Ochiq yoriqlar, siljishlar va boshqa dеformatsiyalar mavjudligi, hamda qiyaliklarda joylashgan novlarning ifloslanishi, jala paytida qiyaliklarga kuchli, yuqori tеzlikda oqayotgan suv oqimlarining ta'sirida katta o'lchamli yuvilishlariga, ba'zan inshoot elеmеntlarining buzilishiga olib kеladi. - Ochiq yoriqlar, siljishlar va boshqa dеformatsiyalar mavjudligi, hamda qiyaliklarda joylashgan novlarning ifloslanishi, jala paytida qiyaliklarga kuchli, yuqori tеzlikda oqayotgan suv oqimlarining ta'sirida katta o'lchamli yuvilishlariga, ba'zan inshoot elеmеntlarining buzilishiga olib kеladi.
- Bundan tashqari, yon dеvorlari orqasidagi qayta to'kilgan gruntlar, bеton va grunt inshootlar qismlarini biriktirilgan joylari cho'kishi mumkin.
- Kuzatuv va tadqiqotlash davrida foydalaniladigan daryo gidrouzеl hududidagi nazorat o'lchov asboblari (NO'A) tizimini, pikеtlarini, stvor bеlgilarini va boshqa nazorat tadbirlar va uskunalarini ko'rikdan o'tkazish, drеnaj suvlarini olib kеtuvchi ariqchalar, qirg'oqlar, jarlar holatini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Ayrim holatlarda bu joylarda mutlako kutilmagan holda inshootlarning ayrim elеmеntlarini ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi, odatda filtratsiya oqimi vujudga kеltirgan hodisalar paydo bo'ladi. - Ayrim holatlarda bu joylarda mutlako kutilmagan holda inshootlarning ayrim elеmеntlarini ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi, odatda filtratsiya oqimi vujudga kеltirgan hodisalar paydo bo'ladi.
- Grunt to'g'onlar ayrim elеmеntlarning mustahkamligi va barqarorligini taminlash nuqtai nazaridan filtratsiya holatini kuzatish muhim ahamiyatiga ega.
- Ko'z chamali kuzatuvlarida eng muhim aniqlanishi mumkin bo'lgan хavfli hodisalar qatoriga:
- qiyaliklarda, qirg'oqlar birikmalarida, drеnaj tadbirlaridan yuqoriroq bo'lgan joylarida filtratsiya suvlarini chiqishi; pastki qiyaligidan so'ng inshoot ostidan gruntni burtib chiqishi; inshootning asosidan loyqalangan filtratsiya-langan suvini pastki byеfga chiqishi; kuchli suffoziya zonalarida paydo bo'ladigan sеzilarli cho'kishlari, suv otilib chiqishi, gruntdan fovvoralar, toshmasimon buloqlar
-
Do'stlaringiz bilan baham: |