- Daniya qirolligi.
- Daniya qirolligi Iqtisodiy jarayon.
- Bojxona siyosati.
- O’zbekiston bilan aloqalari.
Rahmonov Ildorbek
Daniya Qirolligi - Daniya (Danmark), Daniya qirolligi (Konqeriqet Danmark) — Yevropaning shimoligʻarbidagi davlat, Yutlandiya ya. orolning katta qismini va unga yaqin orollar guruhi (Zelandiya, Fyun, Lollann, Falster va boshqa)ni oʻz ichiga oladi. Maydon 43043 km2 (Grenlandiya va Farer orollaridan tashqari); Aholisi 5,59 mln. kishi (2012). Poytaxti — Kopengagen shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 amt (viloyat)ga, amtlar esa kommunalarga boʻlinadi. Kopengagen va Frederikeberg shaharlari mustaqil maʼmuriy birlikka ajratilgan boʻlsa ham, ammo amtlarga tenglashtirilmagan. Ichki muxtoriyatdan foydalanuvchi Farer orollari va Grenlandiya orol Daniya qirolligi tarkibiga kiradi.
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari - Venstre, soʻl liberal partiya, 1870 yilda tuzilgan; Konservativ xalq partiyasi, 1916 yilda tuzilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1972 yilda asos solingan; Radikal soʻl partiya, 1905 yilda tuzilgan; Daniya sotsial-demokratik partiyasi, 1871 yilda asos solingan; Sotsialistik xalq, partiyasi, 1959 yilda tuzilgan; Xristian xalq partiyasi, 1970 yilda asos solingan; Markaz demokratlari partiyasi, 1973 yil tuzilgan; Daniya xalq partiyasi, 1995 yilda tashkil etilgan. Daniya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898 yilda tuzilgan boʻlib, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Shimoliy Yevropa kasaba uyushmalari kengashiga kiradi.
Xoʻjaligi - Daniya yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat boʻlib, boshqa davlatlar bilan keng iqtisodiy aloqa bogʻlagan. Xususiy sarmoya ustunlik qiladi. Yalpi milliy mahsulotning 30 % davlat sektoriga toʻgʻri keladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat va qurilishning ulushi 26,4 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 3,5 %. Yalpi mahsulotning 40 % dan koʻprogʻi chetga sotiladi.
- Sanoatida neft, tabiiy gaz, kaolin qazib chiqarish katta oʻrin oladi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan keyin mashinasozlik sanoati rivoj topdi. Kimyo sanoati, neftdan turli mahsulotlar ishlab chiqarish ham rivojlangan. Yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyojning bir qismi chetdan keltiriladigan neft va neft mahsulotlari hisobiga qondiriladi. Sanoatda mayda va oʻrta korxonalar koʻp. Kemasozlik alohida oʻrin tutadi; eng yirik sanoat markazlari: Kopengagen, Odense, Xelsingyor, Nakskov. Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari asosan kema dizellari, sement va oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, elektr motor, transformator, radiopriyomnik, televizor, magnitofonlar ishlab chiqaradi (asosiy markazlari Kopengagen, Odense). Kimyo sanoati doridarmon, fosfatli va azotli oʻgʻitlar, sintetik smola va plastmassalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik, trikotaj va tikuvchilik sanoatining asosiy markazlari Yutlandiyaning sharqi va shimolida joylashgan (Vayle, Xerning, Viborg va boshqa). Mamlakatning turli joylarida oziq-ovqat, xususan sut va goʻsht sanoati korxonalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. 90-yillarning oʻrtalarida neft qazib olish eng yukrri darajaga yetdi (7 mln. tonna)
Do'stlaringiz bilan baham: |