Daminova dilnovoz


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana15.05.2020
Hajmi1.2 Mb.
#106247
1   2   3   4
Bog'liq
boshlangich sinf mehnat darslarida qogozdan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi


 

 

 

 

 

 

 

16 


I-bobga xulosa 

          Bugungi kunda respublikamizning barcha sohalarida bo’lgani kabi 

ta`lim va tarbiya tizimini isloh kilish, milliy kadrlar tayyorlashni zamon 

kadrlar  darajasiga  kutarish  masalasi  davlat  mikiyosidagi  muxim 

muammo sifatida karalmokda. 

           Shu  boisdan  bugungi  kundagi  mehnat  ta`limi    ham  amalga 

oshirishi  kerak  bo’lgan  bir  qancha  vazifalarni  o’z  oldiga  maqsad  qilib 

quygan.  Bu vazifalarni bajarishda mehnat ta`limi  o’qituvchisidan etuk 

bilimli, tajribali, mukammal bo’lishni talab etadi. 

         Mehnat  darslarida  qog`oz  bilan  ishlash  mashg`ulotlarini  qiziqarli, 

mazmunli  va  ilmiy-metodik  jixatdan  to’g`ri  tashkil  etish  har  bir 

o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. 

            Har  bir  fan  o’qituvchisiga  o’z  uslubi,  o’z  usulining  o’ziga 

xosligiga ega bo’lish huquqi berilgan, shuning uchun mehnat darslarida 

qog`oz  bilan  ishlash  mashg`ulotlarida    turli  ko’rgazmali  qurollardan 

foydalanib tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.  

           Mehnat ta`limida qog`ozdan amaliy ish topshiriqlarini  bajarishga 

o’rgatish  o’qituvchidan  muntazam  katta  tayyorgarlikni,    har  bitta  

mashg`ulotni    doimo  nazorat  qilishni,  o’quvchilarni  mashg`ulotga  oid  

bilimlar  bilan  qurollantirib,  uni  amalda  qo’llashni  va  mavzular 

mazmunini    mukammalashtirib  o’quv  jarayonini  to’g`ri  tashkil  etish 

talab etadi. 

        O’quvchilar  mehnat  darslarida  eng  avvalo    qog`oz  turlari,  ishlab 

chiqarilishi,  qog`ozning  hususiyatlari,  ishlov  berish  usullari  bilan 

tanishadilar.  Bu  barcha  o’quv  anjomlari  dafgarlar,  kitoblar,  o’quv 

qo’llanmalari,  bosiladigai  qog`oz  turlari:  yoziladigan,  muqova 

qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va oynoma qog`ozlaridir.     


 

17 


      Mehnat  ta`lim  darslarida  o’quvchilar  turli  qog`ozlarning  asosiy 

jismoniy  xususiyatlari;  rangi,  qalinligi,  zichligi

 

siyohni  shimish 



xususiyati, sathining xarakteri – siliq  g`adir-budirligi bilan tanishadilar. 

        Bu esa o’quvchilarni   qog`oz va kartonga ishlov berish malaka va 

ko’nikmalarini  egallashga,  ijodiy  qobiliyatlarini  o’stirishga,  bilimga 

qiziqishini o’stirishga yordam beradi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

18 


II bob. Boshlang’ich sinf mehnat darslarida amaliy ishlarni tashkil 

etishning shakl va metodlari. 

2.1. Mehnat darslarida qog`ozni buklash va qirqish usulida 

turli shakllarni hosil qilish texnologiyasi

        Boshlang`ich  sinflardagi  mehnat  ta`limi  dastur  materiallarini  tahlil 

qilar ekanmiz, barcha sinflardagi  ish turdaridan biri ―Qog`oz va karton 

bilan ishlash‖  ekanligini ko’ramiz. 

            Birinchi  sinfda  o’quvchilar  eng  avvalo  faqat  mehnat  darsi 

mashg`ulotlaridagina  emas,  balki  boshqa  darslarda  ham  to’qnash 

keladigan materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o’quv anjomlari daft 

 arlar,  kitoblar,  o’quv  qo’llanmalari,  bosiladigai  qog`oz  turlari: 

yoziladigan,  muqova  qilinadigan,  bosma,  rasm  solinadigan,  kitob  va 

oynoma qog`ozlaridir. Ta`lim jarayonida o’quvchilar turli qog`ozlarning 

asosiy  jismoniy  xususiyatlari;  rangi,  qalinligi,  zichligi

 

siyohni  shimish 



xususiyati, sathining xarakteri – siliq  g`adir-budirligi bilan tanishadilar. 

Boshlang’ich  sinflarda  ―Mehnat  ta’limi‖  darslarida  qog’ozdan  amaliy 

ishlarni bajarishga 1- sinf uchun 12 soat ajratilgan bular:  

  Kitob uchun xat cho’p yasash 



  Qog’ozni buklash asosida turli o’yinchoqlar yasash 

  Rangli qog’ozdan ―Baliq  o’yinchog’ini yasash va qurish 



  Maydalangan  rangli  qog’ozlardan  mozaika  usulida  mevalar 

shaklini yasash va hokazo. 

      2-  sinf    mehnat  ta’limi  darslarida  13  soat  qog’ozdan  amliy  ishlar 

bajarishga Qaratilgan quyidagi mavzulr asosida: 

  Qog’ozni buklash usullari  



  Rangli qog’ozlardan turli gullar shaklini yasash  

  Qog’ozni buklash va qirqish orqali dekorativ gullar tayyorlash 



 

19 


  Rangli qog’ozdan quyoncha yasash va hokazo. 

      3-  sinf    ―Mehnat  ta’limi‖  darslarida  qog’ozdan  amaliy  ishlarni 

bajarishga 20 soat ajratilgan quyidagi mavzular asosida: 

  Qog’ozdan xo’rozcha yasash 



  Harakatli o’yinchoqlar yasash  

  8-mart bayrami tabriknomasini yasash 



  Pape-mashe usulidan foydalanib idishlar yasash 

  Yoz applekatsiyasini yasash va hokazo  



      4-  sinf    ―Mehnat  ta’limi‖  darslarida  qog’ozdan  amaliy  ishlarni 

bajarishga 12-soat ajratilgan quyidagi mavzular: 

  Mustaqillik bayramiga tabriknoma tayyorlash 



  Geometrik shakllardan ―Kuz‖ manzarasini qurish va yasash 

 

―Navro’z‖  bayramiga tabriknoma tayyorlash 



  Turli qog’ozlardan kabutar yasash va hokazolar. 

       O’quvchilar  mashg`ulotlarda      qog`oz  varaqlarini  buklaydilar va 

to’g`rilaydilar,  ularni  qismlarga  bo’lib  yirtadilar  va  qirqadilar,  

bo’yaydilar.  Shu  bilan  birga  qog`ozni  buklash      yo’li      bilan      turli  xil 

narsalarning      shaklini   yasaydilar. 

      ―Qog`oz  va  karton  bilan  ishlash‖  o’quvchilarni  garmonik 

rivojlantirishida  katga  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa,  (  rangli  qog`oz    bilan 

ishlash  ijodni  rivojlantirishga  yordam    beradi

,

  fantaziyani  boyitadi, 



kuzatuvchanlik, 

diqqat 


va 

tasavvurni 

aktivlashtiradi, 

irodani    

tarbiyalaydi,      qo’l        mehnati,        chamalash      va        rangni        sezishni    

o’stiradi. 

      Qog`oz  va  karton  bilan  ishlash  mashg`ulotlariga  oldindan 

qo’yidagicha tayyorgarlik ko’rishadi:  stolning ustiga kog`oz yozib, ung 

tomoniga  qaychi,  elim  uchun  cho’tka,  chizg`ich  qalam  avtoruchka,  old 


 

20 


tomonlariga  elim      qiyqimlar  uchun  quti

,

  chap  tomonlariga,  ish  vaqtida 



xalaqit  bermaydigan  qilib  rangli  qog`oz  to’plamini  qo’yadilar.  Har  bir 

mashg`ulot  oxirida  o’quvchilar  keyingi    mashg`ulotda  kerak  bo’ladigan 

narsalarni yozib oladilar. 

        O’quvchilar      ishlayotgan    materiallarga    tejamkorlik  bilan 

munosabatda  bo’lishlari,  o’z  ishlarini  rejalashtira    bilishlari,  materialni 

tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqdan unumli foydalanishlari, o’qituvchi 

ko’rsatmalariga  amal  qilishlari,    shu  bilan  birga  ish        joyini  toza  va 

ozoda  saqlashlari,  mashg`ulotdan  so’ng  sinfni      tozalab      qo’yishlari   

kerak. 

         Barcha  fanlarda  qo’llanilgani  kabi  mehnat  darslarida  ta`limning 



ko’rsatmali  vositalaridan  foydalaniladi.  Jumladan,    mehnat  darslarida 

turli xil namuna,  rasm

:

, chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning 



modellari,  shuningdek   texnika   vositalaridan   foydalaniladi. 

Yuqorida  aytib  o’tganimizdek  qog`oz  va  karton  bilan      ishlash 

mashg`ulotlarida  o’quvchilar  qog`ozni  buklash  yo’li    bilan  turli  xil 

narsalarning  shaklini  yasashni  ham  o’rganib  boradilar.  Ana  shunday 

mashg`ulotlar  davomida  o’qituvchi  quyidagi  ko’rsatmali  qurollardan 

foydalanishi    mumkin.  Shu  bilan  birga  o’quvchilar  bu  ko’rgazmalarni   

yasalish 

bosqichlariga 

rioya 

qilgan 


holda, 

dars 


davomida                  

yasashlari   ham   mumkin. 



1. «Lola» ko’rsatmali quroli

Yasash bosqichlari: 

1-Bosqich: Rangli qog`ozdan kvadrat qirqib olinadi.  

2-bosqich: Uni dioganallari bo’yicha buklanadi, 

3-bosqich: Buklangan do’ppi   shakliga   keltiriladi. 

4-Bosqich:    Buklashdan    hosil   bo’lgan   uchburchakning pastki, asos 

tomonidagi ikki uchi yuqoridaga uchinchi uchiga qarab, unga etkazdirib 


 

21 


buklanadi. 5-bosqich: Xuddi shuningdek, orqa            tomondagi   ikki   

uchi   ham   uchinchi   uchiga    qarab   buklanadi. 

6-Bosqich:  hosil  bo’lgan    shaklda  cheti    o’rtada  hosil  bulgan  chiziqqa 

tomon buklanadi.  

7-bosqich: Shaklning orqa tomoni  ham  shunday  buklanadi. 

8-Bosqich:  Oxirgi  buklangan  shakllarning  xar  biri  orqa  tomoniga 

qaytarib  buklanadi.  Buklangadan  so’ng  ularning  uchlari  bir-biriga 

kiygizdirib  qo’yiladi.

 

Keyin      shaklning        pastki        ochiq      tomonidan    



asta    puflanadi.  Shaklning  yukori  qismidagi  uchlari  esa  orqaga  qaytarib 

buklanadi.   Natijada   «lola»   shakli   hosil   bo’ladi. Lolaning bandini 

boshka  qog`ozni  tsilindr  shaklida  urab,  uni  lolaning  pastki,  puflangan 

qismiga kiritib quyish bilan qilish mumkun. Bu bandga lolaning bargini, 

g`unchasini   ham   yopishtirib   qo’yish   mumkin. 

 

(1) 

 

(2) 


 

22 


 

 

(3) 

 

(4) 

 

(5) 

 

(6) 


 

23 


 

 

 



 

 

(7) 

 

Tayyor bo’lgan Lola guli

 


 

24 


 

2. «Qaldirg`och» ko’rgazmali quroli

Yasalish bosqichlari. 

Buni yasashda birinchi va ikkinchi bosqichlar xuddi «Lola» ko’rsatmali 

qurolidagidek  amalga  oshiriladi.    Lekin  2-  Bosqichda  hosil  bo’lgan 

uchburchakning  faqat    bir      tomonidagi  pastki  ikki  uchi  yuqoridagi 

uchinchi uchiga     qaratib   buklanadi. 

3-Bosqich.  hosil  bo’lgan  shaklni  «Lola»  dagi  kabi  chetlari  o’rtaga  hosil 

bo’lgan chiziqqa tomon ham yuqoridan, ham pastdan buklanadi. Bunda 

o’rtaga qarab buklangan uchiyuqori ko’tariladi. 

4-Bosqich.  Yuqoriga  ko’tarilgan  uchidan  ushlab,  shakl  teng  ikkiga 

buklanadi va qaldirg`ochning bosh qismi hamda   qanoti   hosil   qilinadi. 

Uning  dumi  esa  to’rtburchak  shaklidagi  qog`oz    bo’yicha  2-3  marta 

buklanadi.  So’ngra,  u  qaldirg`och  yasash  jarayonidagi  4-Bosqichni 

bajarmasdan  oldin  shaklning  buklanmagan  tomonidagi  uchburchakning 

ichiga kiritiladi.  So’ngra  4- bosqich   bajarilsa,   «qaldirg`och»   hosil   

bo’ladi. 



3. «Qurbaqa» ko’rsatmali quroli. 

Sinf: 1-sinf 

Mavzu: Qog’ozdan ―Qurbaqa‖ ko’rgazmali quroli 

Darsning maqsadi:  

A) ta’limiy maqsad. O’quvchilarga mavzu orqali  ―Qurbaqa‖ yasashni 

o’rgatish qog’ozlarni tahlash buklash ko’nikmasini shakllantirish. 

Yasalgan ―Qurbaqa‖ga qo’shimcha ishlov berishga o’rgatish. 

B)  Tarbiyaviy  maqsad:  O’quvchilarga  mavzu  orqali  jonivorlarga 

mehr muhabbatli bo’lish ularga ozor yetkazmaslik va jonivorlarga 

nisbatan mehribonlik ruhida tarbiyalash. 


 

25 


C) Rivojlantiruvchi  maqsad:  O’quvchilarda  mehnat  to’g’risida 

bilim ko’nikma malakalarni hosil qilish va rivojlantirish, mustaqil 

fikrlash va tafakkurini o’stirish. 

Dars turi: An’anaviy  

Dars tipi:  Yangi bilm beruvchi  

Dars metodi: tushintirish, suhbat, ko’rgazmalilik  

Dars  jihozi:  rangli  qog’ozlar,  yelim,  qaychi,  qalam,  chizg’ich, 

ko’rgazmali rasm 



Darsning borishi:  

I.Tashkiliy qism  

a) salomlashish  

b) davomatni aniqlash 

c) o’quvchilarni darsga hozirligini tekshirish  

Ma’naviy daqiqa. 

-  Hozir o’lakamizda qaysi fasl! (Kuz fasli)  

-  Bu faslda qanday o’zgarishlar ro’y beradi? … (yomg’ir 

yog’adi, daraxtlar bargi sarg’ayadi va bargini to’kadi, …) 

Kuz faslida qanday bayramlar bor?  

(Mustaqillik kuni, ―O’qituvchilar kuni‖, ―Til bayrami‖!)  



II. uy vazifasini tekshirish va baholash. 

Ungcha  o’quvchilar  DVD  tasmasiga  yozilgan  ertakni  eshitishadi.  Uy 

vazifasini  yahshi  bajarib  kelgan  o’quvchining  ishi  na’muna  qilib 

ko’rsatiladi. 



III. Yangi mavzu bayoni. 

bolajonlar hamma darsga tayyormi  

Bugun biz sizlar bilan ―Qurbaqa‖ maketini yasashni o’rganamiz. 

Yangi mavzuni boshlashdan oldin 

“jismoniy daqiqa” o’tkaziladi. 


 

26 


O’ng qo’limda qaychijon 

Chap qo’limda qog’ozboy 

Qiziqaman yelimlayman 

Mehnatdan men qo’rqmayman 

Yasash bosqichlari: 

1-Bosqich: Kvadrat shaklidagi rangli qog`ozni qirqib olinadi 2-Bosqich: 

Do’ppi shaklida   buklanadi. 

3-Bosqich. Hosil bo’lgan uchburchakning bir tomonidagi pastki ikki uchi  

yuqoriga qaratib buklanadi. 

4-Bosqich:  Yuqoriga  buklangan  tomonning  pastki  qismidagi  ikki  uchi 

o’rtadagi chiziqka   etkazdirilib   yuqoriga   buklanadi. 

5-Bosqich.  Uchburchakning  orqa  tomonidagi  ikki  uchi    esa  haklning 

yuqori qismidagi uchidan ichkariga qaratib  pastga buklanadi.  

6-Bosqich:  buklangan  qogozning  ichkariga  buklangan  qirg`og`i  orqaga 

qaytarib,  yangi hosil bo’lgan  uchburchak   chetiga  etkazib  buklanadi. 

7-Bosqich:  Hosil  bo’ltan  shaklning  katta-kichikligiga      qarab  uning 

pastki  qismidan  1-2  sm  qismi  ichkariga  buklanadi.  8-Bosqich:  

buklangan  qismidan  0,5-1  sm  qolirib,  avvalgi  holatga  tomon  yani 

tashqariga buklanadi. Natijada ―Qurbaqa‖ hosil bo’ladi. Buni, buklangan    

joyidan salgina bosib, so’ng qo’yib yuborilsa, u xuddi  tabiiy qurbaqadek 

sakraydi.    Shuningdek  bu  shaklga  yana              qurbaqaning      ko’zi      va   

og`zini   ham   chizish   mumkin. 

Keyin  bolalar  bilan  mavzu  yuzasidan  savol  javob  o’tkaziladi  savollar 

proyektorda  ovozli  tarzda  ko’rsatiladi  va  eshitiladi.  Savollardan 

namunalar.  

-  Bolajonlar qurbaqa qanday hayvon?  

-  U qayerda yashaydi?  

-  Qurbaqalarning qanday turlari bor? 


 

27 


-  Qurbaqalarning ranglari qanday bo’ladi 

Qani  endi  bolajonlar  ―qurbaqa‖  yasashni  boshlaymiz.  Bizga  rangli 

qog’oz  ,  qaychi,  chap  tomonda  qog’ozlar,  oldinda  yelim  ahlat  uchun 

quticha.  



Mustahkamlash 

Bugungi mavzu sizga yoqdimi? …  

Hammaga tushunarli bo’ldimi?… 

Unday bo’lsa mening sizlarga savolim bor. 

Qurbaqa yasash uchun bizlarga nimalar kerak ekan?...  

Qurbaqa yasashni kim menga ketma – ket aytib beradi?...  

Javoblar uchun rahmat  

-hayvonlar  bizning  do’stimiz,  biz  ularni  qiynamasligimiz,  ozor 

bermasligimiz va och qoldirmasligimiz kerak. 

Bolajonlar endi siz bilan ―Davomini‖ to’ldir‖  o’yinini o’ynaymiz. 



-  Mehnat mehnatning ….. 

-  Ish ishtaha ochar ….. 

-  Birni kessang ….. 

-  Mehnat bilan topganing …… 

Uyga vazifa 

 


 

28 


 

 

(1) 

 

(2) 

 

(3) 

 

(4) 

 

Tayyor holga kelgan Qurbaqa 



 

29 


4. “Xo’rozcha ko’rsatmali quroli

Yasash bosqichlari. 

1-Bosqich.  Kvadrat  shaklidagi  rangli  qog`oz  olinadi  2-Bosqich:  qirqib 

olingan  shaklning      barcha      uchlari      kvadrat      o’rtasiga      qarab   

buklanadi. 

3-Bosqich.  Hosil  bo’lgan  kvadratning  orqasi  o’giriladi,  uning  uchlari 

ham kvadrat o’rtasiga etikazib buklanadi. 4-Bosqich: Bundan oldingi ish   

yana   bir   marta  bajariladi. 

5-Bosqich.Hosil  bo’lgan  kvadratning  uchlari  o’rtaga  etkizib  buklangan 

tomonining orqasiga ugriladi 6-Bosqich: hosil bo’lgan to’rt burchakning 

qarama-qarshi  uchlaridagi  shakllar  to’rtburchak  shaklida  tashqariga 

buklanadi. 

7-Bosqich. Kvadratning tashqariga buklanmagan ikki uchidan ushlab uni 

tashqariga  qarab  to’ntarilsa,  ―Xo’rozcha‖  hosil  bo’ladi.So’ngra    hosil 

bo’lgan shaklning bir uchini buklash  bilan xo’rozchaning    tumshug`ini   

hosil   qilish    mumkin. 



5. “Kobra” ko’rsatmali quroli” 

YAsash bosqichlari. 

1-Bosqich.  Bu  bosqichda  xo’rozchadagi  birinchi  bosqich  kabi              

bajariladi. 

2-Bosqich.  Hosil  bo’lgan  kvadratning  ikki  qarama-qarshi  tomoni  orqa 

tomonga kvadratning o’rtasiga etkazib  buklanadi. 

3-Bosqich.  Orqaga  buklangan  ikki  tomonining  yuqori  uchlari  o’rtasida 

hosil  bo’lgan  chiziqqa  qarab,  uchburchak    hosil        bo’ladigan      qilib   

pastga   tomon    buklanadi. 

4-Bosqich:  Shaklning  pasti  tomonining  o’rtasidan  ozgina  joy  qiyib  olib 

tashlanadi. 5-Bosqich: Hosil bo’lgan shaklni bir nechta  marta buklangan 

eni 1sm, uzunligi 10-15 sm bo’lgan qog`oz  shaklning ikkinchi tomoniga 



 

30 


etib  borguncha  kiritiladi.    6-Bosqich:  Hosil  bo’lgan    shaklning  yuqori 

tarafidan  3-bosqichda  buklangan  qismi  yana  shu  buklangan  tomonga 

qaratib  buklanadi.  Natijada  ―Kobra‖hosil      bo’ladi.Kobraning  tanasi 

kirgan pastki tomonidagi uchi esa ichkariga   qaytarib  buklab   qo’yiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

31 


2.2. O’quvchilarni mehnat darslarida qog`ozdan applikatsiya va 

mozaika yasashga o’rgatishningishlarining shakl va usullari 

         Applikatsiya  tasvirlash  texnikasining  turli  formalarini  qirqish  va 

ularni  fon  tarzida  kabul  qilingan  materiallar  xisobiga  mustaxkamlashga 

asoslanuvchi turidir. 

         Applikatsiya  tushunchasi  xususiyatlari  va  materiallariga  kura 

xilma-xil  bajarilishi  texnikasining  uxshashligi  bilan  birlashgan  badiiy 

asarlarni  yaratish  usullarini  uz  ichiga  oladi.  Xar  bir  material 

applikatsiyasi 

bajarilish 

texnikasiga 

jiddiy 


ta`sir 

kursatuvchi 

xususiyatlarga  ega,  masalan,  qog`oz,  limon,  daraxlar  pustlog`lari  fonga 

turli elimlar bilan yopishtiriladi. 



         Applikatsiya  –  badiiy  asar  yaratishning  eng  sodda  va  oson 

usulidar. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali 

qurollar,  turli  o’yin  uchun  qo’llanmalar,  o’yinchoqlar,  bayroqchalar, 

bezaklar, shu kabilarni yaratishdan keng qo’llash imkonini beradi. 

         Dekorativ applikatsiya – u nashk, gullardan tashkil topib, aloxida-

aloxida  tasvirlardan  tarkib  topuvchi  predmetli,  xodisa,  xarakatlar 

uygunligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bulishi mumkin. 

             Applikatsiya  tasvirlash  texnikasini  turli  formalarini  qirqish  va 

ularning fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobga mustahkamlashga 

asoslanuvchi turidir. 

         Applikatsiya  2500  yil  muqaddam  ko’chmanchi  xalqlar  orasida 

paydo  bo’lgan.  Ular  applikatsiyadan  kiyim-bosh,  turar  joylarini 

bezatishda ishlatganlar. 

         Applikatsiya  turli  xalqlarda  turli  materiallardan  tayyorlangan. 

Masalan,  yoqutlar  applikatsiya  ishida  pustlog`dan  foydalanishgan, 

bo’yalgan  pustlog`dan  qilingan  applikatsiyalar  bilan  ular  o’tovlarini 

bezashgan. 

Xanti-mansi, 

evenk 

va 


boshka 

shimoliy 

xalqlari 


 

32 


applikatsiyada  teri,  sukno,  muyna  ishlatishgan.  Komi,  qozoq,  qalmiq, 

osetin,  buryat  va  boshqa  xalqlar  applikatsiyadan  milliy  kiyim,  uy-

ro’zg`or predmetlarini bezashda foydalanishgan.  

          Applikatsiya  ishida  asosiy  material  qog`ozdir,  dazmollangan  yoki 

kraxmallangan bo’lakchalardan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar 

bilan  bir  qatorda  somon,  quritilgan  o’simliklar,  urug`-danaklar,  barglar 

va shu kabilardan ham foydalansa bo’ladi. 

          Qog`ozning  yaltiraydigan  marmar,  bosma  gul  tushirilgan-barxat, 

kumush  va  bronza,  rasm  solish  va  chizmachilik  qog`ozi  navlari 

applikatsiya uchun yaroqlidir. 

          Applikatsiya 

bilan 


shug`ullanish 

o’quvchilarni  garmonik 

rivojlanishida  katta  axamiyatga  ega.  Applikatsiya  ijodni  rivojlantirishga 

yordam  beradi,  fantaziyani  boyitadi,  kuzatuvchanlik,  diqqat  va 

tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo’l mehnati,  tasvirni his 

qilish, chamalash va rangni sezishni o’stiradi. Rangli qog`oz yoki boshqa 

materialdan  tasvir ustidagi ish badiiy didni avj oldiradi. 

          Applikatsiya  ishlari  doimo  xotirada  saqlanishi  haqida  majburiy 

qoida  sifatida  bajarilishi  lozim  bo’lgan  izchillikda  ado  etiladi.  Istalgan 

applikatsiya  syujetni  tanlashdan  boshlanib,  undan  keyin  applikatsiya 

eskizi,  qog`oz  tanlash,  kerakli  detallarni  qirqish,  ularni  fonga  qo’yish, 

elimlash  va  nihoyat  quritish  jarayonlari  keladi.  Oddiy  applikatsiyalar 

eskizsiz bajariladi. 

         Applikatsiya  ishlarini  bajarishda  asosiy  e`tibor  uning  umumiy 

kompozitsiyasiga qaratilishi kerak. Yaxshi uylangan kompozitsiya, ya`ni 

tasvirlash  lozim  bo’lgan  narsalarni  joylashtirish  –  applikatsiya 

muvaffaqiyatining garovidir. 

         Eng  oddiy  applikatsiyalar  bu  geometrik    figuralardan  qilingan  

ornamental applikatsiyalardir. 


 

33 


         Avval  ornament  eskizi  tuziladi,so’ngra  krakli  detallar  o’lchami  va 

mikdori hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma`lum tartibda joylashtiriladi 

va yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi. 

          Applikatsiyada  avval  eskizi  tuziladi,  so’ngra  kerakli  detallar 

o’lchami  va  miqdori  hisoblanadi.  Detallarni  tayyorlab  ma`lum  tartibda 

joylashtiriladi  va  yopishtirishni  qaysi  detaldan  boshlash  kerakligi 

aniqlanadi. So’ngra tayyorlangan materiallar bir-biriga yopishtiriladi. 

              Geometrik  shaklli  applikatsiyalar.  Bajarilish  texnikasiga 

ko’ra    applikatsiyaning  eng  oddiy  turlaridan  biri  geometrik  shaklli 

appilkatsiyailardir.  1  va  3  sinf  o’quvchilari  geometrik  shaklli 

applikatsiyani bajarishda qo’ydagi bilimlarni egallaydilar. 

Geometrik  shakllar:  kvadrat,  to’g`ri  burchak,  uchburchak,  aylanani 

qog`oz  bo’lagidan  va  o’lchov  asboblari  yordamida  hosil  bo’lishi 

haqidagi mavjud bilimlarni mustahkamlaydilar. 

Badiiy  didni  o’stiradi,  rasm  darslarida  polosa,  doira,  kvadratda 

ornamentlar tuzish bo’yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar. 

Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib geometrik shakllarni to’g`ri 

idrok etishni o’rganadilar. 

Bolalarni  ―ko’p,  kam,  uzunasiga,  kungdalangiga,  qism  va  qatlam,  ikki 

qismga  qirqish,  to’rt  qismga,  teng  qismlarga‖  kabi  tushunchalari 

mustahkamlanadi. 

Bolalar ranglar uyg`unlagini to’g`ri tanlashni o’rganadilar. Ularda estetik 

did tarbiyalanadi.  

    Geomterik shaklli applikatsiyalarni ham dekorativ-ornament, predmet, 

syujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin. 

    Doira, kvadrat va ovaldan ornamentlar yasash. Ornamnt detallari: turli 

ulchamdagi  kvadrat,  uchburchaklar  tayyorlanadi.  Kvadratda  naksh 


 

34 


diogonal  buyicha  tuziladi  –  bunda  shakllarni  simmetrik  joylashtirish 

kulay. Doirada naksh markazdan radiuslar buylab tuziladi. 



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling