Davlatning byudjet soliq hisobotlari Mundarija: I bob kirish


Download 124 Kb.
bet1/12
Sana25.01.2023
Hajmi124 Kb.
#1120825
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 davlat


Davlatning byudjet soliq hisobotlari
Mundarija:
I BOB
KIRISH
1.1. Soliq tizimining mohiyati va soliqlarning guruhlanishi
1.2. Soliq to’lovchilarning huquqlari va majburiyatlari 
1.3. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uni takomillashtirish yo’llari
II BOB
2.1. Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati
2.2. Davlat byudjetining daromadlari
2.3. Davlat byudjetining xarajatlari 

Kirish
Davlat soliq siyosatini ishlab chiqish moliya — iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalangan, erkin bozor iqitisodiyotini boshqarishga har tomonlama tag’sir ko’rsatadi.
Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, iqtisodiy munosabatlarningtarkibiy qismi, bozor iqtisodiyotining zaruriy qismidir. Soliq siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun u ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun soliq munosabatlari chuqur o’rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqarilishi lozim.
Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo’nalishlariga katta e‘tibor berilishini alohida ta‘kidlash lozim:
1. Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati. Eng avvalo, korxona va tashkilotlarning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish. Ularni moliyaviy mustaqilligi, erkin baho belgilashlariga to’sqinlik qilmaslik va byudjetga soliq to’lovlari belgilanayotganda faqat demokratik asosda soliqlarni undirishny tashkil etish zarurdir. Hozirgi vaqtda soliqlar bir tomondan korxonalarda taqchil, eksportbop, raqobatga bardosh bera oladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni ko’paytirishga, ikkinchi tomondan tovar bahosini oshirib sotgan hodda mehnatsiz yoki kam mehnat bilan topilgan daromadlarni cheklashga qaratilmog’i zarur.
2. Soliq siyosatida aholining turli xil guruhlariga nisbatan xilma -xil yondashish zarurdir. Nochor, kam ta‘minlanganlarga iloji boricha soliqdan ko’proq imtiyozlar berish va kam kuch sarflab ko’p daromad oluvchi yoki boshqa yengil daromad topuvchilarga nisbatan yuqori progressiyali soliq stavkalarini qo’llashdan iboratdir.
Soliq siyosatini amalga oshirishda uning strategiyasi va taktikasining asoslangan bo’lishiga alohida e‘tibor qaratish lozim. Soliq strategiyasi uzoq yillarga mo’ljallangan, soliq munosabatlaridagi muhim yo’nalishlar bo’yicha chora - tadbirlarning majmuasini ko’rsatuvchi uzoq yillik rejadir.



Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling