Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi
-bob. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish
Download 0.63 Mb.
|
10-Mavzu
3-bob. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish
6. Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish va soliq to‘lovchilarni obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 80 va 81-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 7. Soliq to‘lovchilar — jismoniy shaxslarni hisobga qo‘yish tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarining jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bo‘limlari (tuzilmalari) tomonidan amalga oshiriladi. (7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 28-avgustdagi 2017-46-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2600-1, 12.09.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 1018-modda) Oldingi tahrirga qarang. Bunda, jismoniy shaxsning pasport ma’lumotlari asosida ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchi — jismoniy shaxsni ro‘yxatga olish varaqasi to‘ldiriladi hamda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimi tomonidan ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimiga taqdim etiladi. O‘z navbatida, ushbu mas’ul xodim tomonidan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi. (7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 28-avgustdagi 2017-46-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2600-1, 12.09.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 1018-modda) Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarning yagona reyestrida ishlovdan o‘tkazilgach, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan jismoniy shaxsga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida ro‘yxatga olinganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida guvohnoma beriladi. Soliq to‘lovchi — jismoniy shaxsni ro‘yxatga olish varaqasidagi ma’lumotlar o‘zgarganda, jismoniy shaxs tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchi — jismoniy shaxsning ro‘yxat ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar varaqasi to‘ldiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 8. Jismoniy shaxsning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq solish obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimi tomonidan ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq to‘lovchi — jismoniy shaxsning soliqlarini hisobga qo‘yish varaqasi to‘ldiriladi hamda ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash bo‘limi (tuzilmasi) mas’ul xodimiga taqdim etiladi va mazkur ma’lumotlar Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish dasturiy majmuasiga kiritiladi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 28-avgustdagi 2017-46-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2600-1, 12.09.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 1018-modda) Oldingi tahrirga qarang. Soliq to’lovchi jismoniy shaxslar va soliq ob’ektlarini hisobga olish» dasturiy mahsuliga ma’lumotlarni kiritish. «Soliq to’lovchi jismoniy shaxslar va soliq ob’ektlarini hisobga olish» dasturiy mahsuli O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2006 yil 20 avgustdagi 210-sonli buyrug’iga asosan amaliyotga joriy qilingan. «Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish» dasturiy mahsuli va 2009 yil 27 oktyabrdagi 55-F-sonli Farmoyishi bilan amaliyotga joriy qilingan «Jismoniy shaxslar egaligidagi mol-mulk va yer solig’i ob’ektlarini hisobga olish» dasturiy mahsuli (Toshkent shahri uchun) ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish tartibini belgilaydi. Hududiy davlat soliq xizmati organlarida dasturiy mahsullar texnik soz holatda bo’lishini va xavfsizlik choralari ko’rilishini nazorat qilish Axborot-texnologiya ta’minoti boshqarmasi hududiy bo’limlari («Axborot tizimlari sho’hbasi»), ularga ma’lumotlarni o’z vaqtida kiritilishi va to’g’ri yuritilishi Axborot-tahlil bosh boshqarmasi hududiy bo’limlari («Soliq tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish va ma’lumotlar bazasiga xizmat ko’rsatish bo’limi»), dasturiy mahsulda tegishli soliqlarni hisoblash uchun kiritiladigan birlamchi ma’lumotlar bilan tahminlash Jismoniy shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi hududiy bo’limlari mas’ul xodimlari tomonidan tayyorlanadi. Nazorat savollari: 1. Kimlar solik tulovchi jismoniy shaxs xisoblanadi? 2. Soliq sub’ekti va ob’ektini tushuntiring? 3. Jismoniy shaxslarning daromadlari tarkibini izoxlang?
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling