Daromadlar hisobi Kirish


Download 85.18 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi85.18 Kb.
#1183435
1   2   3   4   5
Bog'liq
Daromad solig\'i

— o‘z faoliyati bilan eng muhim ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etishga ko‘maklashayotgan samarali ishlovchi korxonalarga imtiyoz berish, shuningdek xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllarini rag‘batlantirish sistemasi orqali soliq mezonlarining rag‘batlantiruvchi ahamiyatini ta’minlash;

— deklaratsiyalar hamda tanlab o‘tkaziladigan tekshirish va taftishlar uyushtirish asosida barcha subyektlarning soliq to‘lovlari yuzasidan olgan majburiyatlari ustidan moliyaviy nazorat qilish, qonunlarni buzuvchilarga nisbatan iqtisodiy choralar ko‘rish.

Korxonalar foydaga solinadigan soliqni to‘lovchilardir, ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilganlari bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan: Oldingi tahrirga qarang. banklar va sug‘urta tashkilotlari (Markaziy bank va uning muassasalari bundan mustasno); (1-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda) videosalonlar (video namoyish punktlari), kim oshdi savdolari, kazinolar, video va audio kassetalarni ko‘paytirish, ijaraga berib turish, pul yutuqli o‘yin avtomatlaridan foydalanish, lotereya o‘yinlarini, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish orqali daromad oladigan korxonalar daromadga solinadigan soliq to‘lovchilardir. Korxonalar foydaga (daromadga) solinadigan soliq bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil tarzda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar korxonalarining xo‘jalik birlashmalari yil davomida budjet bilan hisob-kitoblarni hukumatning ruxsati bilan markazlashtirilgan tarzda amalga oshirishlari mumkin.


Soliq siyosatini yengillashtirilishi.
Yagona soliq to’lovining miqdori pasayish dinamikasi38%dan – 6 %gа.
Foyda solig’i 10% - 9%gacha
kamaytirildi.

Mahsulotni, ishlarni va xizmatlarni (bundan keyin matnda “mahsulot” deb yuritiladi) realizatsiya qilishdan tushadigan foyda (zarar), shuningdek asosiy faoliyatdan tushadigan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan tushadigan daromadlar va tegishli xarajatlar summasiga kamaytirilgan favqulodda daromadlar summasidan iborat bo‘lgan, korxonaning umumiy xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda foydaga solinadigan soliq obyekti hisoblanadi. Mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan foyda (zarar) mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona to‘lovlari va yig‘imlarisiz tushum hamda mahsulot tannarxiga qo‘shiladigan ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.


Download 85.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling