Daromadlar hisobi Kirish

Download 85.18 Kb.
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi85.18 Kb.
#1183435
1   2   3   4   5
Bog'liq
Daromad solig\'i

Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjetining hamda mahalliy budjetlarning soliqlar tarzidagi daromadlar manbalarini belgilab beradi, bu soliqlarni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad davlat ijtimoiy kafolatlarining moliyaviy bazasini ta’minlashdan, huquqiy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdan, O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatidagi maqomini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq xalqaro to‘lovlarni markazlashtirilgan asosda amalga oshirish uchun barqaror moliyaviy manbalarni ta’minlashdan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasi muomalasini barqarorlashtirishdan, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanishni va atrof muhitni muhofaza etishni rag‘batlantirishdan iboratdir.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi soliqlar, soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari, soliqlarni to‘lash tartibi, soliq solish yuzasidan beriladigan imtiyozlar, qonunni buzganlik uchun javobgarlik hamda soliqlar to‘lash munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning umumiy tartibi belgilanadi. Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning faoliyatini soliq yo‘li bilan tartibga solish quyidagi umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi:

— manbalaridan qat’i nazar, barcha daromadlardan soliq to‘lanishi majburiyligi;

— barcha hududiy-ma’muriy pog‘onalar uchun yagona bo‘lgan umumdavlat soliq siyosatini mahalliy hokimiyat idoralarining umumdavlat soliq siyosati doirasida soliqlarga oid qonun chiqarish faoliyatidagi mustaqilligi bilan uyg‘un holda amalga oshirish;

Download 85.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling