Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi
Download 0.63 Mb.
|
10-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM
Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA 10-Mavzu: “Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobgaolish” ATning Registratsiya modulida ishlash(3-ilova). O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 17-iyundagi 2014-25-son qaroriga ILOVA Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM 2-bob. Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish manbalari 3. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi obyekt joylashgan joydagi hududiy davlat soliq xizmati organlarida ichki va tashqi axborot manbalari asosida elektron ko‘rinishda shakllantiriladi. 4. Ichki manbalar quyidagilardan iborat: a) soliq to‘lovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan choraklik, yillik moliyaviy hisobotlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar, aniqlashtirilgan soliq hisobotlari, tushuntirish xatlari, ma’lumotlar va ma’lumotnomalar to‘g‘risidagi; b) quyidagilarning summasi ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari to‘g‘risidagi: hisoblangan, to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; qaytarilgan, kamaytirilgan hamda ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik va hisoblangan penyalar; v) qo‘shimcha yoki kamaytirishga hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘risidagi soliq tekshiruvlari dalolatnomalari, shuningdek soliq tekshiruvlari materiallari bo‘yicha sud qarorlari asosida yoki ixtiyoriy ravishda to‘langan (undirilgan) jarimalar summalari to‘g‘risidagi; g) soliq qonunchiligi sohasida yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy jarima qo‘llanilgan shaxslar va qo‘llanilgan jarima summasi to‘g‘risidagi; d) jismoniy va yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini o‘z ichiga oluvchi davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi; e) soliq to‘lovchilarning mol-mulk, yer soliqlari hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq solish obyektlarini hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi; j) chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida bank kassalariga naqd pul tushumi kelib tushishi bo‘yicha o‘tkazilgan xronometrajlar natijalari to‘g‘risidagi axborotlar. 5. Tashqi manbalar quyidagilardan iborat: a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi; b) O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga 2-ilovada nazarda tutilgan tegishli organlar va tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi (tugatilishi) to‘g‘risidagi; v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining yozma so‘roviga asosan tegishli axborot taqdim etuvchi boshqa organlar va tashkilotlarning soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi (tugatilishi) to‘g‘risidagi axborotlari. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling