Davlatning byudjet soliq hisobotlari Mundarija: I bob kirish


II BOB 2.1. Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati


Download 124 Kb.
bet9/12
Sana25.01.2023
Hajmi124 Kb.
#1120825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 davlat

II BOB

2.1. Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati


Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir.
Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslari asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Davlat byudjetiga xos xususiyatlar mablag’lar bilan byudjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: 1) davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar; 2) davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Yalpi ichki mahsulotning davlat byudjeti orqali taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi.
Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qayta qo’shilib ketishi sodir bo’ladi. Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichga egadir: 1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari); 2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli byudjet fondlarini yaratish; 3) byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo’lish va ularni alohida-alohida ko’rib chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to’g’risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag’larining bir qismi davlatning qo’lida to’planishi sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida byudjet munosabatlari vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga — umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi.
Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi: 1) byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 2) davlat byudjetining daromadlari.
Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to’lovchilarning xarajatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo’lsa, bu narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini pasaytiradi. Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitligi bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi.
Byudjet daromadlari davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Byudjet daromadlari o’zlarining iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’ektiv bo’lib, ular davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’ektiv zarurligi davlatning o’ziga xos funktsiyalarga ega bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi.
Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga to’lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti (byudjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq ifodalangan byudjet kategoriyasi bo’lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning byudjet mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa — sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda byudjet fondlarining egasi — davlat va pul mablag’larini oluvchilar — sub’ektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo’ladi. Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham ob’ektiv iqtisodiy kategoriyadir. U kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ularning moddiylashuvi byudjetdan sub’ektlarga pul mablag’larining teskari oqimi bilan xarakterlanadi.
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va sub’ektlarni byudjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o’zaro bog’langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi. . Davlat byudjeti ko’p sonli va bo’lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki mahsulot harakatining asosiy yo’nalishlarida namoyon bo’ladi. Aynan byudjet iste’mol va jamg’arish fondlarining shakllanishida, iste’mol fondining qismlarga ajralishiga, sof daromadning davlat va sub’ektlar o’rtasida bo’linishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi.
Davlat byudjeti ikki xil funktsiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat.
Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi orqali uning mohiyati namoyon bo’ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunida yaqqol ko’rinadi.
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir; Shuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi o’ziga xos bo’lgan xususiyatga ega bo’lib, undan taqsimlangan yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablag’lari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha bo’linmalari bevosita yoki bilvosita bog’langandir.
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Birinchi xususiyat umumiylik, universallik. Bu milliy iqtisodiyotni tezkor boshqarishda davlat byudjetining nazorat funktsiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasiga tegishli bo’lgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishini, ma’lum ketma-ketlikda bo’ysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, o’z navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi.
Kuchli majburiylik, imperativlik davlat byudjetining nazorat funktsiyasiga tegishli bo’lgan uchinchi xususiyatdir. Byudjet davlatniki bo’lganligi uchun uning nazorat funktsiyasi milliy iqtisodiyotni boshqarish vositalaridan biri hisoblanadi. Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi 1) davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag’larini jalb qilish; 2) mablag’larni sarflashning qonuniyligini ta’minlash; 3) byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi.
Sub’ektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
— moliyaviy resurslarga bo’lgan yangbi talabni kelgusi byudjet yilida byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
— moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud byudjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni byudjet kreditlarini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish yo’li bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim sub’ektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi;
— qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zahira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar.

Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling