Dang’ara tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida o’tkazilgan “Zakovat” intelektual o’yini Hisoboti


Download 15.62 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi15.62 Kb.
#258767
Bog'liq
Hisobot


Dang’ara tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida o’tkazilgan “Zakovat” intelektual o’yini

Hisoboti

2020-yil 4-dekabr kuni maktabimizda 03-guruhning “Yosh avtomabilchi” hamda 04-guruhning “Yosh texnik” jamoalari o’rtasida “Zakovat intelektual o’yini bo’lib o’tdi. Guruhlarga jami 8 ta savol berildi. 9-savol ishlab chiqarish amaliyotidan bo’lib, amaliy ish jarayonini ko’rsatib berishdi.

Ikkala jamoada ham 4 nafardan ishtirokchi qatnashdi.

Jamoalar savollarga to’liq javob berishga harakat qilishdi. “Yosh avtomabilchi” jamoasidan Abdullayev Laziz o’zining bilimi va iqtidori bilan barchaga manzur bo’ldi. “Yosh texnik” jamoasidan Tursunov Umidjon faol ishtirok etdi. Amaliy ish jarayonida ikkala guruh o’quvchilari ham faol ishtirok etishdi.

O’quvchilar 3 ta savoldan so’ng o’z badiiy chiqishlari bilan barchani xursand etdilar.

Umumiy ballar bo’yicha: “Yosh avtomabilchi” jamoasi 20 ball.

“Yosh texnik” jamoasi 18 ball to’plashdi.

Umumiy ball bo’yicha “Yosh avtomabilchi” jamoasi g’olib deb topilib, esdalik sovg’asi bilan taqdirlanishdi.

“Zakovat” intellektual o’yini umumta’lim fanlar kafedrasi hamda maxsus fan kafedrasi bilan birgalikda tashkil etildi.

“Zakovat” intellektual o’yiniga amaliy yordam bergan o’qituvchilar:


1.Ocildiyev Vahobjon (03-guruh rahbari)

2.Obidov Hayotjon (04-guruh rahbari)

3.Valijnov Shohjaxonbek

O’qituvchi: U.Otaqo’ziyeva

Ishlab chiqarish ta’limi ustasi: N.Azimov

Dang’ara tumani 2-son kasb-hunar maktabida o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining 29 yilligi munosabati bilan “Bayrog’im faxrim” deb nomlangan musiqali tadbir

Hisoboti

2020-yil 18-noyabr kuni kasb-hunar maktabimizda “Bayrog’im faxrim” deb nomlanga musiqali tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda 01-guruh o’quvchisi Nabiyev Asliddin hamda 08-guruh o’quvchisi Tursunova Mohiraxon bayrog’omiz to’g’risida o’z fikrlarini bayon etishdi.

08-guruh o’quvchilari Xolmatova Niginaxon, Saydullayeva Mohidilxon, Madrahimova Mubinaxon, 02-guruh o’quvchisi Muxtorov Muhammadrizo bayrog’imiz to’g’risidagi she’rlarni aytib o’tishdi.

01-guruh o’quvchisi Nabiyev Asliddin hamda 08-guruh o’quvchisi Tursunova Mohiraxon “Vatan bayrog’i” qo’shig’ini ijro etishdi.

02-guruh o’quvchisi Normatov Yahyo, 05-guruh o’quvchisi G’aniyev Ayubxon o’z chiqishlarini namoyish etishdi.

08-guruh o’quvchisi Davronova Sarvinozxon o’quvchilarga o’zi tayyorlab kelgan savollarni berib, tadbirga yanada ko’rk bag’ishladi.

08-gu


ruh o’quvchisi Mahmudova Zeboxon Sevara Nazarxonning “Ulug’imsan Vatanim” qo’shig’i bilan yakunlashdi.

Tadbirga amaliy yordam bergan o’qituvchilar:

1.Usmonova Sayyoraxon

2.Turdaliyeva Dilshodaxon

3.Turdiyeva Nilufarxon

4.Valijonov Shohjaxonbek


O’qituvchi: U.Otaqo’ziyeva

Ishlab chiqarish ta’limi ustasi: N.Azimov



Dang’ara tumani 2-son kasb-hunar maktabida o’tkazilgan 21-oktabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganliging 31 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan “Ona tilim-jonu dilim” tadbir

Hisoboti

2020-yil 21-oktabr kuni kasb-hunar maktabimizda O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganliging 31 yilligi munosabati bilan tadbir o’tkazildi.

Tadbirda barcha guruh o’quvchilari va ustozlar ishtirok etishdi.

08-guruh o’quvchilari Xolmatova Niginaxon, Tursunova Moxiraxon, Abduraximova Shahrizoda, Mahmudova Zebo ona tili to’g’risidagi sh’rlar bilan barchani xushnud etishdi.

01-guruh o’quvchisi Nabiyev Asliddin qo’shiq ijro etishdi.

Tadbirda Barcha guruh o’quvchilari o’rtasida “Siz ona tili va adabiyot fanini qanday bilasiz?” savol-javob viktorinasi o’tkazildi.

Tadbir chiroyli va mazmunli o’tdi.

O’qituvchi: U.Otaqo’ziyeva



Ishlab chiqarish ta’limi ustasi: N.Azimov
Download 15.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling