gul-lolalarmiz. Ham o’qiymiz, ham yozamiz, Charchasak, dam olamiz. 17. Uzum uzdik bog’lardan, Lola terdik tog’lardan. Endi asta o’tiramiz, Yalqovlikdan qutilamiz. 18. Gulzorimda kapalak Guldan – gulga qo’nadi. Tutib olay deganda Tutqich bermay qochadi. Agar poylab turmasam Gulni uzib ketadi. 19. Biz o’rmonga boramiz, Qo’limizda boltamiz. Daraxtlarni chopamiz, Bir, ikki, uch, to’rt, Ufff, charchadik.. 20. To’g’ri o’tirganning, Daftarni to’g’ri qo’yganning, Ruchkani to’g’ri ushlaganning Yozuvi bo’lar chiroyli. 21. Ruchkam deydi: Yozavergin, Ilm konin qazavergin, Ayab sira tindirmagin, Meni also sindirmagin. Qog’ozlarda izim qolsin, Elga aytar so’zim bo’lsin! 22. Chumchuq etsa pirrr, Yuragi etib shirrr. Qo`rqoq quyonvoy, Yuguradi zirrr. 23. Qarg`a qarillarr, Varrak varillarr. Tarnovda suvlarr, Oqib sharillarr.... 24. Bo`yin cho`zib qarag`ay, Yon atrofga qaragay. Der u: barcha daraxtdan, Baland akang qarag‘ay. 25.
Anjir yedim yapalog‘idan. Olcha yedim qo‘shalog‘idan, Dehqon bobomning shapalog‘idan. 26. Daraxt tagin yumshatamiz, Daraxtga suv quyamiz. Daraxtim o`sib ketdi, Bo`yi osmonga yetdi. 27. Ayiq asal yalabdi ko`p, ko`p, ko`p, Arilar ham talabdi xo`p, xo`p, xo`p, Yur, yordamga boraylik tez, tez, tez, Tartibga chaqiraylik biz, biz, biz, biz. 28. Yo’lda yurib Sotvoldi Yerdan tanga topvoldi. -Olib yegin, deb, makka, Berdi uni chittakka 29. Semizligi yostiqdaka Sakrab – sakrab o’ynar baqa “Vaq –vaq - vaq”, “qur- qur - qur” Qanday maza suzsang nuqul! 30. Yoza- yoza qo’llarimiz charchadi. O’qiy- o’qiy ko’zlarimiz charchadi. Birozgina dam olamiz, “Besh” bahoni biz olamiz. 31. Rosa maza qish, Qorlari kumush. Oq kiygan atrof Qish havosi sof. 32. Bog’bon chiqar bog’iga, Cho’pon ketar tog’iga Bolarilar g’uvillab Qo’nar gul yaprog’iga Suvlar shildirab oqar, Qo’shig’i dilga yoqar. Bizga shodlik keltirding, Salom, senga gul bahor! 33. Bo’m-bo’sh dala –qir, Yog’adi yomg’ir Qushlar uchdilar, Barglar tushdilar. Sariq dala-tuz Hamma yoqda kuz! 34. Bog’da uchar ninachi, Gulni quchar ninachi, Yozganda ikki qanot Xuddi ko’kda samolyot. 35. Shalpangquloq quyonim, Endi sakrab o’ynasin, Mazza qilib quvnasin. Kimdandir cho’chib ketdi, Quyoncham qochib keetdi. 36. Baliq – baliq, baqaloq Akulaga chaqaloq. Qani endi, zo’r bo’lsang, Akvariumdan chiqib boq. 37. Echki kiyibdi etik, Yana bo’libdi tetik. Kiyibdi to’rt oyoqqa Chopqillabdi har yoqqa. 38. Non ushog’in sochmaymiz, Yerda yotsa bosmaymiz. Terib olib avaylab Qush oldiga tashlaymiz. 39. Quyosh kulyapti, Bizlarga qarab. Nurga to’lyapti, Qarang to’rt taraf. Quyosh bizniki, O’g’il – qizniki! 40. Quyon, quyon, Kelgin buyon. Qo’rqma uncha, Qurdik uycha. Sovuq kunda Mazza bunda! 41. Yoza-yoza charchadik, Qo’llarimiz dam olsin. O’qiy –o’qiy charchadik, Ko’zlarimiz dam olsin. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling